Tajriba ishi №4 O‘zgaruvchan tok tarmog‘ida izolyatsiyani nazorat qilish sxemasini tadqiq qilish


Download 61.22 Kb.
bet2/2
Sana10.04.2023
Hajmi61.22 Kb.
#1348119
1   2
Bog'liq
4--Тажриба иши

Ish dasturi



  1. Yulduz-yulduz YY-ga yig‘ilgan kuchlanish transformatorlari yordamida izolyatsiyani nazorat qilish sxemasini o‘rganish (rasm 4, a).

  2. Kuchlanish transformatorlarini yulduz-uzilgan uchburchak ulashdagi izolyatsiya nazorat sxemasini o‘rganish: Y (rasm 4, b).

Eslatma: Birlamchi chulg‘amni neytrali albatta zaminlanadi.


Ishni bajarilishi
R asm 4. Ishni bajarish sxemasi: a-kuchlanish transformatorini chulg‘amlarini «yulduz-yulduz» ulash sxemasi; b- kuchlanish transformatorini chulg‘amlarini «yulduz-uzilgan uch barchak» ulash sxemasi.



  1. Stendda kuchlanish transformatorlarini YY sxemasi bo‘yicha yig‘iladi (rasm 4, a):

a) fazani qarshilik orqali yerga to‘la bo‘lmagan tutashuvni tajribasi o‘tkaziladi (R2 rubilnikni ulab);
b) fazani to‘la (metall bilan) yerga tutashish tajribasi o‘tkaziladi (R1 rubilnikni ulab).
Har ikkala xolda voltmetrlarni ko‘rsatkichlari yoziladi va natijalarga qarab vektor diagrammalar quriladi.

  1. Kuchlanish transformatorini ikkilamchi chulg‘amini uzilgan uchburchak ulanishida izolyatsiyani nazorat qilish sxemasini o‘rganish (rasm 4, b).

1 bo‘limdagi tajribalarni qaytarib, kuchlanishlarni vektor diagrammalari quriladi.


Hisobot tarkibi

Ish bo‘yicha hisobotda sinov sxemalari, o‘lchovlarni natijalarini jadvallari va dasturni hamma bandlari bo‘yicha vektor diagrammalar hamda xulosalar bo‘lishi shart.




Nazorat savollari



  1. Turli neytral rejimlarida ishlaydigan tarmoqlarni kuchlanish sinflarini aytib o‘tiladi:

a) izolyatsiyalangan neytralli;
b) zaminlangan neytralli.

  1. Izolyatsiyalangan neytralli tarmoqda bitta faza yerga tutashganda ishlash mumkinmi va nimaga?

  2. Tarmoq izolyatsiyasini nazorat qilish uchun qanday kuchlanish transformatorlarini qo‘llash mumkin?

  3. Yerga tutashganda kuchlanishlarni vektor diagrammalari qurilsin:

a) V faza;
b) S faza.
Adabiyotlar



  1. Elektricheskaya chast stantsiy i podstantsiy. Pod. red Vasileva A.A.-M.: Energiya, 1980-s. 217-221; 497-510.

  2. Elektricheskaya chast elektrostantsiy. Pod. red. Usova S.V.-L.: Energiya, 1977-s. 319-323.

  3. Rojkova L.D. i Kozulin V.S. Elektrooborudovanie stantsiy i podstantsiy-M.: Energiya, 1980-s. 33-44, 422-428.

Download 61.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling