Tadqiqotlari


 Birlamchi va ikkilamchi axborotlar


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
6.5. Birlamchi va ikkilamchi axborotlar 
 
Odatda marketing tadqiqotlari o‘tkazishda birlamchi va ikkilamchi axborot 
asosida olingan axborotlardan foydalaniladi. 
Birlamchi ma’lumotlar muayyan marketing muammolarini hal qilish uchun 
maxsus o‘tkazilgan dala tadqiqotlarining natijasida olinadi; ularni to‘plash kuzatuv, 
so‘rov va eksperimental tadqiqotlar yo‘li bilan olinadi.
Kabinet tadqiqotlari o‘tkazishda qo‘llanadigan ikkilamchi ma’lumotlar 
deganda marketing tadqiqotlaridan farq qiladigan maqsadlar uchun ilgari ichki va 
tashqi manbalardan olinadigan ma’lumotlar tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, 
ikkilamchi 
ma’lumotlar maxsus marketing tadqiqotlari o‘tkazish natijasi 
hisoblanmaydi. 
Kabinet tadqiqotalri marketing tadqiqotlari o‘tkazishning eng arzon va oson 
usuli hisoblanadi. Kichik va ba’zida o‘rta hajmli shtlar uchun bu amalda marketing 
axborotlari olishning yetakchi usuli hisoblanadi. 


137 
Ichki manbalar bo‘lib kompaniyalarning hisobotlari, sotuv bo‘limi xodimlari 
va boshqa mutaxassis va xodimlar bilan suhbatlar, marketing axborot tizimi, 
buxgalteriya va moliya hisobotlari, rahbariyatning aksiyadorlar yig‘ilishlaridagi 
hisobotlari, savdo xodimlarining xabarlari, xizmat safarlari xaqida hisobotlar, ishlab 
chiqarish va ITTKI rejalari, rahbariyat yig‘ilishlarining bayonnomalari, firmaning 
ishbilarmonlik xatlari va boshqalar xizmat qiladi. 
Tashqi manbalar xalqaro tashkilotlarning (Xalqaro valyuta fondi, YeHHT, 
BMT) ma’lumotlari; qonunlar, davlat organlarining qaror va farmonlari; davlat, 
siyosat va jamoat vakillarining ma’ruzalari; rasmiy statistika va davriy matbuot 
ma’lumotlari, ilmiy tadqiqotlar natijalari va h.k. hisoblanadi. 
Bu xaqida aniqroq gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda quyidagilarni ajratib 
ko‘rsatish lozim: yillik statistika to‘plamlari; aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari; 
oilaviy budjetlar; aholi jamg‘armalari xaqida ma’lumotlar; turli firmalarning katalog 
va prospektlari; firmalarning yllik moliyaviy hisobotlar; konkurslar natijalari
tarmoqlar, birja va banklar axboroti; aksiyalar kurslari jadvali; sud qarorlari. 
Masalan, Rossiyada ikkilamchi axborotlarni quyidagi axborot manbalaridan 
olish mumkin: 
➢ umumiy iqtisodiy yo‘nalishdagi nashrlar («Ekonomika i jizn», «Finansovaya 
gazeta» gazetalari, «Kommersant», «Finansovыe izvestiya» davriy bosma nashrlar, 
«Biznes», «Eko» jurnallari va b.); 
➢ savdo xarakteridagi davriy bosma nashrlar («Ekstra M», «Tovarы so 
sklada», «Iz ruk v ruki», «Sentr plyus» va b.); 
➢ kundalik gazetalar; 
➢ bepul e’lonlar gazetalari; 
➢ elektron ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio); 
➢ savdo-sanoat palatasi nashrlari; 
➢ axborot-tahliliy byulletenlar (masalan, VNIKI, turli tadqiqotchilik 
markazlari); 
➢ tashq savdo tashkilotlarining nashrlari; 
➢ maxsus kitob va jurnallar (masalan, «Marketing» jurnali); 


138 
➢ «Biznes Interneshnl» va «Mak-Kinzi» kabi xalqaro konsalting firmalarining 
nashrlari; 
➢ lug‘atlar, ensiklopediyalar; 
➢ turli amoat tashkilotlarining nashrlari 
(iste’molchilarni 
himoya 
qilish 
tashkiloti, 
«yashillar» jamiyati va b.); 
➢ ixtisoslashgan iqtisodiy va marketing 
tashkilotlarining nashrlari; 
➢ tashqi reklama. 
Tashqi ikkilamchi axborot manbalariga quyidagilar ham kiradi: ko‘rgazmalar, 
yarmarkalar, yig‘ilishlar, anjumanlar, taqdimotlar, ochiq eshiklar kunlari, tijorat 
bazalari va ma’lumotlar banklari. 
Oxirgi yillarda kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi tufayl ixtisoslashgan 
marketing firmalari uchnu ham, tadqiqotlarni mustaqil ravishda amalga oshiradigan 
tashkilotlarning marketing bo‘linmalari mutaxassislari uchun ham ularning 
xizmatlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xususan, Internet tarmog‘i orqali 
turli mamlakatlardagi tovarlar va xizmtalar bozorlarining holati xaqida axborot olish 
mumkin. 
Bundan tashqari, Rossiyada turli, jumladan, bozorlar va tovarlar xaqida xilma-
xil axborot to‘plash va qayta ishlashga maxsus yo‘naltirilgan qator kompyuter 
axborot tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Ikkilamchi axborot to‘plash odatda birlamchi axborot to‘plashdan oldin keladi. 
Ikkilamchi ma’lumotlar tadqiqotchiga tarmoqdagi vaziyat, foyda va sotuv 
hajmining o‘zgarish tendensiyalari, raqobatchilar, fan va texnikaning so‘nggi 
yutuqlari bilan yaqindan tanishib chiqishga imkon beradi.
Ikkilamchi ma’lumotlarning kamchiliklari qatoriga o‘lchov birliklarining bir-
biriga mos kelmasligi turli ta’rif va tasniflardan foydalanilishi yangilik darajasinnig 
har xilligi, ularning ishonchliligi baholash imkoniyati yo‘qligi kabilar kiradi.
Ikkilamchi ma’lumotlar ishonchliligi baholash uchun ularning o‘zini baholash 
lozim. Buning uchun quyidagi beshta saovlga javob berish talab qilinadi: 


139 
1. Mazkur axborotni to‘plar ekan, tashkilot qaysi maqsadlarni ko‘zlagan? 
Masalan, agar tashkilotning maqsadi bironta mintaqaga kapital jalb qilish 
hisoblansa, ushbu mintaqada vujudga kelgan iqtisodiy, infratuzilma va boshqa 
vaziyatlarni aslidan ko‘ra chiroyliroq ko‘rinishda aks ettirish mumkin. 
2. Axborotni kim to‘plagan? 
Ushbu tashkilot zarur malaka va bilimga ega kadrlar bilan ta’minlanganligi va 
to‘planayotgan axborot sifati nazorat qilinishini baholash zarur. Buning uchun ushbu 
tashkilot bilan ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatganlar bilan bog‘lanish lozim. Shundan 
so‘ng taqdim etilgan axborot tadqiq etiladi. Bu axborot ma’lumot to‘plash usullari va 
jarayonlarining detalli tavsifidan iborat bo‘lishi lozim. 
3. Qanday axborot to‘plangan? 
Amalda to‘plangan axborot tashkilot prospektalrida gapirib o‘tilgan 
axborotdan farq qilishi mumkin. 
4. Axborot qaysi yo‘llar bilan olingan? 
Axborot olish usullari xaqida tasavvurga ega bo‘lish lozim. garchi gap 
ikkilamchi axborotlar xaqida borsada, ko‘pincha ular birlamchi ma’lumotlar sifatida 
to‘planadi. 
5. Bu axborot boshqa axborotlar bilan qanday bog‘lanadi?
Bunday axborot bir nechta mustaqil tashkilot tomondan to‘planadigan bo‘lsa, 
bu tashkilotlarning axborotini taqqoslash imkoniyati vujudga keladi. Masalan, 
demografik ma’lumotlar umumdavlat statistika tashkiloti tomondan ham, mintaqaviy 
tashkilotlar va maqsadli tadqiqotlar o‘tkazadigan tashkilotlar tomondan ham 
to‘planishi mumkin. Bu ma’lumotlarning farq qilish darajasi qanday va ularning 
sabablari qanaqa? 
Ikkilamchi axborot to‘plash manbalarini aniqlash quyidagi tarzda amalga 
oshirilishi mumkin: 
1. Siz nimani bilishingiz va nimani bilishni istashingizni aniqlang. 
2. Ikkilamchi axborot manbalari mazmunini belgilab beradigan asosiy atama 
va nomlar ro‘yxatini tuzing. 
3. Axborot ikkilamchi manbalarini izlash. 


140 
4. Topilgan axborotni baholang. Agar u sizni qoniqtirmaydigan bo‘lsa, asosiy 
atama va nomlar ro‘yxatini, axborot sifati va mazmuniga talablarni aniqlashtiring. 
5. Qidirishni davom ettiring. 
6. Topilgan axborotni baholang. Ushbu bosqichda siz talab qilinadigan axborot 
xarakteri va qo‘shimcha manbalardan foydalanish zarurati xaqida aniq tasavvurga ega 
bo‘lishingiz lozim. 
7. Asosiy atama va nomlar ro‘yxatiga tayangan holda kompyuterlashtirilgan 
axborot manbalaridan foydalaning. Dastlab ma’lumotlar to‘plamidagi maqolalar 
annotatsiyasi bilan tanishib chiqing. 
8. Agar siz zarur axborotni topmagan bo‘lsangiz ixtisoslashgan spravochnik va 
ensiklopediyalardan foyda laning. 
9. Agar siz endi ham muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsangiz, unda ushbu 
sohadagi nufuzli mutaxassis va tashkilotlar yordamiga murojaat qiling. 
10. Agar siz zarur axborot manbalarini topo olmagan bo‘lsangiz, uni qayerdan 
qidirish mumkinligini aniqlang. 
11. Agar siz bunda ham barcha zarur axborotlarga ega bo‘la olmasangiz, talab 
qilingan axborotni bera oladigan ekspertlar yordamiga murojaat qiling. Ekspertlarni 
topishda odatda «sinov va xatolar» usulidan foydalaniladi. 
Ikkilamchi axborotlar – bu shunday axborotlarki, aniq marketing 
tadqiqotlarining boshqa maqsadlar uchun to‘plangan ma’lumotlarga aytiladi. 
Ikkilamchi axborotlar ichki va tashqi axborotlarga bo‘linadi. 
Ichki axborotlarga firma faoliyatining xujjatlari: budjeti, xisobotlari, moliyaviy 
xisobotlari, zahiralar, dastlabki va oldingi ma’lumotlari va xk.) 
Tashqi axborotlarning manbalariga quyidagilar kiradi: 
- Milliy va xalqaro yuridik tashkilotlarning nashrlari; 
- Davlat, munitsipal, vazirliklar va davlat organlarining nashrlari; 
- Savdo – sanoat korxonalari va birlashmalarning nashr ma’lumotlari; 
- Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari to‘plami; 
- Tarmoq korxonalar va qo‘shma korxonalarning xisobot nashrlari; 
- Kitoblar, gazeta va jurnalllardagi e’lonlar; 


141 
- O‘quv, ilmiy – tadqiqot, loyixalashtirish institutlari va ilmiy – jamoat 
tashkilotlari, simpoziumlar, kongresslar va konferensiyalar ma’lumotlari; 
- Prays – listlar, kataloglar, prospektlar va boshqa firma nashrlari; 
- Konsalting tashkilotlarining ma’lumotlari va boshq. 
Ikkilamchi ma’lumotlar asosida to‘plangan axborotlar, qoidaga ko‘ra dastlabki 
xususiyatlariga ega bo‘lib yozuvli va ijodiy xarakterga ega. Bunda tadqiqotlar 
yordamida, odatda bozorning umumiqtisodiy xarakteristikasi, ayrim tarmoqlarning 
holati chet el bozorlariga chiqishda alohida xususiyatlarga ega bo‘ladilar. 
Ikkilamchi axborotlarni tadqiq qilishda ichki va tashqi ma’lumotlarga ega 
bo‘lishda tadqiqotning va ob’ektning maqsadiga ko‘ra aniqlanadi. 
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda birlamchi va ikkilamchi axborotlar 
manbalaridan foydalanadilar. 
Qoidga ko‘ra, marketing tadqiqotlari ikkilamchi ma’lumotlardan boshlanadi, 
ushbu ma’lumotlar odatda kabinet tadqiqotlari orqali foydalaniladi. Birlamchi 
ma’lumotlar esa dala tadqiqotlari asosida to‘planadi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikkilamchi axborotlar – bu har xil maqsadlarda 
to‘plangan va qayerdadir paydo bo‘lganligi haqida ma’lumotlarga tayanadi. 
Ikkilamchi ma’lumotlar tadqiqotchiga tarmoq vaziyatini chuqurroq anglashga yordam 
beradi. Shuningdek, sotuv hajmi va foydaning o‘zgarish tendensiyalari, 
raqobatchilar faoliyati, fan va texnika yutuqlarini kuzatishda yordam beradi. 
Kabinet tadqiqotlari esa, ikkilamchi ma’lumotlarni boshqa maqsadlar uchun 
tayyorlangan va har xil manbalardan foydalanib tahlil qilish va qayta ishlashni taqozo 
etadi. 
Kabinet tadqiqotlari orqali to‘plangan ma’lumotlarning yutuqlariga:
➢ ma’lumotlarni to‘plash tez va kam harajat orqali;
➢ bozorning asosiy tendensiyalarini kuzatuvda ma’qul usul; 
➢ mustaqil faoliyat orqali firma to‘play olmaydigan ma’lumotlar bilan qabul 
qilish imkoniyatiga ega; 
➢ bir necha manbalardan olingan ma’lumotlarning taqqoslash jarayoni 
imkoniyati tug‘iladi va muammoning yechimi topiladi. 


142 
Kabinet tadqiqotlarining kamchiliklariga:
➢ axborotning to‘laqonli emasligi;
➢ to‘plangan ma’lumotlarning bir – biriga mos emasligi; 
➢ bor ma’lumotlarning to‘g‘ri kemasligi. 
Ta’kidlab o‘tamizki, kabinet tadqiqotlarini nashr qilingan materiallar, radio va 
teleko‘rsatuvlar, anketa ma’lumolari, yo‘riqnomalar va hokazolarda qo‘llaniladi. 
Endi ikkilamchi axborotlarning yutuqlari bilan tanishib chiqamiz: 
❖ Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra arzonligi; 
❖ Bir necha manbalarni taqqoslashda; 
❖ Birlamchi ma’lumotlar to‘palashdan ko‘ra, ikkilamchi ma’lumotlarni tezkor 
tarzda qabul qilinishi. 
Kamchilikilari: 
✓ to‘liq ma’lumotlarga ega emasligi; 
✓ eskirilishi; 
✓ bir xil payt to‘plash va tahlil qilishning ma’lum emasligi; 
✓ ma’lumotlarni to‘laqonli va haqqoniyligini baholash qiyinligi. 
Ikkilamchi ma’lumotlarning kamchiliklarining xossasi shundaki, avvalom bor, 
ushbu malumotlar qandaydir maqsadlar uchun to‘plangan, marketing tadqiqotlari 
uchun emas. Bundan kelib chiqaliki, ikkilamchi axborotlarning ishonchliligini 
baholashda 5 asosiy savollarga javob berish lozim: 
1. Mazkur axborot kim tomondan to‘plangan va tahlil qilingan? 
2. Axborotlarni to‘plashda va tahlil qilishda qanday maqsadlar ko‘zlangan? 
3. Qanday axborotlar va qay usulda to‘plangan ?
4. Axborotlar qanday usullar bilan tahlil qilingan va qayta ishlangan? 
5. Mazkur axborot qay tarzda shunga yaqin axborotlarga mos keladi ? 
Ushbu ma’lumotlar marketing axborot tizimi orqali foydalaniladi. Marketing 
axboroti turlari va ularning menejer faoliyatidagi rolini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 
korxona menejerlari birlamchi va ikilamchi axborotlardan keng foydalanadilar.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling