Tajriba ishi-3 Kichik o’lchamlardagi lokal kompyuter tarmoqlarini sozlash. Ip-adreslarini berish va ularni tekshirish
Masshtablanadigan adreslash sxemasi
Download 74.38 Kb.
|
3-тажриба
Masshtablanadigan adreslash sxemasi
IP protokolning 6-versisi IP tarmoqlarni adreslash tizimiga tub o’zgarishlarni kiritdi (RFC 2373). Avvalo, bu adres razryadini kengaytirishga talluqli bo’ldi. IPv6 adres 128 bit yoki 16 baytdan iborat. Bu katta miqdordagi tugunlarni raqamlashtirish imkonini beradi: 340 282 366 920 938 463 463 374 607 431 762 211 456 Avvalgi 2 darajali adres ierarxiyasi o’rniga (tarmoq raqami va tugun raqami) IPv6 da 4 daraja mavjud bo’lib, ulardan 3 tasi tarmoqlarni identifikatsiya qilishga, bittasi esa tarmoq tugunlarini identifikatsiya qilishda foydalaniladi. Adresdagi ierarxiya darajalarini sonining ortishi hisobiga yangi protokol CIDR texnologiyasini muvaffaqiyatli ravishda qo’llab-quvvatlaydi. Takomillashtirilgan guruhli adreslash tizimi va yangi turdagi adreslarni joriy qilish sababli IP ning yangi versiyasi marshrutizatsiya harajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, tashqi o’zgarishlar ham yuz berdi – standart ishlab chiqaruvchilari o’nlik raqamlar o’rniga IP-adresni o’n oltilik raqamlar ko’rinishida yozishni taklif qildilar. Har bir o’n oltilik raqamlar bir-biridan ikki nuqtalar bilan ajratiladi. Masalan, IPv6 adres quyidagicha ko’rinishga ega bo’lishi mumkin: FEDC:0A98:0:0:0:0:7654:3210 Agar adresda bir necha nollar ketma-ket kelsa, adresni qisqartirib yozish mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan adresni quyidagicha yozish mumkin: FEDC:0A98::7654:3210 Ikki nuqta (::) ko’rinishidagi qisqartirish adresda faqat bir marta foydalanilishi mumkin. Shuningdek, adresning boshidagi nollarni tushirib qoldirish mumkin, masalan, FEDC:0A98::7654:3210 ning o’rniga FEDC:A98::7654:3210 deb yozish mumkin. IPv4 va IPv6 – ikkala protokollarni qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar uchun kichik 4 bayotlar uchun IRv4 da an’anaviy bo’lgan o’nlik raqamlarni yozish mumkin: 0:0:0:0:0:FFFF:129.144.52.38 yoki ::FFFF:129.144.52.38. Download 74.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling