Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
-rasm. Logistikaning menejment va marketing bilan
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
2.3-rasm. Logistikaning menejment va marketing bilan aloqadorligi Logistik nuqtai nazardan mahsulot qadoqlash o’lchamlari, transport vositalariga joylashtirish sharoitlari logistik xarajatlar 4 Логистика- http://big.spb.ru/publications/bigspb/logistics/com/logistics logistika: 1.Oqimiy yondashuv ustivorligi; 2.Oqimiy jarayonlarni iste’molchi fe’l-atvoriga muvofiqlashtirish; 3.Aniqlik qoidalariga amal qilish; 4.Markazlashgan boshqaruv va erkin tadbirkorlik uyg’unligi. Menejment: 1.Manfaatlarni uyg’unlashtirish; 2.Kuch-g’ayratni birlashtirish; 3.Mahoratni takomillashtirish; 4.Mehnat unumdorligini oshirish. Marketing: 1.Nima? Kim uchun? Qanday usul bilan? 2.Iste’molchi tanloviga ta’sir etish; 3.Bozorda 4R qoidasiga amal qilish; 4.Sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish. 27 hajmiga ta’sir etadi va mahsulot narxini oshirishni talab qiladi. Aks holda bu jarayon marketing foydasini kamayishiga olib keladi. Yoxud marketing strategiyasidagi narxga samarali rioya qilish uchun omborda saqlash hamda tashishda distribyusiya tizimidagi chiqimlarni sezilarli qisqartirish talab etiladi. Ishlab chiqarish tannarxi bilan mazkur qisqartirilgan xarajatlarning yig’indisi narx muammosini hal etishga ijobiy ta’sir qiladi. Ya’ni bunday holatda logistikaning ushbu jabhadagi yordami asqotadi. Marketologlar ulgurji va chakana savdodagilar uchun mahsulotni tanlaydilar. Logistlar distribyusiya tuzilishini tanlash bilan vaziyatni oydinlashtiradilar. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini ulgurji xaridorlarga sotishlari bilan transport xarajatlarini tejaydilar. Zaxiralarning saqlanish tartibi, xaridorlarga mahsulotni taqdim etishda, yetkazishda, qadoqlanish tartibi uning sifat ko’rsatkichini belgilaydi. Logistika nafaqat yetkazib berishni, balki sotish oldidan va sotishdan keyingi xizmatni tashkil etish orqali marketing strategiyasi muvaffaqiyatiga ta’siri bilan ham bu jarayonda markaziy o’rinni egallaydi. Logistika ishlab chiqarish sikli ta’minotga omil vazifasida xizmat qilganda ishlab chiqarish siklida uzilish bo’lmasligi uchun zarur zahiralar kafolatlanishi evaziga subyekt salohiyatidan to’liq foydalanishga imkon yaratiladi. Mabodo ishlab chiqarish sikli mavsumiylikdan iborat bo’lsa ham taklif va talabni uyg’unlashtirishga, mahsulot narxi muvozanatlashuviga olib keladi. Mavsumiylik sharoitida tayyorlov hajmi va zahiralar saqlashning optimal nuqtasi orqali bozor muvozanatiga intilish ta’minlanadi. Bunda operativ (tezkor) menejment va tadbirkorlik logistikasi masalalari ustma-ust tushadi. Xususan, texnologik transport, texnologik jarayonlardagi zahiralar va g’amlamalarni boshqarish, moddiy resurslar buyurtmasini tashkil qilish kabilar shular jumlasidandir. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling