Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
SIFAT BAHOLARI STATISTIK VA EKONOMETRIK MODELLAR MIQDORIY BAHOLAR SXEMA VA DIAGRAMMALAR 155 ➢ iste’molchilarning fikri, xulq-atvori va nimalarni afzal ko‘rishini aniqlash va bashorat qilish - iste’molchilarning fikri, xulq-atvori va nimalarni afzal ko‘rishini tahlil qilish ➢ tijorat risk ehtimoli va kuchini baholash - tijorat riskini baholash va tahlil qilish. Marketing tahlili predmeti: bozor hodisalari va jarayonlarini tadqiq etish hisoblanadi. Marketing tahlili ob’ekti quyidagilar hisoblanadi: alohida korxona va korxonalar majmuasi, butun tarmoq, shuningdek, alohida shaxslar va ular guruhi, alohida uy xo‘jaliklari va ular majmuasi, shuningdek, bozor jarayonida ishtirok etadigan alohida shaxslar hisoblanadi. 7. 3. Marketing tadqiqotlari tahlili usullari Marketing tadqiqotlari tahlili metodologiyasi uning maqsadlaridan kelib chiqadi. U tahlil predmeti bilan belgilanadi va ma’lum darajada mavjud axborot xarakteri bilan asoslanadi. Marketing tahlili ro‘yxatida statistika eng ko‘p ishtirok etadi. Marketing tahlilida quyidagi statistik usullardan foydalaniladi: ➢ mutlaq, o‘rtacha nisbiy ko‘rsatkichlar; ➢ dinamik qatorlar va taqsimot qatorlari; ➢ guruhlash; ➢ indeks tahlili; ➢ variatsiya va dispersiya tahlili; ➢ korrelyatsiya-regressiya va ko‘p ulchamli tahlil; ➢ grafik usul, trend modellari, ekspert baholari usuli. Marketingda ekonometrika chiziqli va chiziqsiz dasturlash usullari, shuningdek, dinamik dasturlash, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazaryasi (navbatlar nazariyasi) va qaror qabul qilish nazariyasi (risk nazariyasi), o‘xshatish modellari bilan ifodalaydi. Tovar zaxiralarini optimallashtirish hamda tovarlar va pul oqimini boshqarishning logistika modellariga alohida rol ajratiladi. Marketing tahlilida kvalimetrik usullar, shuningdek, sotsiometriya usullari keng foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling