Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar


Download 1.18 Mb.
Sana19.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1101771
Bog'liq
TAFAKKUR BORASIDAGI PSIXOLOGIK NAZARIYALAR

TAFAKKUR BORASIDAGI PSIXOLOGIK NAZARIYALAR

Reja:

  • 1. Tafakkur haqida tushuncha.
  • 2. Tafakkur turlari.
  • 3. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar

Tafakkur haqida tushuncha

  • Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.

Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.

Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.

Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona

amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.

amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.

M.V.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta'kidlaydi.

Tafakkur turlari

Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo’ladi.

Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.

Ijodiy fikrlashni ta'minlovchi omillar:

  • Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo’lgan masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak.
  • Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo’lgan barcha bilimlarni tadbiq qilish uchun intilish.
  • Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg’a suriladi, bosqichlar taxmin qilinadi, yechim to’g’risida farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar hamda variasiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, o’zaro xayolan solishtirib, eng samarali alomatlar ajratiladi va hokazo.

Muammo oldiga qo’yilgan farazni tekshirish zarurati tug’iladi. Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza adekvat emasligi, noto’g’ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob'ektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o’ylar taxmin qilinadi yoki o’ylab topiladi.

  • Muammo oldiga qo’yilgan farazni tekshirish zarurati tug’iladi. Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza adekvat emasligi, noto’g’ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob'ektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o’ylar taxmin qilinadi yoki o’ylab topiladi.
  • Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalarni to’g’riligiga qanoat hosil qilish uchun echuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi.

Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar

Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirasi to’plangan. Aynan keltirilgan ma'lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.

Ekzistensializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi.

  • Ekzistensializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986 г
  • 2. Гиппенрейтер Ю.Б Введение в общую психологию: Курс лекций: Учебное пособие для вузов –М.; ЧеРо 1997
  • 3. Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y
  • https://www.wikipedia.org

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling