Tadqiqotlari


tendensiyalarini aniqlash va tavsiflash, yuzaga kelgan o‘zaro aloqalar va


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

tendensiyalarini aniqlash va tavsiflash, yuzaga kelgan o‘zaro aloqalar va 
qonuniyatlarni topishdir. 
Strategik tahlil darajasida asosiy qonuniyatlar va murakkab o‘zaro aloqalarni 
aniqlash hamda istiqbolli bashoratlar tuzish uchun yetarli darajada uzoq muddatni 
qamrab oladigan nisbatan chuqurroq bozor tadqiqotlarini ko‘zda tutadi. Strategik 
rejada marketing tadqiqoti innovatsion siyosat talablariga, bozor rivojlanishining eng 
istiqbolli tendensiyalarini aniqlash va samarali bozor faoliyatini ta’minlash 
jarayoniga mos kelishi lozim. Marketing tahlili raqobat xavfini baholash, 
raqobatchilarning kuchli va kuchsiz tomonlarini topish, raqobat strategiyasini 
oldindan ko‘ra bilishga imkon beradi. 
7.2-rasm. Tahlil turlari 
 
MARKETINGDA 
TAHLILNING IKKI 
SOHASI 
Operativ tahlil 
Strategik tahlil 


153 
Marketing faoliyatini turli iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy vositalar yordamida 
boshqarish mumkin. Bu vositalardan biri sifatida asosiy savol – marketingda nima 
o‘rganiladi savoliga javob beradigan marketing tahlilini hisoblash mumkin. Tahlil 
predmeti korxonaning tezkor va strategik marketing faoliyati, ya’ni ma’lum vaqt 
davomida, shuningdek, doimiy rivojlanishda ko‘rib chiqiladigan hodisa va jarayonlar 
hisoblanadi. 
Bozor sohasida tahlil faoliyati ikkita pog‘onadan iborat: birinchisi – dalillarni 
qayd etish, bozor va firmaning holati va rivojlanishini baholash, ikkinchisi – nisbatan 
murakkabroq – sabab-oqibat aloqalarini tushuntirish va modellashtirish, bozor 
munosabatlari va bozorning yanada rivojlanishini ilmiy bashorat qilish hisoblanadi. 
Shu bosidan marketing tahlilining har xil turlari ko‘rib chiqiladi (7.3 – rasm). 
Marketing tadqiqotlari tahlilida bajarilishi shart bo‘lgan talab mavjud: uning 
xulosalari aniq va bir ma’noli bo‘lishi, albatta amaliy tavsiflar bilan berilishi lozim. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling