Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
Sotsial omillar jamiyatning sotsial tarkibi va ayrim aholi guruhlarining
rivojlanish dinamikasiga asoslanadi. Mazkur guruhga jamiyatning sotsial guruhlarga va sinflarga bo‘linishini belgilovchi demografik va madaniy omillar, stratifikatsiya omillari kiradi. Bularning barchasi sotsium – insonlar hamjamiyatini tavsiflaydi. Sotsial omillar korxona faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va albatta korxona tomonidan hisobga olinishi zarur. Masalan, so‘nggi o‘n yillikda qator demografik ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyalari korxona maqsadlari va vazifalari tizimini shakllantirishda ularni majburiy hisobga olinishini taqozo etadi. O‘zbek korxonalari qator mintaqalarda aholining o‘sishi, migratsiyasi, yosh-jins va millati tarkibi, tug‘ilish darajasining va x.k. umumiy tendensiyalarini hisobga olishi zarur. 169 Madaniy rivojlanish omillari shakllangan iste’mol an’analari va madaniy qadriyatlarni hisobga oladi. Ular shuningdek, korxonaning marketing faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda jamiyatning sotsial guruhlarga va sinflarga bo‘linishini belgilovchi omillarni o‘rganish uchun aholi jon boshiga daromad nuqtai nazardan aholi sotsial sinflari (oliy, o‘rta va quyi), iste’mol modellari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Sotsial tendensiyalarni shakllantiruvchi barcha omillar o‘z tabiatiga ko‘ra uzoq muddatli hisoblanadi. Shunday qilib, biznesga sotsial omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi, o‘z navbatida ayrim sotsial omillar biznes ta’sirida shakllanadi. Masalan, korxonaning xatti- harakatlari jamiyat uchun salbiy yoki shubhali oqibatlar keltirish manbai bo‘lib xizmat qilganda jamiyat mazkur xatti-harakatlardan xavotirlana boshlaydi. Ommaviy axborot vositalarida yoritiladigan korxonalarning ahloqsiz xatti-harakatlar holatlari iste’molchilar va umuman jamiyatning tashvishlanishini va xatto g‘azabini keltirib chiqaradi. Ayni vaqtda jamiyat ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan korxonalar kamdan-kam hollarda maqtov yoki ijobiy baho oladi. Jamiyat korxonalardan yuqori hayot standartlarini va umumiy turmush darajasi himoyasini ta’minlashni kutadi, xolbuki, bu kutishlar ko‘pincha asossiz yuqori va korxonalar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ularni oqlanshga qodir emas. “Texnologiya” so‘zini ko‘pchilik kompyuter, yuqori o‘tkazgichlar, lazer va suniy yurak kabi taraqqiyot yutuqlariga qiyoslaydi. Ushbu barcha mahsulotlar texnologiya mahsulotlari bo‘lsada, ulardan xech biri texnologiya hisoblanmaydi. Texnologiya (yunoncha “techne” – san’at, mahorat, qobiliyat va “logos” – so‘z, talimot) iqtisodiy resurslardan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan bilimlar, shu jumladan buni samarali bajarish va ko‘zlangan maqsadlarga erishishni bilish sifatida ta’riflanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling