Tafakkur jamoasi
Savol: ALFA mashhur brend nomi bilan bir xilligini hisobga olib, ALFAni yozib bering. Javob
Download 337 Kb.
|
2 5472283970034998867
Savol: ALFA mashhur brend nomi bilan bir xilligini hisobga olib, ALFAni yozib bering.
Javob: Tesla Izoh: Reklamada "Hayotingizni TESLAshtiring" jumlasini koʻrish mumkin 3. Jyul Vern o'z romanlarini Alfa, boshqa bir yozuvchi Gerbert Uells esa o'z asarlarini Betta deb hisoblagan. Rus olimi va fan targ‘ibotchisi Yakov Perelman 1914-yili “Vaznsiz oshxonadagi nonushta” nomli hikoyasini e’lon qiladi va uning janrini “Alfa Betta” deb belgilaydi. Jorj Melisaning 1902-yili olingan "Oyga sayohat" filmi dastlabki Alfa-Betta film hisoblanadi. Alfa ва Betta so‘zlari bilan almashtirilgan ikkita so‘zni yozib bering. Javob: Ilmiy fantastika Izoh: Jyul Vern asarlarini ilmiy, Uells esa fantastika yo‘nalishida asarlar yozishgan. “Vaznsiz oshxonadagi nonushta” hikoyasi va “Oyga sayohat” filmi esa ilmiy fantastik janrga tegishli. Manba:1. //ru.m.wikipedia.org/wiki/Научная_фантастика#:~:text=Происхождение%20термина,Узнать%20больше&text=Иногда%20считается%2C%20что%20впервые%20он,Перельмана» 4. Yoʻqotilgan sevgini qayta topish uchun nima kerak boʻladi? Pul, omad, aql yoki taqdir? Yuqoridagi masala 2008-yilda chiqqan bir filmning afishasida aks etgan. Savol: film nomini yozib bering. Javob: “Xarobadan chiqqan millioner” Izoh: Filmda Jamol Malik oʻz sevgilisini topish uchun "Kim millioner boʻlishni xohlaydi?" oʻyinida ishtirok etadi. Film afishasida ham shu oʻyin koʻrinishida syujetga xos savol va unga mos 4 ta variant koʻrsatilgan. 5. Crown Coach Corporation kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan IKSlarni bolalar учун мўлжалланган filmlarda ko‘rgansiz. Sharxlovchi Orif Tolipovning fikricha, Liverpulning Villarealga qarshi kechgan birinchi bahsida Villarealning Iksi 50 daqiqadan biroz köproq vaqt davomida foyda bera olgan. Savol: IKSni ikki so’z bilan aniq yozib bering Javob: Sariq avtobus. Izoh: Crown Coach Corporation kompaniyasi Amerikada sariq rangli maktab avtobuslarni yetkazib beradi. Liverpul Villareal o‘yinida Sport Tv sharxlovchisi Orif Tolipov Sariq rangli kiyimda o‘ynagan va himoyaviy uslub tanlagan Villareal jamoasini Sariq avtobusga qiyoslaydi va u 50 daqiqadan biroz ko‘proq vaqt "turib" bera olganligini keyin esa ketma ket 2 ta gol o‘tkazib yuborganligini bilasiz. Download 337 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling