Tahliliy ish Davlat moliyasi nazariyalari klassiklar, neoklassiklar, fiziokratlar, keynschilar va neokeynschilar qarashlari asosida shakllana boshlangan va bugungi kunda, aynan mana shu g’oyalar asosida yangi nazarilar yaratilmoqda


Download 248.77 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2020
Hajmi248.77 Kb.
#100475
  1   2
Bog'liq
tahliliy ish


Tahliliy ish

Davlat moliyasi nazariyalari klassiklar, neoklassiklar, fiziokratlar, keynschilar va neokeynschilar qarashlari asosida shakllana boshlangan va bugungi kunda, aynan mana shu g’oyalar asosida yangi nazarilar yaratilmoqda. Davlat moliyasiga oid nazariyalar kapitalistik rivojlanish davrida moliyaviy konsepsiyalarning vujudga kelishi natijasida paydo bo’la boshlagan.



Adam Smit

Davlat moliyasi to’g’risidagi nazariyalarning asoschisi sifatida Adam Smitni aytish mumkin. Adam Smit o’zining “ Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot” asarida davlat moliyasiga oid alohida nazariyalarni yaratib, unda unumli va unumsiz mehnat ta’limotini asoslab bergan.




Unumli mehnat – kapitalga almashinadigan mehnat, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashiladigan mehnatni ifodalaydi. Bu esa, davlat daromadlari va xarajatlariga oid dastlabki moliyaviy kategoriyalarni kelib chiqishiga sabab bo’lgan.

Smit soliqlarni qoralagan, chunki, uning fikricha, davlat xarajatlari unumsiz hisoblanadi va soliqlarning yig’ilishi capital jamg’arilishiga to’sqinlik qiladi, ishlab chiqarish sur’atlarining keskin o’sishiga olib keladi.



Adam Smit davlat iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, shu orqali, davlat xarajatlarini va foydaga soliqni qisqartirish tarafdorlaridan bo’lgan.

Adam Smit soliqqa tortishning 4 prinsipini ishlab chiqqan:

  1. Soliqlar soliqqa solinuvchining kuchi va salohiyatiga mos bo’lishi kerak;

  2. Soliqlar miqdori va ularni to’lash muddati aniq bo’lishi kerak;

  3. Soliqlarni undirish vaqti to’lovchiga qulay bo’lishi kerak;

  4. Soliqlarni undurish xarajatlari minimal darajada bo’lishi kerak

David Rikardo



D. Rikardo o’zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida soliqlarning yo daromadga, yo kapitalga aylanishini ta’kidlab o’tgan. D. Rikardo ham A.Smit kabi soliqlarning kapital jamg’arilishiga to’sqinlik qilinishini aytib o’tgan va “Soliqlar – buyuk zulm”, ya’ni soliqlarning ortishi yoki davlat xarajatlarining ko’payib ketishi bevosita aholi iste’molini pasaytiradi va mamlakatda ishlab chiqarishning keskin tushishiga sabab bo’ladi, degan fikrni yuritgan.



Download 248.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling