Tajriba ishi №2 ishlab chiqarishda shovqin o‘lchamlarini ani


A. SHovqindan himoyalanish tadbirlarining samaradorligini aniqlash


Download 0.97 Mb.
bet3/4
Sana23.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1224788
1   2   3   4
Bog'liq
2.tajriba Shovqin

A. SHovqindan himoyalanish tadbirlarining samaradorligini aniqlash.
1.VSHV-003-M2 shovqin o‘lchagich asbobini ishga tayyorlash.
2.Ossilografni elektr zanjiriga ulab, tumblerni «Set» holatiga ulab yoqiladi va uni 1-2 minut qizdiriladi.
3.SHovqin chiqaruvchi manba’ 2 va shovqinni kuchaytirib beruvchi 4 ni elektr zanjiriga ulanadi, hamda ularni 2-3 minut davomida qizdiriladi. SHovqinni kuchaytirgichdagi tovush sozlovchi qulog‘ini I, II, III, IV yoki V holatiga qo‘yiladi va o‘lchash ishlari bir hil tovush balandligida olib boriladi.
4.Asbobning oldingi panelida joylashgan «Rod rabotы» qulog‘ini «F» holatga, DLT1, dB ni 80, DLT2, dB ni 50 va FLT, Nz ni «liniya» holatiga keltiramiz. Ushbu holatda indikator 130 dB ni ko‘rsatadi. Agarda o‘lchash mili boshlang‘ich holatda bo‘lsa uni 6-10 dB holatiga keltirish lozim. Uning uchun birinchi DLT1, dB qlog‘ini chapga burab, yuqori darajada aniqlovchi holatga o‘tkaziladi. Agarda PRG indikatori ketma-ket yonib o‘chib tursa DLT2, dB qulog‘i yordamida uni sozlanadi, ya’ni u o‘chguncha buraladi. O‘lchanayotgan shovqinning qiymati DLT1, dB; DLT2, dB va milli ko‘rsatkich qiymatining yig‘indisini tashkil etadi va quyidagicha hisoblanadi.
L=DLT1+DLT2+Pmil
Bunda DLT1 – «Delitel 1» qayta ulagichning qo‘yilgan holati (ko‘rsatkichi); DLT2-«Delitel 2» qayta ulagichning qo‘yilgan holati (ko‘rsatkichi); Pmil-asbob milining ko‘rsatgan qiymati. O‘lchanayotgan shovqinning qiymati DLT1,dB; DLT2,dB va milli ko‘rsatkich qiymatining yig‘indisini tashkil etadi. Masalan, DLT1,dB ko‘rsatkichida 50 qiymati. DLT 2,dB qulog‘idagi ko‘rsatkichda 10 qiymati turgan bo‘lsa, o‘lchov asbobi mili 4 belgisida bo‘lsa shovqinning bosim miqdori (50+10+4)64 dB ga teng bo‘ladi.
5.Tovushning bosim darajasini 8 aktava yo‘laklaridagi o‘rtacha geometrik davriyligini o‘lchashda «Rod raboto‘» qayta ulagichini « S » holatiga, DLT1,dB ni 80, DLT2,dB ni 50 va FLT,Nz qyta ulagichini «OKT» holatiga keltiriladi hamda Nz knopkasini bosib qo‘yiladi. O‘lchash jarayonida FLT OKT qayta ulagichning kerakli oktava yo‘flaklariga qo‘yib tovush bosimining miqdori aniqlanadi. Olingan ko‘rsatkichlar 13 formula yordamida hisoblanadi va 1-jadvalning 1 grafasiga yozib qo‘yiladi.
6.Tovush manba’sini kuchaytirgich 4 va mikrofon 5 ning o‘rtasiga yuqorida takidlab o‘tilgan tovush to‘siqlarini ketma-ket qo‘yib ulardagi tovush to‘sish miqdorlarini 4,5 punkitlardagi tartib bo‘yicha aniqlanadi. Tovush bosimi va quvvatini to‘siqlar orqali aniqlab 1-jadvalning 2-4 grafalariga yoziladi hamda o‘quv xonalarida shovqinning ruxsat etilgan bosim darajasi bilan taqqoslab ko‘riladi.
7.SHovqinni to‘sish tadbirlarining samaradorligini aniqlashda 7-formuladan foydalanib tovushning bosim darajasini 8 aktava yo‘laklaridagi o‘rtacha geometrik davriyligini o‘lchanadi hamda 5-7 grafalarga yoziladi. Hisoblar yordamida olingan miqdorlar bilan tajriba yo‘li bilan aniqlangan miqdorlarni taqqoslab xulosalar chiqariladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling