Tadqiqotlari


-rasm. Marketing axboroti tizimining umumiy ko‘rinishi


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

6.1-rasm. Marketing axboroti tizimining umumiy ko‘rinishi
1
 
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, axborotga bo‘lgan ehtiyoj va axborotni 
natijaviy taqdim etish uchun, marketing bo‘yicha mutaxassis maqsadga erishish 
uchun avvalo rejalashtirish jarayoni va to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib 
bo‘lganidan so‘ng uni taqdim etadi. 
1
Бендина Н.В. Маркетинг в схемах. –М.:Изд ПРИОР, 2012 с.24 
Маркетинг ахборот тизими 
Tashkilot 
ichki 
hisoboti 
tizimi 
Marketing 
tashqi 
xabarnoma 
axborot 
тизими 
Axborotga 
boʻlgan 
ehtiyojni 
belgilash 
Axborotni 
taqdim etish 
Qaror qabul 
qilishni 
quvvatlovchi 
tizim 
Marketing 
tadqiqot 
tizimi 
Marketing 
boʻyicha 
menejer 
Tahlil qilish 
Rejalash-
tirish 
Amalga 
oshirish 
Nazorat 
qilish 
Marketing 
muhiti 
Maqsadli 
bozor 
Marketing 
kanallari 
Raqobatchilar 
Ichki va 
tashqi 
ishtiyoqli 
guruhlar 
Makro-muhit 
omillari 


125 
Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra 
dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining 
nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida 
tobora namoyon bo‘layotganligida ko‘rinmoqda. Marketing xususida to‘plangan 
axborotni o‘z vaqtida ishlatish, undan zaruriy yo‘nalishlarni aniqlashda foydalanish 
natijasida, ko‘pgina firmalar mashxurlikka erishdilar, doimiy xaridorlar ko‘lamiga, 
ular e’tiboriga sazovor buldilar. Bunday firmalar jumlasiga, «Maykrosoft», «Nayk», 
«Ribok», «Simens» kabi bir kator firmalarni kiritish mumkin. Marketing faoliyatini 
tashkil etish va marketing axborotiga bo‘lgan ommaviy zaruriyat quyidagi 
o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq. 
Birinchidan, zamonaviy tadbirkorlikning dastlabki rivojlanishida asosiy e’tibor 
xaridor ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi paytda asosiy e’tibor 
xaridorlar istaklarini qondirishga qaratilgan. Ehtiyoj – inson tomonidan his etilgan 
moddiy va ma’naviy ne’matlarga nisbatan yetishmovchilik demakdir. Ehtiyoj 
umumlashgan tarzda ushbu ne’matlarga egalik qilishni nazarda tutsa, xaridorlik istagi 
– alohida insonning moddiy va ma’naviy yetuklik darajasiga ko‘ra, muayyan tovarga 
bevosita egalik qilish va uni o‘zlashtirish borasida zaruratidir.
Lekin, xaridor istagi tushunchasi to‘la ma’noda xaridorning muayyan tovarni 
sotib olishga, foydalanishga qodir va tayyor ekanligini anglatmaydi. Shu sababli, bu 
o‘rinda xaridorlik talabi tushunchasini keltirish lozim. Xaridorlik talabi – muayyan 
tovarni sotib olishga qodirligi va tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining 
aniqlashtirilgan shaklidir. Boshqacha qilib aytganda, xaridorning xarid qilishda 
to‘lovga qodirlik darajasi va imkoniyatida bo‘lgan qismigina xaridor talabi 
chegarasini ifodalaydi. 
Demak, zamonaviy tadbirkorlik va marketing faoliyati birinchi o‘ringa 
xaridorlarning umumlashgan tarzdagi ehtiyojini emas, balki individual xaridorning 
istagi, didi, xoxishi va o‘zlashtirish xususiyatlari bilan farqlanuvchi – xaridorlar 
ishtiyoqini qondirishga talab etadi. Shunday qilib turar joyga, ovqatlanishga, dam 
olishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan, muayyan tarzdagi xaridorlar istagini 
qondirishga, ya’ni ularning salmog‘i, turmush tarzi, odatlari, mavqelari va boshqa 


126 
xususiyatlarni nazarda tutib, uni qondirish sari yul tutilishi hozirgi paytdagi 
tadbirkorlik faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biridir. 
Ikkinchidan, mahalliy mikyosdagi marketingdan, umumdavlat va undan 
xalqaro marketing faoliyati sari o‘tilishi oqibatida, firmalar o‘z imkoniyatlarini 
samarali jihatlarini internatsionalizatsiya jarayonida qurmoqdalar. Mahalliy bozor 
talablarini qondirish uchun kurashda geografik cheklanishlarning yo‘qolishi, yangi 
tovarlar va xizmatlar bilan yangi bozorlarni o‘zlashtirish samarali ekanligini ushbu 
xususiyatning asosiy mohiyatini belgilaydi. 
Ushbu nuqtai nazardan, marketing axborotiga bo‘lgan zarurat tobora ortib 
bormoqda. Marketing jarayonini samarali tashkil etishda marketing tadqiqoti muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan marketing tadqiqoti 
jarayoni uchun to‘rt muhim manfaatdorlikni ta’minlash lozim. 
1. 
Tovarlar va xizmatlarni xaridorlarga yetkazishning firma va xaridor 
o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va samarali shaklini axtarish. Xaridor uchun o‘ta 
manfaatli savdo va xizmat ko‘rsatish shakllari asosida xaridorning barcha psixologik, 
fiziologik va boshqa xaridor istaklarini qondirish. Bu jihatdan, «xaridor doim haqdir» 
tamoyili asosida firma o‘z faoliyatini tashkil etishi lozim. 
2. Xaridor uchun manfaatli va foydali bo‘lgan manzildagi tovarlar va 
xizmatlarni taklif etishga intilish. Xaridor geografik jihatdan cheklanish va 
xizmatlardan foydalanishdan yetishmovchilikni sezmasligi lozim. 
3. Xarid etish vaqti xaridor uchun qulay va ko‘p jihatdan manfaatli bo‘lishini 
ta’minlash yoxud kerakli va zaruriy vaqtda sotuvchining xaridorga tegishli tovarlar 
va xizmatlarni taklif eta olish qobiliyatini oshirish. 
4. Xarid qilish va foydalanishdan xaridorning mamnunligi va manfaatdorligini 
ta’minlash. Ko‘pgina xollarda, xaridor o‘zi uchun zarur tovarlarni sezmay qoladi va 
e’tibor bermaydi. Ana shu vaziyatda sotuvchi xaridor ishtiyoqini seza bilishi, uni 
ushbu bozorda kerakli tovarlar bilan ishtiroki muhim ekanligini anglashi zarur 
bo‘ladi. 
Ushbu manfaatdorlikka erishish uchun zaruriy shart – sharoitni marketing 
tadqiqoti amalga oshiradi. Yetarli axborotni to‘plash kelgusi o‘zgarishlarni belgilash 


127 
uchun ushbu tadqiqotning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, yuqorida qayd etilgan 
manfaatdorlikni ta’minlash marketingning tarkibiy elementlarida o‘z aksini topadi, 
ya’ni «Marketing – Miks» dasturi tarzida: boshqacha qilib aytganda turt «P»., ingl. 
«R» tovar, baho, manzil va tovarlarni talabga moslashtirish bo‘yicha kelgusi amaliy 
tadbirlarda oydinlashtiriladi. Demak, marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha 
axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. 
Tovar ishlab chiqaruvchi istalgan korxona rahbariyati bozordagi holat, 
qo‘yilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalar xarakteri hamda belgilangan 
strategiyadan kelib chiqqan holda qaysi marketing tadqiqotlarini va qanday ketma-
ketlikda o‘tkazish, qanday inson va moliya resurslarini ishga solish, nimani o‘z kuchi 
bilan qilish, qaysi tadqiqotlarni chetdan bajaruvchilarga buyurtma qilish foydali 
ekanligini hal qilishga majbur. Inson va moliya resurslarini tejash va bunda 
marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda katta natijaga erishish uchun ushbu muammoni 
istiqbolda qanday bo‘lishini konseptual jihatdan ko‘rish zarur.
Ushbu 
konsepsiyani 
ishlab 
chiqish 
marketing 
tadqiqotlarini 
butun 
murakkabliklarini bilan ko‘rishdan tashqari uni yanada oqilona usullari bilan hal 
qilish yo‘llarini belgilashga imkon beradi. Bu esa yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling