153
Marketing
faoliyatini turli iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy vositalar yordamida
boshqarish mumkin. Bu vositalardan biri sifatida asosiy savol –
marketingda nima
o‘rganiladi savoliga javob beradigan marketing tahlilini hisoblash mumkin. Tahlil
predmeti korxonaning tezkor va
strategik marketing faoliyati, ya’ni ma’lum vaqt
davomida, shuningdek, doimiy rivojlanishda ko‘rib chiqiladigan hodisa va jarayonlar
hisoblanadi.
Bozor sohasida tahlil faoliyati ikkita pog‘onadan iborat: birinchisi – dalillarni
qayd etish, bozor va firmaning holati va rivojlanishini baholash, ikkinchisi – nisbatan
murakkabroq – sabab-oqibat aloqalarini tushuntirish
va modellashtirish, bozor
munosabatlari va bozorning yanada rivojlanishini ilmiy bashorat qilish hisoblanadi.
Shu bosidan marketing tahlilining har xil turlari ko‘rib chiqiladi (7.3 – rasm).
Marketing tadqiqotlari tahlilida bajarilishi shart bo‘lgan talab mavjud:
uning
xulosalari aniq va bir ma’noli bo‘lishi, albatta amaliy tavsiflar bilan berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: