Tajriba ishi 9
Download 216.5 Kb.
|
Tajriba ishi 9 0 Paradigmalar Xusinov Shaxriyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanaladigan toifa
- Ko’rsatkichli toifa
Mantiqiy toifaMazkur toifa mantiqiy mulohazalarning to„g„riligini aniqlash uchun, turli xil dasturlash tillarida turlicha ifodalaniladigan ifodalarni 2 ta ko„rinishda aniqlaydi. Mantiqiy ma‟lumotlar ustida quyidagi mantiqiy operatsiyalarni bajarish mumkin: konyunktsiya (va), dizyunktsiya (yoki) va inkor (yo’q), hamda qiyinroq bo’lgan ekvivalentlik, implikatsiya, chiqarib tashlash va boshqa operatsiyalar. Sanaladigan toifaBir qancha qiymatlardan birini qabul qila oladigan o„zgaruvchiga sanaladigan toifadagi o„zgaruvchilar deyiladi va bunday o„zgaruvchilarni e‟lon qilishda enum kalit so„zi va undan keyin toifa nomi hamda figurali qavs ichida vergullar bilan ajratilgan o„zgarmas qiymatlar ro„yhati ishlatiladi. Masalan: enum Ranglar{oq, qora, qizil, yashil}; Bu yerda Ranglar nomli sanoqli toifa yaratildi. Ushbu toifaning 4 ta O’zgarmas elementlari mavjud va ular dastlab 0 dan boshlab sanaladigan butun sonli qiymatga ega bo„ladilar. Ayrim hollarda foydalanuvchi tomonidan o„zgarmaslarga ixtiyoriy sonli qiymat ham o„zlashtirilishi mumkin. #include using namespace std; int main() { enum kunlar{du=1,se,chor}; kunlar hafta; hafta=chor; cout< cout<<"\nbugun qaysi kun="; cin>>kun; if(kun==chor) cout<<"\ntalabalar bilan uchrashuvingiz bor"; system("pause"); } Natija: 3 bugun qaysi kun=3 talabalar bilan uchrashuvingiz bor Ko’rsatkichli toifaKo„rsatkichlar ma‟lumotlarni emas, balki bu ma‟lumotlar joylashgan xotiradagi manzilni o„zida saqlaydi. Ko„rsatkichlar xotirada bor yo„g„i 4 bayt joyni egallab, u ko„rsatayotgan ma‟lumotlar ancha katta joyni egallagan bo„lishi mumkin. Ko„rsatkichlar qanday ishlashini bilish uchun mashina xotirasi tashkil etilishining tayanch prinsiplarini bilish lozim. Mashina xotirasi 16 lik sanoq sistemasida raqamlangan yacheykalar ketma-ketligidan iboratdir. Har bir o„zgaruvchining qiymati uning adresi deb ataluvchi alohida xotira yacheykasida saqlanadi. Ko„rsatkichli toifalar yordamida fayllarga ham murojaat qilsa bo„ladi, masalan quyida f.txt faylidagi ma‟lumotlarni ekranga chiqarish dasturi keltirilgan: #include #include using namespace std; int main() { FILE *p; char s; int i=0; if((p=fopen("f.txt","r"))==NULL) I cout<<"o'xshamadi"; else cout<<"ulandi\n"; while(s!=EOF){ s=fgetc(p); if(s=='s')i++; cout< fclose(p); cout<<"s harfi "<} f.txt fayli tarkibi: c++ tilida fayllar bilan ishlash dasturi Dastur natijasi: ulandi c++ tilida fayllar bilan ishlash dasturi s harfi 3 marta qatnashgan Download 216.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling