YANGI O’QUV MАTЕRIАLINING SLАYDLI TАQDIMОTI
1-ilova
“Kompyuter grafikasi”ning axborotli jamiyatdagi ahamiyati, roli va o’rni
Kompyuter grafikasi - ob`yektlarning hajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va EHM lar yordamida ularni namoyish etish tushuniladi.
Kompyuter grafikasi videofilm kadrlari bilan sifat bo’yicha taqqoslashga loyiq haqiqiy, hajmli harakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi.
Kompyuter grafikasi dunyo fanida yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90–chi yillarida paydo bo’ldi va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir.
“Kompyuter grafikasi” kursining predmeti, mazmuni va vazifalari
Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til - bu fikrni ifodalashning fazoviy tasvirlash yoki shartli ravishda tekislikda aks ettirish usullarining to’plamidir.
Aqliy tasavvur va qiymatlar to’plamini ifodalovchi chizmalarni tuzish jarayoni grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa - grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda voqelikni yoki qandaydir jarayonni tasvirlaydi.
3. Zamonaviy ShK asosida elektron grafiklar qurishning asosiy elementlari va usullari
Shunday qilib grafika - bu maxsus, fikran yaxlit xayoliy g’oyalarning (ansambllarning) ikki o’lchovli (yoki uch o’lchovli) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi va uning eksplikatciyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |