Tahliliy qism


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana25.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1398275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
TORMOZ YURITMALARI kuchaytir Jasur

Из Вароқ
Хужжат №
Имзо
сана
Вароқ
Tinglovchi: Normamatov Jasurbek
6
Tormoz tizimi gidroyuritmasiga kirib qolgan havo quyidagi tartibda chiqarib
yuboriladi:
• bosh tormoz tizimining to‘ ldirish bakchasidagi tormoz suyuqligi sathi tekshiriladi
va zarur bo‘ lsa, kami to‘ ldiriladi (belgigacha);
• g‘ ildirak tormoz silindrining havo chiqarish klapanidan rezina qalpoq olinadi va
unga rezina shlang tushiriladi;
• havo chiqarish klapani yarim aylanishga buraladi va tormoz pedali bir necha marta
keskin bosiladi;
• havo pufakchalari chiqqunga qadar pedal bosib turiladi;
• pedalni bosib turgan holda klapan burab qattiqlanadi.
Boshqa g‘ ildiraklardagi silindrlardan ham havo shu tartibda chiqarib yuboriladi.
Havoni chiqarib yuborish mobaynida to‘ ldirish bakchasiga doim suyuqlik quyib
turish kerak.
Gidroyuritmadan havo chiqarib yuborilib,
suyuqlik to‘ ldirilgandan keyin tormoz
pedalini bosilganda oyoqqa «qarshiligi»
oshishi va pedal yo‘ li joiz qiymatiga
yetishi lozim.
Aksariyat
yengil
avtomobillarda
kolodkalar bilan tormoz barabani orasidagi
tirqish o‘ z-o‘ zidan (avtomatik) rostlanadi,
chunki
g‘ ildiraklarning
tormoz
silindrlaridagi
tormoz
ustqo‘ ymalari
yeyilgan sari tirak halqalar tegishlicha
siljiydi.
Tirqish
bunday
o‘ z-o‘ zidan
rostlanmaydigan avtomobillarda tirqish
ekssentrikni
burish
yo‘ li
bilan
o‘ zgartiriladi.
3-rasm: Gidravlik kuchaytirgich
Pnevmoyuritmali tormoz mexanizmlarida


Из Вароқ
Хужжат №
Имзо
сана
Вароқ
Tinglovchi: Normamatov Jasurbek
7
tirqish kerish kuragi richagiga o‘ rnatilgan rostlash chervyagi yordamida rostlanadi.
Buning uchun g‘ ildirak ko‘ tarib qo‘ yiladi va chervyakni to‘ rtburchak kallagidan
kalit bilan burab kolodka barabaniga taqaladi. Shundan so‘ ng g‘ ildirak bemalol
aylanadigan bo‘ lguncha chervyak teskari yo‘ nalishda buraladi.
Tirqishning to‘ g‘ ri rostlanganligi shchup bilan tekshiriladi, kolodkalar o‘ qidagi
tirqish 0,2—0,4 mm, tormoz kamerasi shtogining yo‘ li 20—40 mm bo‘ lishi lozim.
Gidroyuritmali tormoz qurilmalarida tormoz pedalining erkin yo‘ lini rostlash turtkich
va bosh silindr porsheni orasidagi tirqishni to‘ g‘ ri o‘ rnatishdan iborat; buning uchun
turtkichning uzunligi o‘ zgartiriladi. U shunday o‘ zgartirilishi kerakki, natijada tirqish
1,5—2,0 mm ga tenglashsin. Shunda tormoz pedalining erkin yo‘ li 8—14 mm bo‘ ladi.
Pnevmatik yuritmali tizimlarda pedalning erkin yo‘ lini rostlash uchun tormoz
pedalini tormoz jo‘ mragi yuritmasining oraliq richagi bilan bog‘ lovchi tortqi
uzunligini o‘ zgartirish lozim. Rostlashdan so‘ ng pedalning erkin yo‘ li 14-22 mm
bo‘ lishi kerak.
Pnevmatik tizimdagi ish bosimi avtomatik tarzda 0,6—0,75 MPa qiymatda tutib
turilishi lozim.
Yengil avtomobillarda to‘ xtab turish tormozini rostlash uchun richag bilan
bog‘ langan trosning tenglashtirgichi uchligi uzunligini o‘ zgartirish kerak.
Richagning yo‘ li qulflash qurilmasining 3-4 shiqillashini tashkil qilishi lozim (ya’ ni
richagni 3-4 tishga surish kerak).
Yuk avtomobillarida to‘ xtab turish tormozini rostlash uchun tortqi uzunligini
o‘ zgartirish zarur; buning uchun rostlash vilkasini bo‘ shatish yoki qattiqlash kerak
(tormoz tortib qo‘ yilganda richagning siljishi qulflash qurilmasi tishli sektorining
yarmidan oshmasligi darkor).
Agar tortqi oxirigacha kaltalashtirilganda va stoporlash richagi olti shiqillashga
surilganda ham to‘ liq tormozlash ta’ minlanmasa, tortqining yuqorigi uchiga ulangan
tortqi barmog‘ ini tormozni rostlash richagining navbatdagi teshigiga o‘ tkazish va
gaykani qattiqlab, shplintlash lozim. Shundan so‘ ng rostlashni yuqorida aytilgan
tartibda takrorlash kerak.
Gidravlik tormoz yuritmasini ta’ mirlash uchun avtomobilni to‘ xtatishga majbur


Из Вароқ
Хужжат №
Имзо
сана
Вароқ
Tinglovchi: Normamatov Jasurbek
8
qiladigan asosiy nuqsonlari: ustqo‘ ymalar va barabanlarning yeyilishi, qaytarish
prujinalarining sinishi, tormoz ustqo‘ ymalarining yirtilishi, tortish prujinasining
bo‘ shashib qolishi va sinishi.
Ta’ mirlash uchun tormoz mexanizmlari avtomobildan ajratib olinadi, qismlarga
ajratiladi va kir, moy, tormoz suyuqligi qoldiqlaridan tozalanadi.
Detallarni tozalashda yuvuvchi eritma, suvdan foydalaniladi va siqiq havo bilan
quritiladi.
G‘ ildirak tormozini qismlarga ajratish tormoz barabanini, tortish prujinalari va
tormoz ustqo‘ ymasini ajratib olishdan iborat.
4-rasm Tormoz kalodkalar va barabanlari
Agar barabanning ish sirtida mayda chiziqlar, tirnalishlar bo‘ lsa, ular mayin jilvir
qog‘ oz bilan ishqalab ketkaziladi. Agar chiziq va tirnalishlar chuqur bo‘ lsa, baraban
yo‘ nib kengaytiriladi va shunga mos ravishda kattaroq o‘ lchamli ustqo‘ ymalar
qo‘ yiladi.
Agar parchin mixlarning kallagigacha bo‘ lgan oraliq 0,5 mm dan yoki yopishtirilgan
ustqo‘ ymalarning qalinligi yangi ustqo‘ yma qalinligining 0,8 qismidan kichik bo‘ lsa


Из Вароқ
Хужжат №
Имзо
сана
Вароқ
Tinglovchi: Normamatov Jasurbek
9
ham ustqo‘ ymalar almashtiriladi.
Yangi ustqo‘ yma quyidagi tartibda parchin mixlar bilan mahkamlanadi. Oldin yangi
ustqo‘ yma kolodkaga qo‘ yilib, qisqich (strubsina)lar bilan mahkamlanadi. Keyin
kolodka tomondan ustqo‘ ymada parchin mixlar uchun teshiklar parmalanadi va ular
tashqi tomondan 3—4 mm chuqurlikda zenkerlanadi. Ustqo‘ ymalar mis, aluminiy yoki
bronza parchin mixlar bilan mahkamlanadi.
Ust qo‘ ymalarni kolodkalarga yopishtirishdan oldin ularning sirti mayin jilvir qog‘ oz
bilan tozalanadi va moyi artib tashlanadi. So‘ ngra sirtiga birinchi yupqa yelim
qatlami, oradan 15 min o‘ tgach, ikkinchi yelim qatlami surtiladi.
Yig‘ ish maxsus moslamada bajariladi va qizdirish pechida 45 min mobaynida
150—180 °C da quritiladi.
Gidrovakuumli kuchaytirgichning nuqsonlari: silindr va porshen ish sirtining yeyilishi,
tirnalishi, chizilishi, sharikning o‘ z uyasida zich yotmasligi, manjetlarning yeyilishi
va yemirilishi, halqasimon diafragmalar qirralarining ezilishi.
Kuchaytirgich silindrini silliqlab tiklash mumkin, lekin 0,1 mm dan ortiq silliqlab
bo‘ lmaydi. Nuqsonli porshen yangisiga almashtiriladi. Rezina zichlamalarning
deyarli barchasi yangilariga almashtiriladi.
Yeyilgan detallar almashtirilib bo‘ lingandan so‘ ng gidravlik tormoz yuritmasining
silindrlari yig‘ iladi.
Pnevmatik tormoz yuritmasining nuqsonlari: kompressorlarning krivoshið-shatunli va
klapan mexanizmlari detallarining yeyilishi; tormoz jo‘ mragi va tormoz kameralari
diafragmalarining shikastlanishi; klapanlar uyalarining tirnalishi; shtoklarning egilishi;
prujinalarning sinishi va qayishqoqligi yo‘ qolishi; richaglar kiradigan teshiklar va
vtulkalarning yeyilishi.
Kompressorning yeyiluvchan detallari: silindrlar, porshenlar, halqalar, podshiðniklar,
klapanlar va klapanlarning uyalari.
Tirsakli val orqa uchini: zichlash qurilmasi yeyilganda va yuklash qurilmasining
diafragmasi yemirilganda zichlik buziladi.
Krivoshið-shatunli va klapan mexanizmining detallari dvigatelning aynan shunday
detallari kabi ta’ mirlanadi.


Из Вароқ
Хужжат №
Имзо
сана
Вароқ
Tinglovchi: Normamatov Jasurbek
10
Zichlash qurilmasining detallari qismlarga ajratilganidan so‘ ng kerosinda yuviladi,
qotib qolgan moy va g‘ udurlardan tozalanadi va yana yig‘ iladi. Diafragma yangisiga
almashtiriladi.
Havo filtri qismlarga ajratiladi, filtrlovchi elementi kerosinda yuviladi va quritiladi.
Filtrni joyiga o‘ rnatishdan oldin yarmi motor moyida ho‘ llanadi. Kompressor
yig‘ ilganidan so‘ ng stendda ishlatib moslanadi. Tormoz jo‘ mragini ta’ mirlash uchun
u avtomobildan yechib olinadi. Uni tiskiga o‘ rnatib, qismlarga ajratiladi va barcha
detallari ko‘ zdan kechiriladi. Shikastlangan detallari almashtirilga-nidan so‘ ng
teskari tartibda yig‘ iladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling