Tahliliy ish Davlat moliyasi nazariyalari klassiklar, neoklassiklar, fiziokratlar, keynschilar va neokeynschilar qarashlari asosida shakllana boshlangan va bugungi kunda, aynan mana shu g’oyalar asosida yangi nazarilar yaratilmoqda


Download 248.77 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2020
Hajmi248.77 Kb.
#100475
1   2
Bog'liq
tahliliy ish


J.S.Mill




Ingliz olimi J.S.Mill mamlakatda sotsial keskinlashuvni yumshatishga to’sqinlik qiluvchi omil sifatida soliqlar tizimini qoralagan.

Soliq tizimining yangi prinsiplarini ishlab chiqib, “soliqqa tortilmaydigan minimum” g’oyasini fanga kiritgan.

Mill soliqlar va davlat xarajatlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganib, aholi davlatdan olgan qo’llab-quvvatlashlari, xizmatlari evaziga o’z daromadlarining ma’lum bir qismini davlatga berishi kerak deb aytib o’tgan.
jhi

Demak, klassiklar aynan feodal jamiyatini qoralab, yangi burjuaziya jamiyati manfaatlarini himoya qilgan. Ularning fikricha, soliq tizimini adolatli bo’lishini ta’minlash kerak hamda davlat xarajatlarini minimallashtirish, ularning ishlab chiqarishga ta’sirini kamaytirish kerak.



Keynschilar

Keyns davlatning iqtisodiyotga aralashishi kerakligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surdi. Keyns soliqlar va davlat xarajatlarining aholi iste’moliga, ishsizlikka va investitsiyaga ta’sirini o’rgangan. Uning fikricha, aholi daromadlari oshgani sari, ularning iste’moli ham oshib boradi, biroq bu ularning daromadlari oshganligi darajasida bo’lmaydi. Su sababli, davlat soliqlar va qarzlar bilan o’z xarajatlarini oshiribgina qolmasdan, balki xususiy investitsiyalarni rag’batlantirishi kerak va bu orqali, yetmayotgan talabni qondirishi kerak. Keynsning fikricha, davlat “samarali talab”ning yuqori hajmini ta’minlash orqali daromadlar ko’payishini ta’minlashi kerakdir. Keyns ishlab chiqarishning monopollashuvi sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga yo’naltirilgan yangi moliya nazariyasini ishlab chiqqan.



Neokeynschilar

Neokeynchilar nazariyalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:




Noekeynschilar “defitsitli moliyalashtirish” nazariyasini yaratganlar. Unga ko’ra, davlat zaxira pul fondini shakllantirishi va ishlab chiqarish qisqargan davrlarda shu fond mablag’lari orqali byudjet defitsitini qoplashlari kerak.

Shuningdek, neokeynschilar soliq tizimining davlatning rivojlanish dinamikasiga qarab o’zgaruvchan bo’lishi kerakligi g’oyasini ilgari surganlar, ya’ni soliqlar davlat va jamiyatni birday qanoatlantirishi va byudjet tizimi stabilizatori vazifasini o’tashi kerak.

Download 248.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling