Tahlil yozish
Download 24.93 Kb.
|
2-SINF “TABIIY FANLAR” DARSLIGINI OʻRGANISH, TAHLIL QILISH MAVZULAR BO’YICHA TAHLIL YOZISH
MAVZU: 2-SINF “TABIIY FANLAR” DARSLIGINI OʻRGANISH, TAHLIL QILISH MAVZULAR BO’YICHA TAHLIL YOZISH. REJA: 1.TABIY FANLARNI DARSLIGI O`RGANISH VA TAHLIL QILISH 2. TABIY FANLARNI DARSLIGINI TAHLIL QILISH 3. TABIY FANLARNI DARSLIGI O`RGANISH VA TAHLIL QILISH Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi. «Klaster» metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muammolar (mavzular) xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. «Klaster» metodi turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risidafikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Bu metod aniq obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. «Klaster» metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmuyi tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. «6 x 6» metodi. «6 x 6» metodi yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruh¬larning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi sif atida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. «6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardan iborat: - guruhlarning har bir a’zosini f aol bo’lishiga undaydi; - ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi; - guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qiladi; - ilgari surilayotgan bir hecha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini himoya qilishga o’rgatadi. Eng muhimi, har bir o’quvchi qisqa vaqt (15-20 minut) davomida ham munozara qatnashchisi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Ushbu metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (tnuammo) ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. «6 x 6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu metod yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 916 2. 6 ta varaqqa turli xil 6 ta topshiriq yozib chiqiladi. Varaqlarga I dan VI gacha rim raqami yozib qo’yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo’yib chiqiladi. 3. O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutadi. Har bir o’quvchiga 1 dan 36 gacha raqamlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Bu varaqlarda rim raqami bilan stol raqami ko’rsatilgan bo’ladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchadagi rim raqami bilan ko’rsatilgan stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi. 4. O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi stol ustiga qo’yilgan topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum vaqtni (5-10 minut) belgilaydi, munozara jarayoni boshlanganini e’lon qiladi. 5. O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo’1-yo’riqlar ko’rsatadi. Belgilangan vaqt tugagach, guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi. 6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt (5-10 minut) ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda qabul qilingan xulosalarni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. «6x6» metodini ayrim boblar yoki o’quv yili choragi bo’yicha o’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash maqsadida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. «Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod hisoblanadi. Bu metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi O’quvchilarning bolajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi. Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq yillar davomida amaliy faoliyat tufayli qo’lga kiritilgan. Atrof muhitni bilishda, anglashda ilmiy tajriba, amaliy bilimlar muhim rol o’ynab kelgan va kelmoqda. Ma’lumki, tabiatshunoslik keng qamrovli moddiy dunyoni rang-barang xususiyatlari, tabiatning har xil voqea hodisalarini o rganuvchi fan bolib, ilmiy tajriba asosida shakllanadi, amaliyot esa mazkur fanning poydevori hisoblanadi. Insoniyatni tabiat qonunlari haqidagi bilimga asoslangan amaliy faoliyati bilish jarayonini, ilm-fan taraqqiyotini belgilaydi. Amaliyot - haqiqat mezonidir. Bilimlarga ehtiyoj amaliyotda tug’iladi va ularning to’g’riligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda tasdiqlanadi. Bilim odamlar miyasida oz-ozidan paydo bolmasdan, balki muayyan ish faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonni tabiat bilan munosabatida asosiy omil bolib, bu oz navbatida, odamlarning o’zaro munosabnatlari tizimida, ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim rol oynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy amaliyot quyidagi vazifalarni bajaradi [1]. 1. Amaliyot bilish jarayonining rivojlantiruvchi omil. U nazariy bilimlarni SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1064 umumlashtirib, ularni hayotiy jarayonlardan ajralishga yol qoymaydi. 2. Amaliyot bilishning buyurtmasi, ilovasi va maqsadi hamdir. 3. Amaliyot bilish jarayoninig haqiqiy ekanligini ko’rsatuvchi mezondir. Tabiatshunoslikdagi amaliyot ilmiy ishlab chiqarishning asosiy omili bolib kelmoqda. Amaliyot nazariyani paydo bo’lishiga, ilmiy shakllanishiga va rivojlanishiga olib keladi. Bilishning aniqligi muayyan obekt haqidagi ma’lumotning haqiqat ekanligi bilan tasdiqlanadi. Ayni paytda, sharoit boshqacha bo’lsa, haqiqat ham boshqacha bolishi mumkin. Masalan, oddiy sharoit va bosimda suv 100oC da qaynaydi. Lekin bosim o’zgarsa yoki og’ir suv bolsa, u aniq -konkret hisoblanadi. Ma’lum tizimdagi haqiqat boshqa sharoitda butunlay o’zgarishi mumkin. G’oyaning amaliyotda tasdiqlanishi haqiqatning asosiy omili hisoblanadi. Amaliy ishlarga o’rgatish boshlang’ich sinflardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Amaliy uslublar o’qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo’naltiriladigan, o’quvchilar fikrini rivojlantirishga mo’ljallagan so’z, ko’rgazmalilik va amaliy ishning o’zaro murakkab bog’lanishida bo’lishini ko’rsatadi. Amaliy uslublar qo’llanilishi o’quvchilar retseptorlari va effektorlarining jadal faoliyati bilan bog’liq. Amaliy uslublar o’rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko’nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qo’llashga o’quvchilar faoliyatining o’zi, bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og’zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida, sinfdan tashqari bajariladigan mashg’ulotlar kiradi. Amaliy uslublarning turlariga [2]: 1. Oquvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi. 2. Rasm chizishi. 3. Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo’yicha ishlari. 4. Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari. 5. Tajriba o’tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi. Amaliy ish boshlanishi oldidan qo’yilgan savol, muammo, masalaga o’quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak. Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi bo’lib, tarqalgan o’simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o’rgatadi. Taqqoslashdagi farqga borish o’quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo’yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o’qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o’simliklarni topish va to’plashni, namunalar yig’ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini, o’zgaruvchanlikni o’quvchilarning o’zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. Osimliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo’yicha ishlarni o’quvchilar uy SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1065 vazifasi sifatida bajaradilar. Osimliklarni yoshini tabiatda nafaqat yillik halqalardan balki osimliklarni yillik shoxlanishiga qarab aniqlash mumkin. Osimlik bahordan kuzgacha o’sish davriga ega, kuzdan bahorgacha tinim davri boladi. Bu osimlikning bir yoshi demakdir, ikkinchi yilda yana o sish, shoxlanish sodir bo ladi. Shoxlanish orasidagi masofa o simlikning bir yoshi hisoblanadi, buni o quvchilarga tabiatda tushuntirish talab etiladi. O’quvchilar amaliy bilimga ega bo’ladilar, daraxtlar yoshini kesmasdan turib ham aniqlash mumkinligini bilib oladilar. Bu ekologik, hamda ilmiy tushunchalarni shakllantiradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari ti/imida amaliy ishlar tabiat haqidagi bilimlarni o zlashtirishda katta rol o’ynaydi. Amaliy ishlar o’quvchilarni ular faoliyati jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga o’rgatish metodidir. Amaliy ishlarga o’quvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig’ish, maktab oldi yer maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o’simliklarni parvarish qilish, gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko’rgazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat turlari kiradi. Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilar "Atrofimizdagi olam" darsligini o’qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan o’rganadilar. Bu mashg’ulotlarda oquvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan va avvalo ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy ob’ektlar kiradi [3]. Tabiiy qurollar-tabiat jismlaridir. Ular o’rganilayotgan mavzular to’g’risida, bolalarda tabiat haqida tushunchalar hosil bo’lishiga imkon beradi. Chunki sinfda jonli tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari hamda o’z joylarining daraxtlari uchun xos bo’lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug’lar bolishi mumkin. Tabiatshunoslik darslarida tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan, shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi. Shuningdek, tabiiy ob’ektlardan hayvonlarni o’rganishda ham foydalansa boladi. Ko’pgina hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida) ko’rsatish mumkin bo’lsa ham ekskursiyalarga afzallik berish kerak boladi, chunki bunda o’quvchilar faqat ularning tashqi ko’rinishini emas, balki xulq-atvorlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tirik hayvonlar bo’lmaganda ularning chuchelalari (tulumlari), mulyajlari yoki fotosuratlari va rasmlaridan foydalanish mumkin. Jonsiz tabiatni o’rganishda ham tabiiy tarqatma materiali, masalan, har xil rangdagi granit, kvars, dala shipati, loy, qum, kal’sit (bo’r, marmar, ohak, har xil toshko’mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek metallar hamda qotishmalar) temir, cho’yan, polat, alyuminiy, tuproq namunalari va boshqalar bo’ lish mumkin. O’ quvchilarga bevosita qabul qilish mumkin bo’lmagan tabiat jismlari va hodisalari to’ g’ risida aniq va to’gri tasavvurlar hosil qilish uchun ko’rsatiluvchi qurollardan foydalaniladiUlarning afzal jihati shundaki, ular qisqa vaqt ichida har bir o’quvchining o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlay oladi. Tajriba atrof olam bilan tanishish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida dasturlashtirilgan o’qitish usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko’rsatadi. Bu usullarning afzalligi shundaki, o’quv materialini o’zlashtirish darajasini o’quvchilarning o’zlari shu dars mobaynida tekshirishlari mumkin. 2 - sinfda dasturlashtirilgan o’qitishda tezis turidagi tarqatma topshiriqlar, raqamlar, tarqatma testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin. Grafik topshiriqlarini bajarayotganda o’quvchilarga « —» noto’g’ri javob, «1» — to’g’ri javob ekanligini tushuntirish lozim. O’qituvchida esa grafik usuldagi javoblarni tezda aniqlashga moslashtirilgan asbob bo’lishi kerak. Masalan: 21- mart — Navro’z bayrami. 1- sentabr — Ustozlar va murabbiylar kuni. 1- oktabr — Mustaqillik bayrami. 8- dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni. «So’z top» o’yini. Bu metoddan darsning hamma qismlarida foydalanish mumkin. O’qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqida bir so’z aytadi, o’quvchilar davom ettiradilar. O’qituvchi boshlagan so’z qaysi harf bilan tugasa, o’quvchi shu harfdan boshlangan so’zni aytishi kerak. Masalan: tulki — ilon — ninachi — it — tipratikan — nortuya — yalqov (panda) — ayiq — qarg’a — ari va hokazo. Bu usul o’quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib, javob berishga hamda xotirasini mustahkamlashga yordam beradi. «Klaster» usuli. Bu usul o’quvchiga berilgan mavzu bo’yicha erkin o’ylash va fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. Bu usulda o’quvchi nimani o’ylagan bo’lsa, shuni aytadi va yozadi. Yozilgan fikrlar to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishidan qat’i nazar muhokama qilinmaydi va belgilangan vaqtgacha davom etadi. Bu sinfning har bir o’quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirib, ular o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatini yaratadi. «Klastyer» usuli yangi mavzuni boshlashdan avval o’quvchini darsga qiziqtirib, shu mavzu bo’yicha oldin egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida hamda o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’tkaziladi. Masalan, «O’lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar» mavzusi. «Mozaika», ya’ni mayda bo’laklardan yaxlit ko’rinishni hosil qilish. Bunda qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalarning rasmlari bo’laklarga bo’linib, har bir guruhga alohida tarqatiladi. Guruhlarning qatnashchilari bo’lakchalarni bir butun ko’rinishga keltiradilar. Guruh sardorlari yaxlit holga kelgan hayvon, meva yoki daraxt haqida gapirib beradilar. «To’xtab o’qish» usuli. O’qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir necha marta to’xtab, o’quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar aynan matnga tegishli bo’lishi zarur. Yoki o’quvchi matn o’qish jarayonida to’xtatilib, nima haqida o’qiganligi so’raladi. Bu usul orqali o’quvchilarning diqqati jamlanadi, mustaqil fikrlash ko’nikmalari shakllanadi. «Zanjir» usuli. Bu usulni she’r, topishmoq, maqollar berilgan darslarda qo’llash maqsadga mu-vofiqdir. O’quvchilar tartib bilan ketma-ket berilgan she’r. Download 24.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling