Tajriba ishi №3 Kuchlanish transformatorlarini tekshirish
Download 44.71 Kb.
|
1 2
Bog'liq3--Тажриба иши
Tajriba ishi № 3 Kuchlanish transformatorlarini tekshirish 4.1. Kuchlanish transformatorini tekshirish Ishni maqsadi: apparatlarni sinovlarini o‘tkazishda tajriba orttirish va kuchlanish transformatorlarini xususiyatlarini o‘rganish. Ish dasturi Transformator chulg‘amlarini izolyatsiya qarshiligini o‘lchash. Chulg‘amlarni aktiv qarshiligini o‘lchash. Transformatorni qutbliligini va ulash guruhlarini tekshirish. Transformatorni transformatsiya koeffitsientini o‘lchash. Ishni o‘tkazish Kuchlanish transformatorini ko‘rib chiqish va tashqi shikastlanishlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish. Transformator pasportini to‘ldirish. Transformator qisqichlarini belgilanishiga e’tibor qaratish. 1000 V-li megaommetr yordamida transformatorni har bir chulg‘amini izolyatsiya qarshiligini korpusga va qo‘shni chulg‘amlarga nisbatan o‘lchash: RizYuq.kuch. chul.-Past kuch. chul.... RizYuq.kuch. chul.-korpus.... RizYuq.kuch. chul.-korpus.... Boshqa chulg‘amlar uchun ham shunga o‘xshash. Vitston ko‘prigi yordamida transformatorni chulg‘amlarini aktiv qarshiliklarini o‘lchash. O‘lchashlarda hamma xolatlarda bog‘lovchi simlarni butunligi va sxema kontaktlarini zichligini nazorat qilib turiladi. Chulg‘amlarni aktiv qarshiligini o‘lchash chulg‘amni kuchlanish transformatorini qisqichlari bilan kontaktli ulanishini zichligini tekshirish uchun kerak. Kuchlanish transformatorini uch fazaliligida o‘lchovlar nol qisqich va fazalarni qisqichlarini orasida o‘tkaziladi. Bir fazali transformatorlarda chulg‘amlarni qutbliligi va uch fazali transformatorlarni chulg‘amlarini ulanish guruhlarini tekshirish. Transformatorlarni chulg‘amlarini qutbliligini ballistik zarba usulida topish. Uch fazali transformatorlarni chulg‘amlarini ulanish guruhlarini fazometr yordamida topish. Odatda kuchlanish transformatorlarida chulg‘amlarni ulanish guruhi: ץץ –12. qutblilikni topish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi. Past kuchlanish qisqichlariga galvanometr ulanadi. Belgilanishi o‘xshash yuqori kuchlanish qisqichlariga qisqa vaqtga (tegizib) uch volt batareykalaridan qutblilikka rioya qilib kuchlanish keltiriladi. Galvanometrni to‘g‘ri (o‘ng) siljishi plyusga to‘g‘ri keladi, teskarisi-minusga. Kuchlanish transformatorini transformatsiya koeffitsienti K -ni o‘lchash uchun sxema yig‘iladi. Bir fazali transformatorlar uchun yuqori tomonga o‘zgaruvchan tokni 220 V kuchlanishi beriladi. Kuchlanishni yuqori va past tomonlarida o‘lchanadi. Keyin transformatorni transformatsiya koeffitsienti hisoblanadi. K . Uch fazali transformatorlar uchun 220 V kuchlanish transformatorni yuqori tomoniga beriladi va bir vaqtda kuchlanishni yuqori va past tomonlarida o‘lchanadi. Natijalarni jadvalga yoziladi.
Tajriba texnika havfsizlik qoidalarini to‘la bajarib o‘tkazilishi lozim. Tajribani o‘tkazishda kuchlanishni transformatorni faqat yuqori tomoniga berish lozim, chunki aks xolda kuchlanish nominaldan ancha yuqori bo‘ladi. Kuchlanish transformatorlarini birlamchi tomonlarini nominal kuchlanishi standartga binoan 3, 6, 10, 35, 110, 154, 220, 330, 500, 750 kVt-ga teng. Ikkilamchi kuchlanish 100 V. 4.2. O‘lchov kuchlanish transformatorlarini chulg‘amlarini ulanish sxemalarini o‘rganish Download 44.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling