Tajriba ishi №3 Kuchlanish transformatorlarini tekshirish
Download 44.71 Kb.
|
3--Тажриба иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Hisobot tarkibi
Ishni maqsadi: O‘lchov kuchlanish transformatorlarini (TN) ulanish sxemalarini tekshirishda tajriba orttirish.
Ish dasturi Uch fazali NTMI-6 turdagi kuchlanish transformatorini tuzilishini va chulg‘amlarini ulanish sxemasini o‘rganish. Rasm-1 sxemasini yig‘iladi. Birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlar o‘lchanadi va kuchlanishlarni vektor diagrammalari qo‘riladi. Bir fazali NOM-6 kuchlanish transformatorining tuzilishi o‘rganiladi. Uchta bir fazali kuchlanish transformatorlarini ulanishlarini turli sxemalari navbat bilan rasm 2-4-ga binoan yig‘iladi. Birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlar o‘lchanadi va kuchlanishlarni vektor diagrammalari quriladi. Ishni bajarish tartibi Transformatorni ko‘zdan kechirib tashqi shikastlanishlar yo‘qligida ishonch hosil qilinadi va chulg‘amlarni qisqichlarini belgilanishiga e’tibor beriladi. Uch fazali NTMI-6 kuchlanish transformatorini chulg‘amlarini va magnit o‘tkazgichni ulanish printsipial sxemasi chiziladi. R asm 1 sxemasi yig‘iladi va NTMI-6-ni yuqori tomoniga 220 V kuchlanish beriladi. Yuqori va past tomonlardagi kuchlanish Rasm 1. NTMI-6 turdagi kuchlanish transformatorini chulg‘amlarini ulanish sxemasi. o‘lchanadi. Voltmetrlarni ko‘rsatkichlari jadvalga yoziladi.
Uch fazali transformatorni normal simmetrik rejimi uchun kuchlanishlarni vektorlar diagrammasi quriladi. Besh sterjenli uch fazali NTMI-6 turdagi kuchlanish transformatorini magnit o‘tkazgichini eskizida normal rejim va bir fazali yerga qisqa tutashuv rejimida magnit oqimlarini yo‘llari ko‘rsatiladi. Bir fazali kuchlanish transformatorlarini ulanish sxemalari yig‘iladi: a) yuqori tomonni chulg‘amlarini yulduz ulash sxemasi, past tomonni yulduz ulash (rasm 2); Rasm 2. Kuchlanish transformatori (bir fazali) chulg‘amlarini ץץ ulash sxemasi. b) kuchlanish transformatorini chulg‘amlarini ochiq uchburchakka ulash sxemasi (rasm 3); Rasm 3. Bir fazali kuchlanish transformatorini ochiq uch burchak ulash sxemasi. v) nol ketma-ketlik kuchlanishini olish uchun yuqori tomon chulg‘amlarini yulduz ulash, past tomonni uzilgan uchburchakka (rasm 4) ulash. Sxema yig‘iladi, transformatorni yuqori tomoniga 220 V kuchlanish beriladi. Yuqori va past tomonlarda kuchlanish o‘lchanadi. Voltmetrlarni ko‘rsatkichlari jadvalga yoziladi. a) «yulduz» sxema uchun jadval
b) «ochiq uchburchak» sxema uchun jadval
Rasm 4. Bir fazali kuchlanish transformatorini chulg‘amlarini yulduz-yulduz-uzilgan uch burchak sxemaga ulash.
v) «uzilgan uchburchak» sxemasiga ulangan kuchlanish transformatorini jadvali (yuqori tomon-yulduz, past tomon-uzilgan uchburchak)
Yulduzni neytrali yuqori tomonda zaminlangan. Kuchlanish transformatorini yulduz-uzilgan uchburchak sxemasiga ulash kuchlanishni nol ketma-ketlik filtridir. Nol ketma-ketlik kuchlanishini bir fazali kuchlanish transformatorlaridan yoki uch fazali besh sterjenli kuchlanish transformatorlaridan olish mumkin. Birlamchi chulg‘amlar mustahkam zaminlangan neytralli yulduzga ulanadi. Ikkilamchi chulg‘amlar asbob ulanadigan uzilgan uchburchakka ulanadilar. Ikkilamchi qo‘shimcha chulg‘amni qisqichlarida yuqori kuchlanish zanjiridagi yerga qisqa tutashuvni nol ketma-ketligini 3U0 kuchlanishi paydo bo‘ladi. Eslatma. ZO, ZNOM va NKF turlardagi bir fazali kuchlanish transformatorlari yulduz va uzilgan uchburchak sxemalariga yig‘ilishi mumkin bo‘lgan ikkita ikkilamchi chulg‘amlar bilan tayyorlanadi. Hisobot tarkibi Hisobotda ish dasturi, sinov sxemasi, o‘lchovlar natijalari, kuchlanishlarni vektor diagrammalari va ish bo‘yicha xulosalar keltiriladi. Nazorat savollari Kuchlanish transformatorini vazifasi? Kuchlanish transformatorini ikkilamchi liniyaviy kuchlanishi qanday? Kuchlanish transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amlarini qanday ulanish sxemalari mavjud? Nima uchun kuchlanish transformatorini ikkilamchi chulg‘ami zaminlanadi? Uzilgan uchburchakka ulangan qo‘shimcha ikkilamchi chulg‘amni vazifasi nimadan iborat? Adabiyotlar Elektricheskaya chast stantsiy i podstantsiy. Pod red. Vasileva A.A.-M.: Energiya, 1980-s. 212-226. Elektricheskaya chast elektrostantsiy. Pod red. Usova S.V.-L.: Energiya, 1977-s. 319-323. Chernobrovov N.V. Releynaya zahita.-M.: Energiya, 1974.-s. 171-179. Rutskiy A.I. Elektricheskie stantsii i podstantsii.-Chast 1.-Minsk.: VSh, 1975. s. 248-249, 269-281. Download 44.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling