Tahorat olish tartibi avvalo, tahorat olishga niyat qilinib, «A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym»


Download 90 Kb.
bet3/8
Sana22.01.2023
Hajmi90 Kb.
#1110689
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ТАҲОРАТ ОЛИШ ВА НАМОЗ ЎҚИШ

«ATTAHIYYAT» DUOSI
Attahiyy`atu lill`ahi vas-solav`atu vattoyyib`at. Assal`amu ‘alayka ayyuhannabiyyu va rohmatull`ohi va barok`atuh. Assal`amu ‘alayn`a va ‘al`a ib`adillahis-s`olih`iyn. Ashhadu all`a il`aha illall`ohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduh`u va ros`uluh. Mazmuni: Mol, badan, til bilan ado etiladigan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bo’lsin. Sizga va solih qullarga Allohning salomi bo’lsin. Iqrormanki, Allohdan o’zga iloh yo’q. Va yana iqrormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning quli va elchisidirlar.
SALOVOT
All`ohumma solli ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a sollayta ‘al`a Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id. All`ohumma b`arik ‘al`a Muhammadiv-va ‘al`a `ali Muhammad. Kam`a b`arokta ‘al`a Ibroh`ima va ‘al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.
Mazmuni: Allohim, Ibrohim va uning oilasiga rahmat etganing kabi, Muhammad va ul zotning oilasiga rahmat ayla, Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan. Allohim, Ibrohim va uning oilasiga barakotingni ehson etganing kabi Muhammad va ul zotning oilasi ustiga ham barakotingni ehson ayla. Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.
DUO
Robban`a `atin`a fid-duny`a hasanatav-va fil `axiroti hasanatav-va qin`a az`aban-n`ar.
Mazmuni: «Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do’zax olovi azobidan saqlagin».
17. Avval o’ng, keyin chap elkaga qarab: «Assalamu alaykum va rohmatulloh» deb salom berilib namozdan chiqiladi. Shu bilan bomdod namozining ikki rakat sunnati tugaydi.
Bomdod namozining ikki rakat farzi ham xuddi shu tartibda o’qiladi. Farqi — avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshqa farz namozlari oldidan ham) quyidagi iqomat takbirini aytishadi:
Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar. Ashhadu alla ilaha illalloh, Ashhadu alla ilaha illalloh. Ashhadu anna Muhammadar rosululloh, Ashhadu anna Muhammadar rosululloh. Hayya ‘alas-solah, hayya’alas-solah, Hayya ‘alal-falah, hayya’alal-falah. Qod qomatis-solah, qod qomatis-solah Allohu akbar, Allohu akbar, La ilaha illalloh.
Iqomat takbirining lafzlari azonnikiga o’xshaydi, farqi — bunisi tez aytiladi.
Bomdod namozining farziga quyidagicha niyat qilinadi: «Alloh rizoligi uchun bomdod namozining ikki rakat farzini o’z vaqtida o’qishni niyat qildim». Qolgan qismi sunnat bilan bir xil davom etaveradi.
PEShIN NAMOZI Peshin namozi to’rt rakat sunnat, to’rt rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. To’rt rakat sunnat quyidagicha o’qiladi: 1. Niyat qilinadi. 2. Iftitoh takbiri aytiladi. 3. Sano duosi o’qiladi. 4. Fotiha surasi. Keyin birorta zam sura. 5. Ruku. 6. Sajda. 7. «Allohu akbar» deb turib, yana Fotiha surasi, zam sura. 8. Ruku. 9. Sajda. 10. O’tirib «Attahiyyat» o’qiladi. 11. «Allohu akbar» deb yana turib, Fotiha surasi va zam sura. 12. Ruku. 13. Sajda. 14. «Allohu akbar» deb to’rtinchi rakatga turiladi. Yana Fotiha surasi va zam sura. 15. Ruku. 16. Sajda. 17. O’tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari o’qiladi. 18. Salom berib namozdan chiqiladi. Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda o’qiladi. Faqatgina niyat qilinayotganda «Alloh roziligi uchun peshin namozining to’rt rakat farzini o’qishga niyat qildim», deyiladi. Bundan tashqari, farzda uchinchi va to’rtinchi rakatlarda «Fotiha»dan keyin zam sura qo’shilmaydi. Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o’qiladi. ASR NAMOZI Asr namozi to’rt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi farzining o’qilishi bir xil. Niyatda «Asr namozining to’rt rakat farzini...» deyilsa bo’ldi. ShOM NAMOZI Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning o’qilishi: 1. Niyat. 2. Iftitoh takbiri. 3. Sano. 4. Fotiha, zam sura. 5. Ruku. 6. Sajda. 7. Turib, Fotiha, zam sura. 8. Ruku. 9. Sajda. Men ham namoz o’qiyman www.ziyouz.com kutubxonasi 12 10. O’tirib, «Attahiyyat». 11. Turib, faqat Fotiha. 12. Ruku. 13. Sajda. 14. O’tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari. 15. Salom. Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o’qiladi. XUFTON NAMOZI Xufton namozi to’rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat. Xufton namozining to’rt rakat farzi peshin namozining farzi kabi o’qilib, faqat niyatda farq bo’ladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida o’rganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir xil tartibda o’qiladi. VITR NAMOZI Vitr namozi uch rakatli bo’lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug’ turadi. O’qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o’qilmay qolsa, qazosi o’qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o’qiladi. Quyidagi tartibda ado etiladi: 1. Niyat. 2. Iftitoh takbiri. 3. Sano. 4. Fotiha, zam sura. 5. Ruku. 6. Sajda. 7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura. 8. Ruku. 9. Sajda. 10. O’tirib, «Attahiyyat» duosi. 11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura. 12. Zam suradan keyin o’sha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi. 13. Qo’l qovushtirilib, Qunut duosi o’qiladi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling