Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
Transport xizmatlari sifatining ko'rsatkichlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12740 2 8C3DF8C9FBA2BAD90DEF72237DD93262E7235739
4.3. Transport xizmatlari sifatining ko'rsatkichlari Transport xizmatining sifat ko'rsatkichi - bu xizmatning sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta iste'mol xususiyatlarining miqdoriy tavsifidir. Yuk tashish sifati tegishli transportda yuk jo'natuvchilar yoki qabul qiluvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun yaroqliligini belgilaydigan xususiyatlarning yig'indisi bilan baholanadi. Yuk tashish sifatini boshqarish sohasida qo'llaniladigan yuk sifatining nomenklaturalari doirasi GOST R 51005-96 "Transport xizmatlari, Yuk tashish, Sifat ko'rsatkichlari nomenklaturasi"dan iborat. GOST quyidagi ko'rsatkichlar guruhlarini aniqlaydi: 1. Yukni o'z vaqtida yetkazib berish ko'rsatkichlari. a) belgilangan vaqtda yetkazib berish; b) tovarlarning kelishi chastotasi; v) yuklarni tashish zaruriyati. 2. Tashiladigan yuklarning xavfsizligi ko'rsatkichlari. a) yo'qotishsiz; b) zarar etkazmasdan; d) ifloslanishsiz. 3. Iqtisodiy ko'rsatkichlar. a) har xil turdagi yuklarni tashish uchun birlik xarajatlari; b) tovarlarni yetkazib berish uchun aniq xarajatlar; v) yuk ortish-tushirish va omborxonalarni ishlab chiqarish xarajatlari; d) transport xarajatlarining mahsulot (tovarlar) qiymatidagi ulushi. 44 Ushbu standartga muvofiq transport xizmatlari sifatining ko'rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: Yuk tashish sifatining iste'molchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) ehtiyojlariga muvofiqligini ta'minlash; Yuk tashishning barcha xususiyatlarini tavsiflash, ularning yaroqliligini belgilash, shuningdek maqsadlarga muvofiq xaridorlarning aniq ehtiyojlarini qondirish; Barqarorlik; Yuk tashish sifati darajasini har tomonlama baholashda indiqatorlarning o'zaro almashinishini istisno qilish. Yuk tashish sifati darajasini oshirish uchun ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirish kerak. Buning uchun iste'molchilar o'rtasida so'rovnomadan foydalanish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling