Tajriba – tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari va ahamiyati
Download 1.32 Mb.
|
Quyoshning diametri Yer sharinikidan 109 marta kattadir. Quyosh tunlari yog‘du sochib turgan osmondagi yul- duzlardan biridir. Yulduzlar qanday holatda bo‘lsa, Qu- yosh ham shunday holatda bo‘ladi. Quyosh sarg‘ish rangli o‘rtacha kattalikdagi yulduz hisoblanadi. Yulduzlar bizdan nihoyatda olisda bo‘lgani uchun ular- ning nuri Yerga yetib kelguncha o‘nlab yil vaqt ketadi. Quyosh nuri esa Yerga 8 minutda yetib keladi. Ko‘rib turibsizki, tunlari ko‘rinib turgan yulduzlarga nisbatan Quyosh bizga juda yaqin ekan. Demak:
Quyoshning yadrosida, ya’ni markazida harorat nihoyatda yuqoridir. Sirti tomon harorati pasayib bora- di. Quyosh sirtidagi harorat +6 000°C atrofida bo‘ladi Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa juda katta. Qu- yoshning bizdan qanchalik uzoq ekanligini tasawur qilib ko‘raylik. Faraz qilaylik, har sekundda 12 kilometrdan yo‘l bosadigan tezuchar raketa Yerdan Quyosh tomon yo‘l olgan bo‘lsin. Bu raketa Quyoshga yetib borguncha deyarli 5 oy vaqt ketgan bo‘lardi. Quyosh bepoyon olamga tinimsiz yorug‘lik tarqatib turadi. Yer yuzidagi o‘simlik va hayvonlar, shuningdek, inson ham Quyosh tufayli hayot kechiradi. Koptok olib, uni Yer shari deb tasavvur qiling. Quyosh diametri koptoknikiga nisbatan qancha bo‘lishini hisoblang. V. Mustahkamlash. Yulduz nima? Yulduzlar bir-biridan qanday farq qiladi? Nimaga Quyoshni «eng yaqin yulduz» deyiladi? Quyosh diametri Yernikidan necha marta katta? Quyoshning jonli tabiat uchun qanday aha- miyatga ega ekanligini so‘zlab bering. VI. Uyga vazifa. Yer - Quyosh sistemasidagi sayyoralari mavzusida oila azolari bilan suhbat o`tkazish va ularning fikirlarini ishch daftarga yozish. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi tomonidan davomatni aniqlash. II. Bilish daqiqasi. III. Uyga vazifani so`rash. o`tilgan mavzularni birma bir yodga olish va takrorlaymiz. IV. Yangi mavzu bayoni. SAYYORALAR Quyosh sistemasi Quyosh atrofida sayyoralar, kometalar, meteorlar va boshqa osmon jismlari aylanib yuradi (6-rasm). Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon jismlari birgalikda QUYOSH SISTEMASINI tashkil etadi. Tunlari ba’zida xira «yulduz»ning boshqa yulduzlar orasida siljiyotganini, ya’ni sayr qilib yurganini payqash mumkin. Bunday osmon jismi aslida yulduz emas, balki sayyoradir. Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlari sayyo- ralar deb ataladi. Sayyoralar o‘zidan nur chiqarmaydi. Biz sayyoralardan qaytayotgan Quyosh nurlarini ko‘ramiz, xolos. Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanib yuradi. Ular quyidagicha nomlanadi: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun, Har bir sayyora o‘z orbitasiga ega. Sayyora orbi- tasi, bu - Quyosh atrofida sayyoraning harakat yo‘li. Har bir sayyoraning orbitasi 6-rasmda aylana chiziqlar bilan ko‘rsatilgan. Merkuriy Sayyoralar katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqinligi bilan bir-biridan farq qiladi. Sayyoralarning eng kichigi Merkuriydir. Uning diametri Yernikidan deyarli 3 marta kichik. Sirtida tuproq yo‘q. Sirti tosh va qumliklardan iborat. Mayda osmon jismlarining tushaverishidan sirti o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib ketgan. Sayyora sirtini turli gaz- lar o‘rab turadi. Merkuriy sirtida havo va suv yo‘q. Hayotdan hech qanday belgi mavjud emas. Merkuriy sirtida harorat kunduzi +350°C, kechasi esa - 160°C atrofida bo‘ladi.
Venera sayyorasi Yerdan biroz kichik. Yerga yaqin- roq bo‘lgani uchun ba’zida erta tongda Venera yorqin bo‘lib ko‘rinadi. Bobokalonlarimiz uni Zuhro yulduzi deb yuritishgan. Sayyora sirtida vulkanlar otilishidan tog‘lar vujudga kelgan. Venera sirti zich karbonat angidrid, azot kabi gaz- lar bilan qoplangan. Sayyora sirtida kunduzi harorat +470°C gacha, kechasi +80°C dan yuqori bo‘ladi. Venerada hayot yo‘q. Mars Mars diametri Yernikidan 2 marta kichik. Uning tashqi ko‘rinishi qizg‘ish rangda. Sayyora sirti tosh va qum- liklardan iborat. Sirtida tog‘lar ko‘p. Balandligi 25 000 metrgacha bo‘lgan tog‘lar ham bor. Sirti karbonat an- gidrid, azot, argon kabi gazlar bilan qoplangan. Marsda kunduzi harorat +20°C, kechasi -100°C atrofida bo‘ladi. Marsdan muzlagan suv parchalari topilgan. Lekin bu sayyorada ham hayot yo‘qligi aniqlangan. Yupiter Yupiter eng katta sayyora hisoblanadi. Uning diametri Yernikidan 11 marta katta. Bu sayyora ulkan bo‘lsa-da, uning sirtida tog‘lar va chuqurliklar yo‘q. Chunki uning sirti asosan suyuq holatdadir. Sayyora sirti asosan vo- dorod va geliy gazlari bilan o‘ralgan. Yupiter sirti kunduz kuni ham sovuq bo‘lib, harorat -100°C gacha pasayadi.
Saturn ham ulkan sayyora hisoblanadi. U Yupiterdan biroz kichikroq. Saturn halqali sayyoradir. Uning halqalari turli qattiq jismlar va changlardan iborat. Sirti suyuq holatdagi moddalardan tashkil topgan. Uni vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi. Sirtidagi o‘rtacha harorat -178°C atrofida bo‘ladi. Uran Uran sayyorasi diametri Yernikidan 3 marta katta. Sayyora sirti muzlagan moddalardan iborat. Sirti vodorod, geliy, metan kabi gazlar bilan qoplangan. Sayyora sir- tidagi o‘rtacha harorat -210°C ni tashkil etadi. Neptun Neptun sayyorasi Uran sayyorasidan biroz katta. Say- yora sirti suyuq holatdagi moddalardan iborat. Sirtini vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi. Neptun sirtidagi o‘rtacha harorat -200°C atrofida bo‘ladi. Tayanch so‘zlar: Quyosh sistemasi, sayyora, orbita, Mer- kuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun.
Quyosh sistemasini qanday osmon jismlari tashkn etgan? Sayyora nima? Sayyoralar haqida nimalarni bilib oldingiz. Quyosh sistemasidagi har bir sayyorani chizing va ularning nomlarini yozing. VI. Uyga vazifa. Yer - Quyosh sistemasidagi sayyoralari mavzusida oila azolari bilan suhbat o`tkazish va ularning fikirlarini ishch daftarga yozish. TEST SAVOLLARI
boshqa fanlar (ona tili, o’qish, matematika, mehnat, tasviriy sanoat, musiqa); jamiyat hayoti haqidagi bilimlarni mustahkamlaydigan, umumlashtiradigan o’yinlar; muhim sanalarni nishonlash; darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar kabilardan unumli foydalaniladi. Atrof olam bilan tanishtirishda quyidagi metodlar samarali natija beradi: 1. Og’zaki metodlar – bayon qilish, hikoya, suhbat, darslik bilan ishlash. 2. Ko’rgazmali metodlar – namoyish qilish, mustaqil kuzatishlar, ekskursiya. 3. Amaliy metodlar – og’zaki va yozma mashqlar, chizmalar, tajriba, laboratoriya ishlari. Darslarni o’tish jarayonida quyidagi ish turlari va usullaridan foydalaniladi: 1. Tadqiqiy metod. 2. Muammoli o’qitish. 3. Dasturlashtirilgan o’qitish. Atrofimizdagi olamni o’qitishda sinfdan tashqari ishlar ham e’tiborga olinadi, bular:
individual ishlar; guruh mashg’ulotlari; to’garak ishlari; ommaviy ishlar; adabiyotlar o’qishlardir. Hozirda o’qituvchi bilan o’quvchilarning demokratik munosabatlari tamoyillari keng rasm boldiki, bu hamkorlik pedagogikasining asosi hisoblanadi. Ijodiy ravishda ishlaydigan o’qituvchilar tajribasi o’qituvchining o’quvchilar bilan va o’quvchilarning bir-biri bilan o’zaro insonparvarlarcha, tenglik munosabatida bo’lishi ta’lim va tarbiya ishiga juda yaxshi ta’sir etishini ko’rsatadi. Hamkorlik pedagogikasi ham shu jihatdan yetakchi rol o’ynaydi. O’qituvchi bilan bolalar munosabatlarini erkinlashtirishda o’qitishning jadal metodlariga, kuzatish, tajriba, amaliy ishlarga keng o’rin beriladi. Ammo o’qitishning so’zlab berish, suhbat o’tkazish, darslik bilan ishlash metodlari ham mavjud bo’lib, o’qituvchi ulardan samarali foydalanishi mumkin. Maktabda o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda bu metod va usullardan foydalanilganda ular yagona uch funksiyani – o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirib borishni bajaradi. Bu metodlarning har biri o’rganilayotgan materialning mazmuniga qarab boshqa metodlarga qo’shilishi va ularni to’ldirishi kerak, Metod va usullarni shunday tanlash zarurki, ular orqali o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlansin, fanga bo’lgan qiziqishi orsin. O’quvchilarning darsdagi qiziqarli va ijodiy mehnati atrof olam haqidagi ma’lumotlarni dars davomida to’la o’zlashtirib, ularni uy vazifasidan birmuncha ozod qilish imkoniyatini beradi. Atrofimizdagi olamni o’qitishning yuqorida aytib o’tilgan metodlari bilan bir qatorda ko’rgazmali va ekranda qo’llanmalarini ko’rsatish, harakatli o’yinlardan foydalanish, kinofilmlar, diapozitivlar ko’rish, tarqatiladigan material bilan ishlash kabi metodik usullar ham qo’llaniladi. Yuqorida aytib o’tilgan umumdidaktik metodlarni atrofimizdagi olamni o’rganish, o’qitish jarayonida qo’llashning ba’zi o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Kuzatishlar. Atrofdagi voqelikni bilish kuzatuvchanlik va diqqat–e’tiborga asoslangan sezgi hamda idrokdan boshlanadi. o’quvchilarda kuzatuvchanlik va diqqat–e’tiborni yetarlicha rivojlantirmasdan turib, ta’lim-tarbiya ishini olib borib bo’lmaydi. Atrof olamni o’rganish muntazam ravishda uyushtirilib boriladigan kuzatuvlarga tayanadi. 7 – 8 yoshli bolalarda ixtiyoriy diqqat-e’tibor hali turg’un bo’lmaydi, kuzatish vaqtida ular bir necha obektni birdan qamrab ololmaydi. Kichik sinf o’quvchilarini kuzatuvchan, sinchkov bo’lishga o’rgatish uchun, birinchi navbatda, ularda turg’un diqqat–e’tiborni rivojlantirishga harakat qilish lozim. o’quvchilarni «Ish daftari»ni to’ldirib borishga o’rgatishni davom ettirish shu jihatdan juda foydalidir. Ekskursiya. Bolalarni atrof olam bilan tanishtirishning eng muhim jihatlaridan biri ularni sayrga olib chiqishdir. Ekskursiyalar turli maqsadda: taassurotlarni boyitish, bilim, o’quv va malakani mustahkamlash, chuqurlashtirish hamda kengaytirish uchun uyushtiriladi. Ekskursiyalar oldindan puxta o’ylab o’tkazilgandagina samarali bo’ladi. Tayyorgarlik ko’pincha quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 1. Mahalliy sharoitni hisobga olgan holda reja tuzish. 2. Har bir ekskursiyaning aniq tarbiyaviy vazifalarini belgilash. 3. Ekskursiya yunalishini oldindan tanlash. 4. Ekskursiyada bajariladigan vazifalarning rejasini tuzish. 5. Suhbat uchun savollar tayyorlash. 6. Borilayotgan joyga aloqador shaxslarni o’quvchilar bilan suhbatga tayyorlash. 7. O’quvchilarni oldindan tartib - intizom qoidalari bilan tanishtirish, anjomlarni yig’ish. 8. Ekskursiyaga birga boradigan va yordam beradigan kishilar (ota-onalar, tarbiyachilar)ni tayyorlash. O’quvchilar ekskursiya chog’ida tabiiy materiallar yig’adilar, manzara yoki aynan bir aniq buyum rasmini chizadilar. Ekskursiya natijasi sifatida bajarilgan ishlar bo’yicha albomlar, gerbariylar, foydali qazilmalar to’plami, ya’ni kolleksiyalar, ko’rgazmali qurollar tayyorlanadi. Sayrga chiqish ham ma’lum maqsadga qaratilgan bo’lib, o’quvchilarning biror mavzu yuzasidan kelgusi darslarga bog’lik bilimlarini boyitish va kengaytirishga yordam beradi. Kutubxonaga, maktab bog’iga, ko’chaga, do’konga, sport maydoniga sayrga olib chiqish mumkin. Bunday sayrlar jarayonida ham ta’limning kuzatish, tushuntirish, kuzatilayotgan narsa haqida hikoya qilish kabi metodlaridan foydalaniladi. Bu kabi sayrlar uchun 10 – 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Harakatli o’yinlar ham o’quvchilarning o’zaro munosabatini yo’lga soladi, his-tuyg’ularini tarbiyalaydi, erkinligini mustahkamlaydi. o’qitish jarayoniga o’yin elementlarining kiritilishi darsni jonlantiradi. «Kim chaqqon?», «Bir, ikki, uch – daraxtni quch», «Bu qaysi qush?», «Hayvonmi yoki qush?», «Mushuk va sichqon», «Yog’di, yog’di, nima yog’di?» kabi harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin. Didaktik o’yinlar – ta’lim xarakteriga ega bo’lib, o’quvchilar bilimini mustahkamlash, aniqlashtirish, umumlashtirish va tizimga solishga yordam beradi, atrofdagi narsalarga hamda tabiat hodisalariga qiziqishni oshiradi. Umumlashtirish, taqqoslash, muhimini ajratish, bog’lanish va munosabatlar o’rnatish, xulosa chiqarishni talab etadigan o’yinlar eng samarali hisob–lanadi, Ba’zi mashg’ulotlarni boshidan oxirigacha o’yin shaklida tashkil etish mumkin. Ayrim mashg’ulotlarda darsni mustahkamlashga ko’proq e’tibor qaratiladi. XULOSA O`quvchilar atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalanadilar. Eng muhimi «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» va boshqa fanlar orqali integratsiyalab o`qitish muammolari hal etiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining olam va odam haqidagi bilim saviyasi, tasavvurlari chuqurlashadi, ilmiy dunyoqarashlari rivojlanadi. Dars jarayonida o`tiladigan boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiatni e`zozlash ruhida tarbiyalashga oid mavzular texnologiyasi ishlab chiqildi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarni tabiatni e`zozlash ruhida tarbiyalash berishning didaktik talablar asosida uning tamoyillari ishlab chiqildi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiatni e`zozlash ruhida tarbiyalashda o`quvchilarning ekologik bilim sifatini yaxshilash uchun ta`limning turli-tuman usullari va vositalaridan foydalanish yaxshi samara berdi. Tabiiy sharoitlarda kuzatishlar olib borish, amaliy tajribalarni tizimli ravishda amalga oshirish, muammoli vaziyatlar yaratish hamda mazkur o`rinlarda o`quvchilarning mustaqilligini tahminlash, ularning o`z fikrlarini erkin bayon etishga, ular nafaqat tabiatni e`zozlashga bo`lgan munosabatini rivojlantiradi, balki atrof-muhitni asrab avaylsh tuyg`ularini oshiradi, uni mustahkamlaydi va barqarorlashuviga olib keladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiatni e`zozlash ruhida tarbiyalashda darsdan tashqari ta`lim-tarbiya jarayonini hisobga olish muhim pedagogik muammo sifatida o`z yechimini kutmoqda. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiatni e`zozlash ruhida tarbiyalashda darsdan tashqari ta`lim-tarbiya jarayonining nazariy-amaliy jihatlariga tayanish kutilgan samaradorlikka erishish imkoniyatini beradi. Bugungi kunga kelib, sinfdan tashqari ta`lim-tarbiya jarayonini tabiatni e`zozlash ruhida tarbiyalash asosida tashkil etish va shakllantirishga yo`naltirilgan ta`limiy topshiriqlar tizimi hamda muayyan metodikani ishlab chiqishga e`tiyoj sezilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR1. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016. - 56 b. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. – 104 b. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b. (.pdf 22 Mb.) Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b. Mirziyoyev.Shavkat.Miromonovich Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. / Sh. M. Mirziyoev. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. -592 b. Q.Abdullayeva “Yangi pedagogik texnologiyalar” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2017-yil 4-son (25-bet) Qilichov A. “O`qitishning samarali usuli” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2018-yil. Ashrapova. Hoshimov A. O`qish kitobi 3-sinf uchun o`qituvchi nashriyoti 2017-yil (16-bet) E.Shojaldova S.Matjonov va boshqalar “O`qish kitobi 3-sinf uchun darslik” Toshkent “o`qituvchi” 2017-yil (336-bet). Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling