Tahorat olish tartibi avvalo, tahorat olishga niyat qilinib, «A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym»


Download 90 Kb.
bet1/8
Sana22.01.2023
Hajmi90 Kb.
#1110689
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ТАҲОРАТ ОЛИШ ВА НАМОЗ ЎҚИШ




TAHORAT OLISh TARTIBI
1. Avvalo, tahorat olishga niyat qilinib, «A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym», deyiladi.
2. Qo’llar bandigacha uch marta yuviladi. Barmoqda uzuk bo’lsa, qimirlatib, ostiga suv yugurtiriladi.
3. O’ng qo’lda suv olinib, og’iz uch marta g’arg’ara qilib chayiladi va misvok (tishni qo’l bilan yuvish) qilinadi.
4. Burunga o’ng qo’l bilan uch marta suv tortilib, chap qo’l bilan qoqib tozalanadi.
5. Yuz uch marta yuviladi.
6. Avval o’ng qo’l tirsaklar bilan qo’shib ishqalab yuviladi.
7. So’ngra chap qo’l tirsaklar bilan qo’shib ishqalab yuviladi.
8. Hovuchga suv olib, to’kib tashlab, ho’li bilan boshning hamma qismiga masx (suv tekkizish) tortiladi.
9. Ko’rsatkich barmoq bilan quloqlarning ichi, bosh barmoqlar bilan esa quloq orqasi masx qilinadi.
10. Ikkala kaftning orqasi bilan bo’yin masx qilinadi.
11. Chap qo’l bilan o’ng oyoqni oshiq (to’piq) bilan qo’shib va barmoqlar orasini (ishqalab) uch marta yuviladi.
12. Chap oyoq ham shu tarzda uch marta yuviladi. Tirnoqlarga surilgan lak, teridagi har xil bo’yoqlar ketkazilmasdan olingan tahorat sahih (haqiqiy) hisoblanmaydi. Tahorat olayotganda gapirmaslik, ehtiyojdan ortiq suv ishlatmaslik, ust-boshga suv sachratmaslik kerak.


AZON
All`ohu akbar! All`ohu akbar! All`ohu akbar! All`ohu akbar!
Ashhadu all`a il`aha illall`oh! Ashhadu all`a il`aha illall`oh!
Ashhadu anna Muhammadar rasul`ull`oh! Ashhadu anna Muhammadar rasul`ull`oh!
Hayya ‘alas-sol`ah! Hayya ‘alas-sol`ah!
Hayya ‘alal fal`ah! Hayya ‘alal fal`ah! (Bomdod azonida bu so’zlardan keyin ikki marta «As-sol`atu xoyrum minan-na`vm! – «Namoz uyqudan afzaldir!»)
All`ohu akbar! All`ohu akbar! La il`aha illall`oh.


BOMDOD NAMOZI
Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami to’rt rakatdan iborat. Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha o’qiladi:
1. «Alloh rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod namozining ikki rakat sunnatini o’qishni niyat qildim», deb ko’ngildan o’tkaziladi
2. «Allohu akbar», deb iftitoh takbiri aytiladi. Bu takbirda erkaklar qo’llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi. Ayollar qo’llarini elka barobarida ko’taradilar.
3. Qo’llar bog’lanadi. Erkaklar o’ng qo’l kaftini chap qo’l ustiga qo’yishadi. O’ng qo’lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo’l bilagini ushlashadi. Ayollar o’ng qo’lni chap qo’l us-tida tutib, qo’llarini ko’krakka qo’yadilar. Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar o’qiladi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling