O’zbekisto


Download 212.68 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi212.68 Kb.
#1570702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

SIRTQI BO’LIM
BOSHLANGICH TALIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI
BAKALAVRIAT YO’NALISHI
TABIIY VA ANIQ FANLARDA MASOFAVIY TA’LIM KAFEDRASI



Matematika o’qitish metodikasi fanidan

KURS ISHI
MAVZU: MING ICHIDA NOMERLASHNI O’RGATISH METODIKASI

Bajardi: S1710-20 guruh talabasi Sultanova Go’zal

Ilmiy rahbar: Esirgapov Jamshid


1
Jizzax-2023


REJA (MUNDARIJA): bet

KIRISH 3

BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINI MINGLIK

I BOB
MAVZUSINI OQITISHDA NOMERLASHNI O‘RGATISH 7
METODIKASI

1.1. Minglik mavzusini o‘qitish 7
1.2. Ming ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish 8
BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINI OGZAKI

II BOB
VA YOZMA HISOBLASHGA ORGATISH METODIKASI 15

2.1. 10 ichida nomerlash metodikasi 15

2.2. 10 ichida mashg'ulotlar o'tkazish metodikasining umumiy
masalalari 17

2.3. Mashg'ulotlar metodikasi va mashg'ulotlarni tashkil qilish 20
X U L O S A 29

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR 32
ROYXATI

K I R I SH
Mamlakatimizda taʼlim tizimining sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama bilimli, intellektual jihatdan yetuk qilib tarbiyalash ertangi kunimiz uchun g’oyat muhimdir. Bu borada mamlakat prezidenti Sh.Mirziyoyevning “ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish zarur”1 deb ta’kidlaganligi so’zimizni tasdiqlaydi. Shu jihatdan amaldagi ta’lim tizimini isloh qilish, ta’limga zamonaviy metod va usullarni joriy etish bugungi kunda oldizimizda turgan ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Ta’lim tizimini samaradorligini oshirish, bevosita o’quvchilarning bilimini baholashning mukammalligi bilan uzviy bog’liqdir. O’quvchilarning baholash tartibi va mezonlari qanchalik ko’p qirrali, oson va samarali bo’lsa, bilim oluvchilarning kuchli tomonlari, kuchsiz tomonlarini, ularning salohiyati darajasini, aqliy qobiliyatlarini tezkorlikbilan, oson ravishda baholay olamiz. Bu esa o’z navbatida ta’lim oluvchilar bilan ishlashni osonlashtiradi, kamchililarini bartaraf etish va kuchsiz tomonlarini kuchaytirish imkonini beradi. Pirovardida ta’lim sifati oshadi, yoshlarni kelajak uchun yetuk, bilimli, salohiyatli qilib tarbiyalash imkonini beradi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha sohalar singari ta’lim tizimini takomillashtirish va zamoniylashtirish borasida ham ilg’or xorij tajribalarini o’rganish va ta’lim tizimimizda tadbiq etish borasida ishlar olib borilmoqda . Xususan, PISA baholash dasturi hozirgi kunda o’quvchilarning bilimi va intellektual salohiyatini baholash bo’yicha yaratilgan samarali baholash tizimi bo’lib va dunyoning rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimida 2021-yilda oʻtkaziladigan PISA baholash dasturida 85 davlat qatori Oʻzbekiston ham ilk marotaba qatnashadi. Bu, oʻz navbatida, oʻquvchilarning tadqiqotga munosib tayyorgarlik koʻrishini talab etadi. Bunda oʻquvchilarimiz qimmatli tahlil va xulosalarni olishi hamda xalqaro miqyosda oʻzini munosib namoyon etishi mumkin.2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi ko‘maklashmoqda.2 Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer, 2017 [15]). Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda.
Ma‘lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm – u ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
Albatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarining bugungi qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida
avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voya yetkazish – ta‘lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta‘lim – tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‘lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ular imkoniyat darajasiga ko‘ra o‘quvchilarning son arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni yuqori darajada o‘zlashtirishlariga yordam bera borib, arifmetik bilimlar tizimiga qo‘shiladi.
Matematika o‘quvchilarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi.
O‘quvchilarda egallagan bilim, o‘quv va malakalarini turli xil sharoitlarda qo‘llanishga o‘rgatishni o‘qitishning maxsus masalasi sifatida qarash kerak. Bu – o‘quvchilarni kasbiy tayyorgarligiga qaratilgan ishning boshlanishidir. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida o‘quvchilar 10 ichida og‘zaki hisoblashni to‘liq biladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini og‘zaki va yozma hisoblashga o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish zarurdir.

Download 212.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling