Tadqiqotlari


  7-BOB. MARKETING TADQIQOTLARI TAHLILI: USULLAR


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 


149 
7-BOB. MARKETING TADQIQOTLARI TAHLILI: USULLAR
VA TAHLIL MYeTODOLOGIYASI 
7.1. Marketing tadqiqotlarida iqtisodiy tahlilning ahamiyati 
 
Marketing tadqiqotlarini statistik tahlil qilish fanining mohiyati va mazmuni 
ham islohotlar davrida tubdan o‘zgardi. Oldin tahlilning natijasi asosan rejani bajarish 
uchun ichki imkoniyatlarni axtarib topishga qaratilgan bo‘lsa, endilikda har bir 
korxonaning ichki imkoniyatlarini moliyaviy-marketing tadqiqotini yaxshilash uchun 
safarbar qilishga qaratiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, har bir korxona va tarmoqdagi o‘sish yoki pasayish dinamikasini 
statistik usullar orqali tahlil qilganda, to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishimizni kuzatib 
turibmiz. Bundan ko‘rinib turibdiki tahlilning maqsadi ham o‘zgardi. Oldin tahlil 
yaxshi yutuqlarni oshkora etgan bo‘lsa, endilikda yaxshi usullarning tijorat siri 
ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu bevosita marketing tadqiqotlarini tahlil qilishga ham 
daxldordir. 
Bozor munosabatlariga xos bo‘lgan raqobat har bir korxonani o‘z tijorat 
sirlarini saqlashga majbur qiladi. Bunday sharoitda marketing tadqiqotlarini tahlil 
qilishning umumiy usuli bo‘lishi lozim. Lekin har bir korxona ushbu umumiy usullar 
orqali o‘zining ichki imkoniyatlarini topadi va u o‘ta muhim bo‘lsa tijorat siri sifatida 
saqlashlari mumkin. Xullas , raqobat har bir korxonani, ularning mulk shaklidan 
qat’iy nazar, samarali ishlashini talab qiladi. Samaradorlikni uzluksiz oshirib borish 
uchun uning holatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo qiladi. Bu tadbir faqat 
tahlil orqali amalga oshishini e’tirof etgan holda shuni ta’kidlash lozimki, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida barcha iqtisodiy mexanizmlar, jumladan statistik va iqtisodiy 
tahlil ham, uning usullari ham keskin takomillashtirilishini talab qiladi. 
Marketing tadqiqotlarini tahlil qilishda bir qancha usullar qo‘llaniladi. Hozir 
iqtisodiy tahlil nazariyasiga bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlar mavjud. Ammo ushbu 
adabiyotlarda tahlil usullarini yoritishga turlicha yondoshilgan. Ko‘plari amaliyotga 
qo‘llanilishi qiyinligidan tashqari, bozor iqtisodiyoti uchun yaroqsiz holatga kelib 
qolgan, chunki ularning ko‘pi, ta’kidlaganimizdek, rejali iqtisodiyotga mo‘ljallangan 


150 
edi. Bundan tashqari adabiyotlarda tahlilda qo‘llaniladigan usullarning soddalikdan 
murakkablik sari ifodalanishi ta’minlanmagan.
Marketing tadqiqotini tahlil qilishda juda ko‘p usullar qo‘llaniladi. Shu fan 
vujudga kelgandan so‘ng ularni fanning metodi bilan birga berar edi. Endilikda esa, 
usullarga alohida to‘xtalib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lib bermoqdalar. 
Bu guruhlar mazmuni va mohiyati jihatidan bozor iqtisodiyoti sharoitiga ham to‘g‘ri 
keladi. Shu tufayli barcha usullarni hozirgi sharoitda ham ikki guruhga bo‘lib 
o‘rganishni taklif qilamiz. Bunga quyidagilar kiradi: 
1) an’anaviy usullar;
2) matematik usullar. Bularning tuzilishi quyidagi 7.1 - rasmda keltirilgan.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling