Tajriba ishi 6 O’zgaruvchan tok relesining xususiyatlarini o’rganish
Download 1.22 Mb.
|
1 2
Bog'liqTajriba ishi 6
2 – rasm. Himoyaning ishlash zonalari.
Ishonchlilik. Ishonchlilik talabi qo‘yidagidan iborat, rele himoyasi u o’rnatilgan oraliq zonasida qisqa tutashuv bo ‘lsa ishonchli ishlashi kerak va agar uning ishlashi ko‘zda tutilmagan holatlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak. Releli himoyaning ishlamay qolishi yoki noto‘g‘ri ishlashi iste’molchilarning elektr ta’minotiga qo‘shimcha buzilishlarni, ba’zida tarmoq ahamiyatiga molik avariyaga olib keladi. Masalan, K1 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa (3 - rasm) va RH1 ishlamasa RH3 ishlab ketadi, buning oqibatida qo‘shimcha ravishda II va III nimstansiyalar ham o‘chib qoladi, normal rejimda RH4 ning noto‘g‘ri ishlashi esa L4 EUL o‘chiradi va I-V nimstansiyalarning iste’molchilari ta’minotsiz qoladi. Rele himoyasi uskunasining ishonchliligi ularning sxemasini soddaligiga, rele, kontaktli birlashmalar, ularning elementlari sonini kamaytirish, qabul qilinadigan sxema va konstruksiya, rele, yarimo‘tkazgichli elementning soddaligi va ishonchliligi, yordamchi apparatura va montaj materiallarining sifatli tayyorlanganligi, montaj va kontaktli birlashmalarning sifatiga, bundan tashqari releli himoyaning sozligini davriy tekshirishga va ekspluatatsiya jarayoniga bog‘liq. Releli himoyaning ishonchliligi uchun uning sozligini avtomatik va testli tekshirish muhim ahamiyatga ega. Releli himoya elementlarini umumiy bajarilishi PUE va rele himoyasini bajarishga oid yo‘riqnomaga bo‘ysunadi. 3 – rasm. Releli himoyani ishlamagan holatda qisqa tutashuvni noselektiv o‘chirish. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling