Tadqiqotlari


-rasm. Marketing mikromuhiti tarkibi


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

7.7-rasm. Marketing mikromuhiti tarkibi 
 
Mijozlar va xaridorlarni o‘rganish odatda ularni «mijozli bozor» turkumiga 
bo‘lib o‘rganish keng tarqalgan. 
FIRMA VA UNING BO’LINMALARI 
TA'MINOTChILAR 
MIJOZLAR 
 
MARKЕTING VOSITAChILARI 
RAQOBATChILAR 
JAMOATChILIK 
 
MARKЕTING 
MIKROMUHITI 
 


161 
Bozorda iste’molchi sifatida yakuniy iste’molchilar – yakka holdagi shaxslar, 
oilalar, uy xo‘jaliklari va ist’molchi-tashkilotlar – ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji 
va chakana savdo, davlat va boshqa notijorat muassasalari namoyon bo‘ladi. 
Ta’minotchilar bu korxonani ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan moddiy resurslar va xizmatlar bilan ta’minlab turuvchi firma va alohida 
shaxslardir. 
Marketing muhiti ta’minotchilarga nisbatan uzoq va qisqa muddatli, yakka 
holdagi va ommaviy bo‘lishi mumkin. Ta’minotchilarni tanlab olish murakkab va 
juda mas’uliyatli vazifa, chunki ishlab chiqarishning ritmikligi, firmaning rentabelligi 
va nufuzi ko‘p jihatdan aynan shunga bog‘liq bo‘ladi. 
Ta’minotchilarga qo‘yiluvchi asosiy talablar quyidagilardan iborat: 
➢ ta’minot jadvaliga aniq rioya qilish; 
➢ sifat standartlariga rioya qilish; 
➢ talablarning o‘zgarishiga tezkorlik bilan javob qaytarish; 
➢ texnik hujjatlarning detalli bayon qilinishi; 
➢ narx siyosatining barqarorligi va moslashuvchanligi; 
➢ ochiqlik (hududiy va kommunikatsion). 
Ta’minotchilarga nisbatan marketing talablari umumiqtisodiy vaziyat va bozor 
kon’yunkturasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. 
Vositachilar bu tanlab olingan bozorda korxonaning tijorat faoliyatini qo‘llab-
quvvatlovchi firma va alohida shaxslardir. Marketing vositachilari strukturasi savdo 
vositachilari, transport kompaniyalari, moliya-kredit muassasalari, reklama va 
konsalting firmalaridan tarkib topgan. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, mikromuhit tahlili marketing kon’yunktura 
jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Undan farqli ravishda strategik tahlilning faoliyat 
sohasi butun bozorga va mos raivshda har bir firmaga ta’sir ko‘rsatuvchi global kuch 
va omillar yig‘indisini tashkil etadigan marketing makromuhiti hisoblanadi. Shunday 
qilib, makromuhit bevosita muayyan firma faoliyatiga ham, butun bozordagi 
vaziyatga ham ta’sir ko‘rsatadi. 


162 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling