Tadqiqotning ilmiy farazi shundan iboratki, agarda


Tadqiqotning metodologik asoslari


Download 14.95 Kb.
bet2/5
Sana28.10.2023
Hajmi14.95 Kb.
#1730547
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarida ma\'naviy tarbiya asoslari

Tadqiqotning metodologik asoslari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezidentimiz I.A.Karimovning ma’naviyat va ta’lim-tarbiya haqidagi asarlari hamda nutqlari, milliy istiqlol g‘oyasi; asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasi, O‘zbekiston davlatining milliy va ma’naviy qadriyatlari haqidagi Farmonlari, hukumatimizning umumiy o‘rta ta’lim haqidagi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standarti, konsepsiyasi, nutq madaniyatiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik ta’limotlar, mavzuga tegishli ilmiy-pedagogik, metodik manbalar tashkil etadi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berildi;
- boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish tizimi va uning xususiyatlari aniqlandi;
- kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish mashqlari ko‘rsatib berildi;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish tizimi uni o‘quv–tarbiya jarayonida amalga oshirish uslubiyati ishlab chiqildi;
- kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha dars ishlanmalari, metodik tavsiyalar yaratildi
Tadqiqotning nazariy ahamiyati
-Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga oid ilmiy manbalar, adabiyotlarning tahlili asosida xulosalar ishlab chiqildi.
-Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar mazmuni, metodikasi yaratildi.
-Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning ilmiy va amaliy asoslari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga tavsiya etildi.
-Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish samaradorligi oshirildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati
olingan natijalar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga oid ilmiy nazariy ma’ruzalar tayyorlashda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish ishlarini takomillashtirishda, ushbu muammo bo‘yicha ish tajribalarini ommalashtirishda, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin

Download 14.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling