Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur turlari
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkur jarayonlari
Download 27.03 Kb.
|
Tafakkur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniq va abstrakt tafakkur
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkur jarayonlari
Boshqa aqliy jarayonlar singari, tafakkur jarayoni ham, ixtiyoriy va ixtiyorsiz sodir bo’lishi mumkin. Boshqa aqliy faoliyat turlariga (idrok, esda qolish, esda yuritish, xayolga) nisbattan tafakkur ko’proq ixtiyoriy jarayondir. Fiklash faoliyatida ko’pincha maxsus savollar qo’yiladi, masalalar ifodalab beriladi. Javoblarni qidirish, yangi masalalarni yechish vaqtida ko’pincha biz ma’lum darajada kuch sarflaymiz, irodamizni ishga solamiz, bunda ba’zan katta qiyinchiliklarni, yengishga to’g’ri keladi. Ixtiyoriy tafakkur muhokama qilish tarzida o'tadi. Matematikadan liar qanday'masalani yechish jarayoni ixtiyoriy tafakkurga misol bola oladi. Nazorat qiluvchi tancticliy tafakkur ham, asosan, ixtiyoriy tafakkur jarayonidir. Tafakkur jarayonlari ixtiyorsiz tarzda ham bo'ladi. Bunda ixtiyorsiz jarayonlar ko'pincha ixtiyoriy tafakkur bilan chambarchas chirmashib ketadi. Ba'zan faoliyatning turli sohalariga: maishiy, amaliy, ilmiy-bilish faoliyatlariga doir savollar beixtiyor tug'ilib qoladi. Qo'yi1gan savollarning javoblari ham, xuddi shuningdek, ba'zan beixtiyor qidiriladi va topishadi. Bunday hollarda fikrlash jarayonlar sezilmasdan o'taveradi, savollarning javoblari esa fahmga kelganday bo'ladi. Ba'zan shunday ham bo'ladiki, biz qattiq fikr qilib turgan vaqtimizda butunlay boshqacha fikrlash bizda beixtiyor (biror nimaning ta'siri bilan) paydo bo'ladi, shu fikrlar ongimizga o’rnashib olib, bizning e'tiborimizni asosiy ishdan, shu onning o'zida ongli ravishda qo'yilgan vazifadan chetga tortadi. Ko'pincha biz biror-bir vazifani ixtiyoriy ravishda o'z oldimizga qo'yib, hal etayotganimizda, shu onning o'zida bizning oldimizda turmagan boshqa masalalarni ham yo'lakay hal qilib qo'yamiz. Shunday hollar ham bo'ladiki, ixtiyoriy ravishda zo'r berib, fikr qilingan vaqtda hal etilmay ctolgan masalalar biroz vaqt o'tgach, biz kutmagan holda, o'z-o'zidan hal qilinib qoladi. Yirik mutafakkirlar beixtiyor fikr qilib turgan paytlarida ilmiy kashfiyotlar qilganliklari singari hollar ham oz emas. Chunonchi, shu narsa ma'lumki, qadimiy grek mutaftikkiri Arximed solishtirma og'irlik qonunini shu masala ustida zo'r berib fikr qilgan vaqtida kashf qilolmasdan, balki o'zi sira kutmagan bir paytda, vannada cho'milib turgan vaqtida beixtiyor kashf ctilgan. Mendeleyevning aytishiga qaraganda, u elementlarning davriy sistemasi jadvalini tuzmoqchi bo'lib, uch keeha-kunduz tinmay ishlagan. Ammo shunda ham bu vazifani hal qila olmagan. Shundan keyin juda charchab o’rniga yotgan-u, shu onda uxlab qolgan. «Men tushimda, — deydi Mendeleyev, — shu elementlar batartib joylashtirib qo'yilgan jadvalni ko'rdim». Mendeleyev darhol o’rnidan turib, shu jadvalni bir parcha qog'ozgq yozib qo'ygan. Masalaning buncha beixtiyor ravishda, kutilmagan holda hal etilishi ilgari zo'r berib qilingan, lekin bitmay qolgan tafakkur jarayonining tugallanishi bo'lsa kerak. O'zlari masalani mana shunday beixtiyor hal etgan va shu jarayonni kuzatgan kishilar bu jarayonni mana shu tariqa izohlab berganlikni ko'ramiz. Masalan, professor Bexterevning aytishiga qaraganda, u tushida yoki ertalab uyg’onishi bilanoq, masalani to'satdan yechishga muvaffaq bo'lar ekan. Bunday hollarda o'rganilayotgan masala ustida uxlashdap oldin ham qattiq o'ylash va diqqat-e'tibomi shu masalaga to`plash katta rol o’ynasa kerak. Beixtiyor tafakkur jarayonlarida muvaqqat bog'lanishiaming vujudga kel hida oriyentirovka renekslari katta rot o'ynaydi, oriyentirovka refIck ,iri mana shu bog'lanishlarni faollashtiradi va shu bog'lanislilarning Y04 alishiga ta'sir qiladi. Taajublanish va hayratda qolish hislari, qiziqish hissi, ishonch, ishonchsizlik hissi, shubhalanish hissi va ayniqsa, yangilikni sezish hissi ixtiyorsiz afakkur jarayonlarini faollashtirishda katta ahamiyatga egadir. Bu kislar fikr1ash jarayonlarining tug'ilishiga sabab bo'ladi yoki shu hislarning o'zi tafakkur jarayonlari sababli tug'iladi va o'z navbatida shu jarayonlarning borishiga ta'sir qiladi. Aniq va abstrakt tafakkur Tafakkur — aniq tafakkur va abstrakt tafakkur deb ikkiga bo'linadi. Agar biz fikr yuritilayotgan narsani idrok qilsak yoki tasavvur qilsak, bu tafakkur aniq tafakkur deb ataladi. Bizning o'zimiz shu onda turgan xonamiz to'g'risidagi muhokamallarimiz mana shunday aniq tafakkurning bir misolidir. Biz tasavvur qilishimiz mumkin bo'lgan biror daryo to'g'risidagi, biror garnish to'g’risidagi, biror tarixiy voqealar to'g'risidagi muhokamalar ham aniq tafakkurga misol bo’la oladi. Bu— narsalarning obrazlariga bevosita tayanuvchi tafakkurdir. Bu — yaqqol tafakkurdir. Aniq tafakkur ham predmetli-yaqqol tafakkur va yaqqol-obrazli tafakkur deb ikkiga bo’linadi. Tafakkur obyekti bevosita idrok qilinadigan tafakkur predmetli-yaqqol tafakkur deb ataladi. Predmetli-yaqqol tafakkur faqat muhokamalaridagina emas, shu bilan birga bevosita harakatlarda hamnamoyon bo'ladi. Bunday tafakkur predmeti harakatli tafakkurdir. Tafakkurning bu turini, masalan, kubiklarni u yoki bra tartibda terayotgan yoki joylashtirayotgan bolalarda ko'rish mumkin. Katta yoshdagi kishilar ro'zg'orga taalluqli turli buyumllar bilan va xilma-xil mehnat qurollari bilan ish olib boravotganlarida ularning kundalik amaliy faoliyatida ham mana shunday tafakkur ishga solinadi. Tafakkur qilinayotgan narsani idrok qilmasdan, balki faqat tasavvur qilgan vaqtimizdagi tafakkur obrazli-yaqqol tafakkur deb ataladi. Bunday tafakkur xotira tasavvuriga yoki xayol tasavvuriga tayanadi. Kecha bo'lib o'tgan voqealar to'g'risidagi muhokamakir, Marsda hayot bormikin, deb clilayotgan binning muhokamalarimiz yaqqoI-obrazli tafakkur namunalari deb hisoblanishi mumkin. Dars vaqtida o'qituvclli biror gulning tuzilishini o’quvchilarga tushuntirayotgan bo'lsa-yu, lekin bu gul o'quvchilarga o'z tajribalaridan ma'lum va shu sababli o'qlivchilar shu gul ko'rsatilmasa ham, uni tasavvur qilishlari mumkin deb hisoblab, o'z darsini davom ettirayotganida o'qituvchi va o'quvchilardagi tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur bo'ladi. Har bir kishi itilirakkab narsalarni (masalan, mashina':irni, tabiat hodisalarini) bevosita idrok va tasavvur clilgan hamma hollaida shu kishi aniq tafakkur qiladi. Abstrakt tafakkur umumiy va abstrakt tushunchalariga asoslanadi. Bu tushunchalardan tarkib topgan tafakkurdir, umumiylashtirilgan tafakkurdir, bu tafakkur, asosan, ikkinchi signal sistema uning nutq, signal sistemasining faoliyati tufayli vujudga keladi. Bizning algebra masalalarini yechish vaqtidagi mulit i,arrlalarimiz abstrakt tafakkurga misol bola oladi. Ma'luniki, algebrada biz umuman miciclorlarni va ularning turli nisbatlarini ishlatamiz, masalan: a+b= c. Bunda a va b harflari qarldaydir bir miqdorni ifodalaydi, ularni qo'shgan vaqtda yangi miqdor — c hosil bo'ladi. Shu migdorlarni juda xilma-xil aniq narsalarga, masalan, falon miqdor pulga, falon kilogramm nonga va falon kilometr masofaga va bosllqa shu kabilarga tatbiq gilishimiz mumkin. Lekin biz bunda (algebra misolida) mana shu narsalarning aynin aniq iTiiqdori to'g'risida fikr yuritmasdan, balki mana shu narsalar Wrtasida bo'lgan umumiy niiqdor munosabatlari to'g'risida fikr yuritamiz. Bundy_ biz yakka, obrazlar yor(lanii bilan emas, balki umumiylashgan tushunchalar yordami bilan fikr qilamiz. Abstrakt tafakkur aniq tafakkurdan o'zining g'oyat kengligi bilangina farq qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, voqelikni juda chuqur bilishga imkon berishi bilan ham farq qiladi. Bundq biz bir hukmining o'ziqa hamma narsalarga va hodisalarga aloqador bog'lanishlar va qonunlar to'g'risida fikr yuritishimiz mumkin. Ayrim abstrakt muhokanIalarda biz idrok ham qilib bo'lmaydigan, tasavvur ham qilib bo’lmaydigan narsalar to’g’risida fikr yuritishimiz mumkin. Biz tabiat to'g'risida, umuman qonun to’g’risida, miqdor to'g'risida, sifat to'g'risida, tenglik to'g'risida, borliq to’g’risida abstrakt fikr yuritishimiz mumkin (va fikr yuritamiz). Biz cheksizlik to'g'risida ham fikr yuritishimiz mumkin. Abstrakt tafakkur haqiqatga erishishga va voqelikni yana ham chuqurroq hamda to'laroq bilisliga olib boradigan yo'llardir. Ammo biz abstrakt tafakkurning xususiyatlari to'g'risida gapirganimizda shuni nazarda tutishimiz lozimki, bu tafakkur va aniq tafakkur odamnning yaxlit tafakkurini tashkil qiladi, bu ikkala tafakkur bir-biriga chambarchas bog'langandir. Bu bog'lanish avvalo shundaki, abstrakt tafakkur tarixan aniq tafakkur asosida taraqiy qilgan. Xuddi shuningdek, har bir kishining individual hayotida ham abstrakt tafakkur aniq tafakkur asosida taraqqiy qilgan. Bolaning eng dastlabki tafakkuri aniq tafakkurdir. Bolaning aniq tafakkuri jarayonida tushunchalar hosil bo’la boshlaganida va shu tushunchalar o’zlashtirila boshlagandagina shu paytdan boshlab, bolada abstrakt tafakkur paydo bo'ladi. Ikkinchidan, abstrakt tafakkur bilan aniq tafakkurning birligi shundaki, qanday aniq fikr abstrakt fikrga muayyan bir darajada kiradi va har bir abstakt tafakkur jarayoni aniq tafakkurga tayanadi. Hatto eng oddiy yakka muhokamalarda ham abstraktlik momenti bor. Masalan, «Bu – to’rt burchak stol» va «Bu — to'rtburchak quti» degan aniq muhokamalarda «to’rtburchak» degan so'zning o'zi abstrakt tushunchadir. Shu misollarda biz idrok qilayotgan narsalar — stol va quti — bizda mavjud bo'lgan «to’rtburchak» degan tushunchaga tatbiq qilinadi, xolos.Bunda abstrakt, umumiylashtirilgan tushuncha aniq (idrok qilinayotgan tasavvur qilinayotgan) tushunchani o'z ichiga oladi. Shuningdek, abstrakt tafakkur ham aniq tafakkur bilan chambarchas bog’langan holda sodir bo'ladi. Har qanday abstrakt fikr juda ko'p aniq fikrni albatta o'z ichiga oladiva shu aniq fikrga tayanadi. Masalan, shunday bir abstrakt qoidani olib ko’raylik: «Yakka-yakka holida uchinchi miqdorga teng bo'lgan ikki miqdor-biriga tengdir». Muhokama aniq mazmun olishi mumkin bo'lgan taqdirdagina bu fikr chinakam fikr bo'ladi. Aks holda bu qoida quruq «yodlab oungan qoida» bo'lib qoladi, xolos. Bu qoidani aytgan kishi haqiqatdan ham chin bir fikrni ifodalayotganligini isbotlamoq uchun, shu imiy va abstrakt qoida tarkibiga kiradigan yakka va aniq hollardan bir qancha misollar topib bera olishi lozim. Biz aniq tafakkurni abstrakt tafakkurdan ayirib gapiramiz ham, lekin aslida biz odamning tafakkurida yo aniq, yoki abstrakt elementlarning ustunlik qilishini nazarda tutamiz. Download 27.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling