Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
Moddiy zaxiralarni barpo etishning zaruriyati
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
5.2 Moddiy zaxiralarni barpo etishning zaruriyati Moddiy vositalar zaxiralarini barpo etish bilan tadbirkorlar rahbarlikka asoslanadigan asosiy moyilliklarni sanab o’taylik. Talabning o’zgarib turish imkoniyatlari (chiqariladigan moddiy oqim jadallashuvining kutmagan holda kamayishi). Tovarlarga bo’lgan talablar hamma vaqt o’zgarib turadi, hamda ularni oldindan bilish imkoniyatlari bo’lavermaydi. Shu boisdan, yetarli ravishdagi kafolatli zaxiralarga ega bo’linmasa, to’lash qobiliyatiga ega bo’lingan talablar qondirilmaydi, ya’ni tadbirkor peshtaxtalarda tovarsiz qolishiga hamda mijozning xarid qilmasdan jo’natib yuborishga majbur bo’lib qoladi. Ayrim tovar turlariga bo’lgan talablarning mavsumiy o’zgarib turishi. Asosan bular qishloq xo’jalik mahsulotlariga taaluqlidir. Talablarni joylashtirish va yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni kamaytirish. 50 Har bir yangi talabdagi tovarni rasshotlashtirish va yetkazib berish jarayonlari qator chiqimlar bilan bog’liqdir: -ma’muriy xususiyatdagi chiqimlar tovar yetkazib beruvchilarni topish bilan bog’liq bo’lib, ular bilan muzokaralar olib borish, safar xarajatlari, shaxarlararo aloqa xarajatlar va h.k. tashkil qiladi; -talablarni tranport orqali tapshsh xarajatlari; Bu xarajatlarni kamaytirish uchun talablar miqdoriga pasaytiriladi, hamda u talab qilinadigan hajmning ko’payish bilan bog’liq bo’lib, binobarin, zaxiralar miqdorining ortishiga olib keladi. Belgilangan yetkazib berish jadvalining buzilish ehtimoli (moddiy vositalar oqimining kiritilish jadalligining kutilmagan hollardagi kamayishi). Bunday hollarda zaxiralar shuning uchun zarurki, bunda savdo jarayonlari to’xtatiladi, bunda savdo korxonaning foydasi shakllanadigan tovarlar uchun o’ta muhimdir. Ishlab chiqarishning uzluksiz davri bo’yicha jarayonlarda ish olib boradigan ishlab chiqarishda ko’zda tutilmagan holatda to’xtab qolishlar ancha xavflidir. Buyumlar birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini kamaytirishda buyumlarni ularga talablarning ortishiga qarab kichik to’plamlar bilan chiqarish mumkin. U holda zaxiralar unchalik ko’p bo’lmaydi, biroq doimiy ravishdagi ishlab chiqarishning qayta moslashtirilish buyumlarning tannarxiga vazminlik tug’diradi. Boshqacha usullardan biri-bu ko’p miqdordagi tovar to’plamini chiqarib tayyor mahsulotni zaxirada saqlab turishdir. Bunday hollarda ishlab chiqarishga buyumlarni qo’yish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ko’p miqdordagi buyumlarning soniga taqsim qilinadi, bunda zaxiralarning ko’payishiga qaramasdan uning birligining tannarxi pasayishi mumkin. Taqsimot tizimida zaxiralarning mavjudligi sotish jarayonlarini bir tekis amalga oshirgan bilan ishlab chiqarishdagi vaziyatga qaramaydi. O’z navbatida, ishlab chiqarish zaxiralarining mavjudligi xom ashyolarni yetkazib berishdagi notekisliklarga barham berib, ishlab chiqarish jarayonlarini bir xilligini ta’minlaydi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling