O’zbekisto


Download 212.68 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi212.68 Kb.
#1570702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin. Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

1000 ICHIDA SONLARNI NOMERLASHNI O'RGATISH METODIKASI.
1000 ichida sonlarni nomerlashni o'rganish natijasida o'quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni egallab olishlari kerak.
1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish, sonlar qatoridagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil bo'lishini, har bir berilgan son bevosita o'zidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va o'zidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunish.

    1. Har bir sonning sonlar qatoridagi o'rnini bilish.

    2. Raqamlarning o'rin qiymatini bilgan holda sonlarni o'qiy va va yoza olish.

    3. Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan o'rinlari bo'yicha taqqoslay olish

    4. Sonni uning xona qo'shiluvchilarining yig'indisi bilan almashtira olish.

    5. Sonlarning natural ketma-ketligi va o'nli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qo'shish va ayira olish.

    6. "Uch xonali son", "uchinchi xona birliklari" terminlarini bilish.

1000 ichida sonlarni nomerlashni o'rganishda o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarni qo'yidagilarga o'rgatishdan iborat:

      1. predmetlarni bittalab, o'ntalab va yuztalab gruppalarga birlashtirib sanash:

      2. 1000 ichida sonlarni o'qish va yozish hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish:

      3. sonlarni yuzliklardan, o'nliklardan va birliklardan hosil qilish ( ya'ni sonlarning o'nli tarkibini bilish):

      4. o'ngdan chapga hisoblaganda birliklar ( I xona birliklari), o'nliklar ( II xona birliklari) va yuzliklar (III xona birliklari) qaysi o'ringa yozilishini aniqlash:

      5. sonni (ikki xonali va uch xonali) xona qo'shi­luvchilarining yig'indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.

  1. 1000 ichida sonlarni og`zaki nomerlashni 5 bosqichga bo`lishi mumkin.
    I. Tayyorlash ishi. Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida nomerlashga doir materialdan 1000 ichida sonlarni nomerlashga yordam beradigan qismini takrorlashdan iborat:

  2. 1) Sonlarni tartib bilan sanang; 15…, 26…, 67…;

  3. 2) Sanashni davom ettiring; 86, 87…, 60, 70…;

  4. 3) 7 o`nlik va 2 birlikdan iborat sonni ayting, undan oldingi va keyingi sonni ayting. Bu sonni yozish uchun nechta raqam kerak bo`ladi? 72 sonini qanday xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan tasvirlash mumkni?

  5. 4) 69 soni qanday qo`shni sonlar orasida turadi?

  6. 5) 10 sonidan boshlab, bittalab, (5,10) qo`shib sanang.

  7. 6) 100 da nechta o`nlik bor? O`nlik yuzlikdan nechta marta kam?

  8. 7) Birinchi xonaning 3 birligi va ikkinchi xonaning 5 birligidan iborat sonni ayting.

  9. 8) 50, 100 sonlarining yozilishida nechta raqam qatnashadi?
    II. Bu bosqichda o`quvchilarni yangi sanoq birligi – «yuzlik» bilan tanishtirish kerak. Buni ko`rsatma qo`llanmalar, jumladan cho`plar, cho`plar dastalaridan foydalanib amalga oshirish mumkin. Yangi sanoq birligi « yuzlik » bilan tanishtirish quyidagicha bajariladi:

  10. O`quvchi 1 dan 10 gacha alohida cho`plarni sanaydi va 10 ta cho`pni rezina bilan bir bog` - o`nlik qilib bog`lanadi. So`ngra o`qituvchi oldindan tayyorlab quyilgan 9 bog` «o`nlik» cho`plarni oladi. Boshqa o`quvchiga 10 talab sanashni buyuradi. (1 o`nlik, 2…,). Bu dastalarda qancha birlik borligini aniqlaydi. (10, 20).

  11. Shundan keyin 10 bog`-o`nliklar rezina bilan bir bog`-yuzlik qilib bog`lanadi. O`qituvchi oldindan tayyorlangan 100 lik bog`lamlardan 100 talab sanashni o`zlashtirishda foydalaniladi. O`quvchilar e'tiborini sonlar (100,200…) qanday hosil bo`lishiga qaratib, o`quvchilarga 5 yuzlikni, 7 yuzlikni qanday atash mumkinligini mashq qiladilar.

  12. Bundan tashqari, 1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda «kvadrat va poloskalar» dan ham foydalanish mumkin. Qo`llanmani o`quvchilar o`zlari tayyorlashlari mumkin. Bunda birliklar kvadratlar bilan belgilanadi, o`nliklar har qaysisida 10 tadan kvadrat bo`lgan poloskalar bilan belgilanadi, yuzliklar esa har birida 10 tadan poloskalar bo`lgan kvadratlar bilan belgilanadi:

  13. III. Bu bosqichda 100 dan 1000 gacha bo`lgan sonlar bilan tanishtiriladi. O`quvchilar 0 lar bilan tugaydigan (100, 200,…900) uch xonali sonlar bilan oldindan tanish bo`lganligi uchun har ikki qo`shni sonlar orasidagi bo`shliqni to`ldirish kerak.

  14. Shu maqsadda eng oldin qatorda navbatdagi har bir son qanday hosil bo`lishini, bir necha mashq bajarish yo`li bilan takrorlash kerak.

  15. a) Yuzlikda nechta birlik bor? 4 yuzda-chi?

  16. b) 100 da nechta o`nlik bor? 400 dachi?

  17. v) 1000 da nechta yuzlik bor? 5000 dachi

  18. g) 200 so`mda necha tiyin bor? 300 so`mdachi?

  19. d) 200 sm necha metrni tashkil qiladi? 600 sm chi?

  20. Shundan keyin bolalarga qatorga 100 sondan keyin keladigan sonlarning hosil bo`lishini (101, …) ko`rsatish kerak, hamda bir sondan ikkinchi songa o`tishning qiyin hollari… 198, 199, 200, 201… hollarini oydinlashtirib olish kerak.

  21. Ko`rsatma qo`llanma sifatida “ming lentasi” va ruletkadan ham foydalanish mumkin.
    IV. Bosqichda uch xonali sonlar o`nli tarkiblarini, ya'ni ularning yuzliklaridan, o`nlik va birliklardan hosil bo`lishini qarash kerak. Ko`rsatma qo`llanma sifatida «cho`p va cho`plar dastasi», «kvadratlar va poloskalar» dan foydalanish mumkin. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga 3 ta kichkina kvadrat (birlik) 2 ta poloska (o`nlik), 5 ta katta kvadrat olishni buyuradi va hosil bo`lgan sonni aytishni so`raydi. (523) yoki teskari mashqlar bajariladi: 231 aytiladi, o`quvchilar tegishli poloska va kvadratlarni qo`yishadi.

  22. Bu mashqlarni bajarish natijasida o`quvchilar quyidagicha savollarga javob berishni o`rganib olishlari kerak:

  23. 1) Quyidagilardan iborat sonni ayting. 4 yuzlik 5 o`nlik 2 birlik.

  24. 2) 452 sonida nechta yuzlik, o`nlik va birlik bor?

  25. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim xonalarda raqamlari yo`q sonlar o`quvchilarga qiyinlik qiladi. (501, 804, 600…).

  26. Mustahkamlash uchun «Jonli nomerlash» o`yinidan foydalanish maqsadga muvofiq: Doskaga uchta o`quvchi chiqadi, ular qator bo`lib turishadi. Ularning har biriga raqamlar nabori beriladi. Birinchi o`quvchi yuzlik sonni, ikkinchi o`nlik sonini, uchinchi o`quvchi birliklar sonini ko`rsatishi kerak. Masalan, o`qituvchi 308 sonini aytadi. O`quvchilar esa mos ravishda 3, 0, 8 raqamli kartochkani ko`tarishadi.

  27. V. Yirik birliklarda ifodalangan sonlarni maydaroq birliklarda ifodalangan sonlar bilan almashtirish va aksincha almashtirishga bog`liq bo`lgan mashqlar ham uch xonali sonlarni o`nli tarkibini o`zlashtirishga yordam beradi:

  28. 1) 2 m necha sm ga teng? 3 m chi?

  29. 2) 400 sm necha m ga teng?

  30. Shu bosqichda o`quvchilarni biror berilgan uch xonali sondagi birliklarning umumiy sonini, o`nliklarning umumiy sonini aniqlashga o`rgatish kerak. Ko`rgazmalilikdan foydalanib, 257 sonida 5 ta alohida o`nlik borligi, ammo hamma o`nliklarni hisoblasak, ya'ni yuzliklardagi o`nliklarni ham hisoblasak, u holda berilgan sonda 25 ta o`nlik bor ekanligini tushuntirish kerak. Birliklar ham shunday tushuntiriladi.

1. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.
2. «O`nlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
3. «Yuzlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
4. «Minglik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
5. «Ko`p xonali sonlar» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
Nomerlash bo’yicha asosiy tayanch tushunchalar va o`quvchilar bilishi kerak bo`lgan tushunchalar:

Download 212.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling