Tafakkur operatsiyalari Reja; Tafakkur operatsiyalari Tafakkur turlari Tafakkur shakllari Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 19.75 Kb.
bet3/5
Sana23.11.2023
Hajmi19.75 Kb.
#1795881
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tafakkur Operatsiyalari

3.Tafakkur shakllari

Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Hukmlar
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Hukmlar ob'ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo’ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko’rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini o’tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir.
Chunki elektr tokini o’tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomg’ir yog’yapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo’linishi mumkin:
• Hukmlar sifatiga ko’ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;
• Hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz'iy, xususiy va umumiy hukmga;
• Hukmlarning munosabatiga ko’ra: shartli, ayruvchi, va qat'iy hukmlarga;
• Hukm taxminiy ko’rinishga ega bo’lishi ham mumkin.
Xulosa chiqarish
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo’ladi.
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo’lgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko’rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o’rtasidagi shunday bog’lanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o’rganish asosida umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o’tkazadi, po’lat elektr tokini o’tkazadi, mis elektr tokini o’tkazadi, ruh elektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz'iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini o’tkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini o’tkazadi.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba'zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa chiqaramiz.
Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba'zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz'iy ikki yakka hukmlarga asoslanib, juz'iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan, bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.
Shunday qilib, analogik yo’l bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabhalarida undan foydalanib turiladi.
Tushunchalar
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to’g’ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti.
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o’qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo’ladi.
Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba'zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, og’lik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo.
Tushunchalar ko’lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to’planma tushunchalarga bo’linadi. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo’ladi.

Download 19.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling