Tahliliy material
Download 26.8 Kb.
|
Xalqaro tijorat huquqining milliy va xalqaro manbalarini qiyosiy tahlili — копия
TAHLILIY MATERIAL Mavzu: Xalqaro tijorat huquqining milliy va xalqaro manbalarini qiyosiy tahlili Xasanova Sohiba
1.Xalqaro tijorat huquqi manbalari tushunchasi 2.Xalqaro qonunchilikning asosiy shakllari 3.Lex Mercatoria Huquq manbasi o`zi dastlab Rim huquqida vujudga kelgan bo`lib,yuridik normalarni ifoda etish va amalga oshirishning shaklidir. Xalqaro tijorat huquqining manbalari shu tijoriy sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va qonuniy hal etishga qaratilgan huquq normalarini ifodalovchi normativ hujjatlardir. Xalqaro tijorat huquqining manbalari 2 ga bo`linadi. Bular: milliy manbalar hamda xalqaro manbalar. Xalqaro qonunchilik xalqaro tashkilotlar qabul qilgan konvensiyalar,davlatlararo ko`p tomonlama shartnoma va bitimlardir. Xalqaro qonunchilikning ikki shakli mavjud.Birinchisi xalqaro shartnomalar,ikkinchisi xalqaro tashkilotlarning qarorlaridir. Eng avvalo xalqaro shartnoma tushunchasiga ta`rif berib o`tsak,xalqaro huquq subyektlari o`rtasida siyosiy,iqtisodiy,madaniy ,tijoriy va boshqa sohalarga oid o`zaro huquq va majburiyatlarni belgilab beradigan kelishuvdir.Xalqaro tashkilotlarning qarorlari ham tijorat huquqinng manbasi hisoblanadi masalan,YI a`zosi bo`lgan davlatlar uchun YI kengashi qarorlari,MDH davlatlari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi qarorlari shu hujjatlar sirasiga kiradi. Xalqaro qonun hujjatlaridan foydalanishning eng muhim sohalaridan biri milliy qonunchilik hisoblanadi .Milliy qonunchilik normalaridagi bo`shliqlarni ushbu xalqaro qonun hujjatlari yordamida to`ldirish hamda buning natijasida milliy qonunlar xalqaro normalar asosida o`zaro yaqinlashib,birxilligi ortib borishiga zamin yaratadi.Xalqaro tijorat huquqining milliy manbasi sifatida birinchi navbatda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini olishimiz mumkin.U o`zida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini ifoda etadigan milliy huquqning boshlang`ich asoslariga tayangan holda qonun chiqaruvchi hamda ijro hokimiyati organarining huquqiy hujjatlarini o`zida mujassam etadi.Tijoriy munosabatlarni tartibga solishda O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi alohida ahamiyatga ega. Xalqaro tijorat huquqining manbalarini tashkil qiluvchi shartnomalarda savdo aloqalarini tuzishda taraflarning foydalanishi zarur bo`lgan umumiy qoidalar,shartnoma ishtirokchilarining huquqiy layoqati,ularning huquq va majburiyatlari,javobgarligi,tijorat arbitrajiga yoki hakamlik sudiga taalluqli masalalarga oid qoidalar nazarda tutiladi. Anglo-sakson huquq tizimiga mansub mamlakatlarda muhim huquq manbasi sifatida sud presedenti e`tirof etilgan .Sud presedenti (sud amaliyoti)-bu muayyan ish bo`yicha sudning qarori bo`lib,keyinchalik bu qaror kelajakdagi shunga o`xshash ishlarni hal qilishga nisbatan tatbiq etiladi.Sud presedenti odatda bu mamlakatlardagi oliy sud instansiyasi hisoblanadi. Oksford lug`ati bo`yicha presedent ‘’keyingi ishlar uchun namuna yoki qoida sifatida qabul qilinadigan yoxud uning yordamida ayni hujjat yoki vaziyat tasdiqlanadigan yoki tushuntiriladigan misol yoki ish’’sifatida e`tirof etiladi.Sud presedenti ikki qismdan iborat radio decidendi va obiter dictumdan.Radio decidendi bu qarorning asosiy qismi ya`ni asosi.Qarorning qolgan qismi esa obiter dictum qarorning predmeti hisoblanmaydigan,masalaga oid bo`lgan ariza. Xalqaro tijorat huquqining manbasi sifatida lex mercatoria va odatlar ‘’Lex mercatoria ‘’nazariyasi biror bir davlatning milliy huquqini emas,balki xalqaro tijorat uchun umumiy bo`lgan tartibga solish vositalari ,masalan:konvensiyakar,xalqaro odatlar,,namunaviy kontraktlar va hokazalar yig`indisini qo`llaydi.Lex mercatoria tushunchasi xalqaro hujjatlarda shu jumladan UNIDRUA tamoyillarida ancha keng qo`llaniladi.Lex mercatoria xalqaro huquq va davlat huquqi bilan bir qatorda uchinchi mustaqil huquqiy tartibot sifatida tavsiflanadi.Lex mercatoria normalari bevosita tijorat faoliyati ishtirokchilari tomonidan yaratiladi.ish amaliyoti jarayonini takomillashtiradi,lex mercatoria normalari trenaschegaraviy tijorat munosabatlarining taraflari o`z xohish-irodasini erkin ifoda etishi natijasini,xoxish-iroda erkinligini,oqilona va odilona qaror algoritimini o`zida aks ettiradi, lex mercatorianing nufuzli tashkilotlar tomonidan uishlab chiqilgan kodifikatsiyalangan normalari texnik mukammalligi,- moslashuvchanligi, moslashtirilganligi tufayli yanda keng amaliy ahamiyat kasb etadi va bu ulardan xalqaro tijorat nizolarini hal etishda milliy huquqdagi bo`shliqlarni to`ldirish uchun foydalanish imkonini beradi, nizoni lex mercatoria normalariga muvofiq hal qilar ekan jarayonda ishtirok etuvchi barcha shaxslar yagona asosda nizolashadi va hech kim ish uning o`z huquqi asosida ko`rib chiqilayotgani va hal etilayotganigda ustunlikka ega bo`lmaydi . Xalqaro tijorat munosabatlarini tartibga solishda va ularning manbasi hisoblanadigan xalqaro odatlari ham mavjud bo`lib,ulardan mamlakatlar tomonidan xalqaro tijorat ,ayniqsa, dengiz,havo orqali tijoriy sohalarda keng miqyosda foydalaniladi.Xalqaro tijorat arbotraj sudlarida sodir bo`lgan nizolarni hal qilishda mavjud xalqaro odatlar hisobga olinadi. Xalqaro odat Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro sudining statusi,ya`ni maqomining 38-moddasida o`z ifodasini topgan. Davlatlar o`rtasida mazmuni va shakli jihatidan bir xil bo`lgan munosabatlarning ko`p yillar davomida doimo takrorlanib turishi natijasida odatga aylangan harakatlar ,shartlar yuzaga kelib chiqishi va ularga rioya qilish ham an`anaga aylanib qolgan odatlar to`plamidir.Odat qoidalarini vujudga keltirishda davlat tomonidan tan olingan va tasdiqlangan sud,arbitraj amaliyoti,shuningdekodat normalarini norasmiy ravishda kodifikatsiya qiluvchi xalqaro nodavlat tashkilotlarning faol harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi.Ular tomonidan tayyorlangan va ixtiyoriy ahamiyatga ega bo`lgan qoidalar to`plami,agar ularga shartnomada havola qilingan bo`lsa,taraflar tomonidan qo`llaniladi. Xalqaro tijoriy savdo sohasida keng qo`llaniladigan savdo muomilasi odatlari sifatida INCOTERMS qoidalarini misol qilib keltirishimiz mumkin.INCOTERMS(International Commercial Terms) xalqaro savdo-sotiq munosabatlariga qo`llaniladigan savdo tijoriy atamalari va ularga sharxlarni nazarda tutuvchi hujjatlar to`plami. INCOTERMSning asosiy maqsadi xalqaro savdo tijoratda ko`p uchrab turadigan tamoyillarni,iboralarni izohlash yo`li bilan xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan to`plamni ishlab chiqish va shu orqali tuziladigan shartnomalarining odatda tan olinadigan shartlarini aniqlash va ularni bajarish jarayonida taraflar uchun qulay imkoniyatlar yaratishdan iborat.Yetkazib berishning ba`zi shartlari INCOTERMES 2010 xalqaro qoidalari,shartnomaning ikki tomoni ya`ni sotuvchi va xaridor ning belgilangan huquq va majburiyatlari bo`yicha yig`masi asosida belgilanadi.INCOTERMES 2010 qoidalari bo`lgan EXW(EX Works) hamda FCAni misol tariqasida ko`rib chiqamiz. EXW(EX Works) –‘’Franko zavod ‘’ -bu shakl oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq xaridorga tovar,tijorat hisobvaraq-invoysi,shuningdek shartnoma shartlariga binoan talab qilinishi mumkin bo`lgan har qanday tovarning muvofiqligini isbotini taqdim qilishga majburligini bildiradi. Tomonlarga yetkazib berish joyini va ushbu punktgacha xarajatlar va xatarlar sotuvchi zaimmasida bo`lishini aniq belgilash va qat`iy tavsiya qilinadi.Xaridor kelishilgan joyda tovarni qabul qilib olish bilan bog`liq barcha xarajatlar va xatarlarni ko`taradi. FCA-free carrier –‘’Franko tashuvchi’’-bu shaklda ,sotuvchi tovarni xaridorga yoki xaridor yollagan tashuvchiga o`z binosida yoxud boshqa kelishilgan punktga topshiradi.Bu shaklda tomonlardan yetkazib berish joyini aniq belgilash tavsiya etiladi,chunki unda xatar xaridorga o`tadi .Xaridor tovarni yetkazib berish joyidan tashish shartnomasini o`zi tuzadi,shuningdek sotuvchi hududida tovarni qabul qilgan paytdan e`tiboran tovarning yaroqsiz holga kelishi va yo`qolishi bo`yicha xatarlarni o`ziga oladi. Download 26.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling