Tajriba ishi-3 Kichik o’lchamlardagi lokal kompyuter tarmoqlarini sozlash. Ip-adreslarini berish va ularni tekshirish


Download 74.38 Kb.
bet2/5
Sana11.05.2023
Hajmi74.38 Kb.
#1454955
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-тажриба

Tugun (node) yoki xost (host) – tarmoqqa ulangan va boshqa qurilmalar bilan o’zaro aloqada ishlay oladigan qurilma.
Tarmoq raqami va tarmoqdagi xost raqamidan iborat bo’lgan tarmoq adresi yirik tarmoqdagi har bir xostni unikal tarzda identifikatsiya qilish imkonini beradi. TCP/IP texnologiyasida tarmoq adresini IP-adres deyiladi.
IPv4. IP-adres – 32-razryadli ikkilik son. Qulaylik uchun maxsus formatda yoziladi – o’nlik ko’rinishda nuqtalar bilan (dotted decimal).
W.X.Y.Z – nuqtalar bilan ajratilgan o’nlik raqamlar.

181.252.30.115


Internet tarmog’ida har bir kompyuter unikal IP-adresga ega. U 4 raqamdan iborat bo’lib, har bir raqam 0 dan 255 gacha diapazon chegarasida bo’ladi. Butun adres tarmoq identifikatori va xost identifikatoridan tashkil topadi. IP-adreslarning sinflari mavjud bo’lib, ular tarmoq nomeri va xost nomeridagi bitlar soni bilan farqlanadi. Adres sinfi uning birinchi okteti qiymati bilan aniqlanadi.


Tarmoqda ikki qurilma bir-biri bilan ma’lumot almashishi uchun maxsus adreslardan foydalanishadi.
IP adres har bir qurilmaga internet tarmog’iga ulanish uchun beriladigan maxsus 0 va 1 ketma-ketligidagi manzil. IP adreslar oktetlardan tashkil topadi. IP adreslarning uzunligi uning turiga qarab 32 bit yoki 64 bit bo’lishi mumkin. Har bir oktet 8 bitdan tashkil topgan.
IPadreslarning ikki turi mavjud:

  • IPv4 (internet protocol version 4)

  • IPv6 (internet protocol version 6).

IP adres strukturasi:



IP adres sinflarini topish

3.1-rasm. IP adres sinflarini topishning sodda ko’rinishi



3.2-rasm. IP adres sinflarining tarmoq va uzel uchun taqsimlanishi


IP adresning qaysi bir qismi tarmoq va qaysi bir qismi tugunga (host) tegishliligini aniqlash uchun IP adreslar klasslarga bo’lingan.


3.1-jadval. IP-adreslar sinflarining ehtimoliy soni xarakteristikalari


Download 74.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling