Tajriba ishi № 3
Mavzu: Satrlardan foydalanib dasturlash
Ishdan maqsad. Satrlar bilan ishlash, satrlar ustida bajariladigan standart funksiyalarni o’rganish.
Java dasturlash tilida satrlar bilan ishlash uchun String sinfi mavjud. String tipli o’zgaruvchi o’zida simvollar ketma-ketligini saqlash va amallar bajarish uchun foydalaniladi.
import java.util.Scanner;
public class Proba {
public static void main(String[] args) {
Scanner sc = new Scanner(System.in);
String s;
s = sc.next();
System.out.println(s);
}
}
Bu dasturda klaviatura orqali kiritilgan simvollar ketma-ketligini (satr) o’qiydi va chiqarib beradi.
s = sc.next() birinchi probelgacha bo’lgan satrni o’qiydi. Bir qatorni to’liq kiritish uchun sc.nextLine()dan foydalanamiz:
public static void main(String[] args) {
Scanner sc = new Scanner(System.in);
String s;
s = sc.nextLine();
System.out.println(s);
}
Satr uzunligi deb satrdagi simvollar soniga aytiladi. Satr uzunlgini topish uchun satr o’zgaruvchisidan keyin nuqta yozilib length() funksiyasiga mujorat qilanadi:
s.length();
Satr simvollari 0 dan s.length()-1 gacha indekslanadi.
Misol.
Bitta qatorda katta harflardan va probellalrdan iborat matn berilgan. Undagi A harfini B ga, B harfini esa A ga o’zgartiruvchi dastur tuzing.
№
|
Kiruvchi ma’lumot
|
Chiquvchi ma’lumot
|
1
|
AB
|
BA
|
2
|
CBADE BREDA
|
CABDE AREDB
|
Yechimi:
Do'stlaringiz bilan baham: |