Tadqiqotlari
-rasm. Marketing tadqiqotlarida axborotlarni shakllantirish va ulardan
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4-jadval Marketing tadqiqotlaridaaxborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari Marketing tadqiqotlarida qo‘llaniladigan
6.3-rasm. Marketing tadqiqotlarida axborotlarni shakllantirish va ulardan
foydalanish prinsiplari Mazkur 6.3-rasm marketing tadqiqotlarida axborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning ham bir qancha prinsiplari mavjudligini ko‘rsatib turibdi. Endi ushbu prinsiplarning izohini ko‘rib chiqamiz. Bular quyidagi jadvalda keltirilgan (6.4-jadval). Ko‘rinib turibdiki, marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanish biroz murakkab bo‘lganligi tufayli, ularning Marketing tadqiqotlarida axborotlarni toʻplash va foydalanish prinsiplari Ko'paytiriladigan Tejamkor Ishonchli Dolzarb Qamralgan Muvofiqlashtirilgan Uzluksiz Maqsadga muvofiq Tushunarli 135 soni ham ancha. Shu tufayli ularni tizimlashtirgan holda foydalanish lozimligini qayd etamiz. 6.4-jadval Marketing tadqiqotlaridaaxborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari Marketing tadqiqotlarida qo‘llaniladigan prinsiplarning nomlari Marketing tadqiqotlarida qo‘llaniladigan prinsiplarning mazmuni Dolzarblilik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ayni zarur bo‘lgan, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. Ishonchlilik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ishonchli dalillarga asoslangan bo‘lib, turli o‘zgartirishlar va manfaatdan kelib chiqib, soxtalashtirishlardan xoli bo‘lmog‘i lozim. Keng qamrovlilik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar birorta qarorni qabul qilish uchun hamma omillarni hisobga oladigan, yetarli darajada to‘liq bo‘lishi lozim. Muvofiqlashtiril-ganlik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar solishtiriladigan, bir-birini to‘ldiradigan, bir xil ko‘rsatkichlarni o‘zida ifoda etadigan ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim. Uzluksizlik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar tizimlilikni va kompleks tadqiqotni ta’minlash uchun bir maromda uzluksiz shakllantirilib turiladigan ma’lumotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. Maqsadga muvofiqlik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ulardan foydalanuvchilarning maqsadini to‘liq o‘zida ifoda etadigan bo‘lishi lozim. Tushunarlilik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar foydalanuvchilar uchun tushunarli, ochiq-oydin ko‘rinib turadigan, har qanday vaziyatda foydalanish mumkin bo‘ladigan bo‘lmog‘i lozim. Ko‘paytiriladi-ganlik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ko‘p foydalanuvchilar tomonidan ishlatishga va bitta foydalanuvchi uchun ko‘p marta foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun ular ko‘paytiriladigan bo‘lishi lozim. Tejamkorlik Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlarga ketadigan xarajatlar, ularni ishlatishdan olinadigan natijadan oshib ketmasligi, ma’lum darajada foydani ta’minlaydigan darajada tejamkor bo‘lishi lozim. 136 Marketing tadqiqotlari tizimi – firma oldida turgan marketing vaziyati bilan bog‘liq ma’lumotlar doirasini sistematik aniqlash, ularni to‘plash, tahlil qilish va natijalar haqida hisobot tuzishdir. Firma marketing tadqiqotlarini o‘z kuchi bilan yoki ixtisoslashgan tashkilotlar yordamida amalga oshiradi. Yuqorida ta’kidlanganimizdek, marketing tadqiqotchilarining eng tarqalgan vazifalari quyidagilar hisoblanadi: bozor tavsifnomasini o‘rganish, bozorning potensial imkoniyatlarini o‘lchash, firmalar o‘rtasida bozor ulushlarining taqsimlanishini tahlil qilish, sotuv tahlili, ishbilarmonlik faolligi tendensiyalarini o‘rganish, raqobatchilar tovarlarini o‘rganish, qisqa muddatli bashoratlash, yangi tovar va uning hajmiga reaksiya ni o‘rganish, uzoq muddatli bashoratlash, narx siyosatini o‘rganishdan iborat. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling