Tafakkur r e j a


TAFAKKURDAGI INDIVIDUAL FARQLAR YOKI SIFATLAR


Download 28.98 Kb.
bet4/4
Sana08.06.2023
Hajmi28.98 Kb.
#1462704
1   2   3   4
Bog'liq
TAFAKKUR

6. TAFAKKURDAGI INDIVIDUAL FARQLAR YOKI SIFATLAR
Ayrim kishilarning tafakkuri o`zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatdan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatdan turli davrlarda turlicha namoyon bo`ladi. Bular tafakkurning sifatini tashqil qiluvchi belgilardir. Tafakkurning mazmundorligi avvalo u yoki bu narsalar, hodisalar to`g`risidagi voqelikning u yoki bu, muhokamalar va tushunchalarda odamlarning ongida qanchalik o`rin olganligidan kelib chiqadi. Fikrning chuqurligi uning mazmundorligini ta`minlaydi. Tafakkurning mazmundorligi va chuqurligi uning kengligi bilan chambarchas bog`langan. Voqelikning eng ko`p sohalarini o`z ichiga olgan, hozirgi vaqtni, uzoq utmishni va uzoq kelajakni o`z ichiga olgan tafakkurni biz keng tafakkur deymiz. Odam o`z oldiga yangi vazifalarni qo`yishda o`zi tashabbus ko`rsatib, shu vazifalarni boshqa odamlarning yordamisiz, o`zining alohida yo`llari bilan hal qilaversa, bu odamlarning tafakkuri mustaqil tafakkur bo`ladi. Tafakkurning tanqidiyligi o`zgalarning yoki o`zlarining fikrlarini haqiqatga mos bo`lishi - bo`lmasligi jihatini tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera olishda ifodalanadi. Tafakkurning tezligi qo`yilgan savollarga juda tezlik bilan javob topa olishida namoyon bo`ladi. Fikrning tezligi maktab o`quvchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan: ayrim yaxshi o`quvchilarni doskaga chiqarib, ulardan yangi masalani echish talab qilinganda hayajonlanib, butun sinf oldida o`zlarini yo`qotib qo`yadilar. Bu salbiy emotsiyalar go`yo ularning tafakkurini tormozlab qo`yadi. Fikr juda sekin va tez - tez muvaffaqiyatsiz ishlay boshlaydi. Maktab o`quvchilarning tafakkuri hali juda katta va etarli foydalanilmayotgan zaxira hamda imkoniyatlarga egadir. Psixologiya va pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri ana shu imkoniyatlarni to`la ochish va ular asosida ta`limni yanada samarali, hamda ijodiy qilishdan iboratdir.
Download 28.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling