Tajriba ishi. Tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligini hisoblash


Download 1.52 Mb.
bet9/39
Sana05.11.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1748787
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
тажриба ишлари

Tajriba ishi№ 8


Mavzu: Tog‘ jinslarining gidravlik xususiyatlarini aniqlash
Kirish: Tog‘ jinslarining namligi va suv yutuvchanligi uning fizik-mexaning xossalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tog‘ jinslariga suvning ta’sirini geomexanika laboratoriyasida aniqlanadi. NDKI Texnoparkida bir qancha tog‘ jinslarining namligi va suv yutuvchanligi aniqlangan.


Ishdan maqsad: Tog‘ jinslarining namlik, suv yutuvchnlik va gidravlik xususiyatlarini aniqlash usullarini o‘zlashtirish va o‘rganish.

Tog‘ jinslari tarkibida har doim kimyoviy, fizikaviy va erkin bog‘langan holatda, oz yoki ko‘p miqdorda suv mavjud bo‘ladi. Fizikaviy bog‘langan suvlar bosim ostida yoki og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘ jinslarida yoki tog‘ jinslari kristal panjarasi bo‘sh fazalarida va yoriqlari bo‘ylab harakatlanadi. Uning harakati tog‘ jinslarini erishiga, mehanik yuvilishiga, alohida qismlarining ishqorlanishiga, sementlashishiga olib keladi. Fizikaviy bog‘langan suvlar odatda t = 100÷110ºC haroratda o‘z menerallarining tuzilishini buzmasdan tark etadi.


Kimyoviy bog‘langan suv tog‘ jinsi bilan molikulyar kuch orqali bog‘langan. U kristallizatsion va konstitutsion turlarga bo‘linadi.
Kristallizatsion suvlar tog‘ jinsi mineral tarkibida kristal panjara tuzilishidagi H2O molekula ko‘rinishida uchraydi. Uni odatda 300ºS dan 600ºS gacha bo‘lgan haroratda qizdirish orqali yo‘qotish mumkin. Masalan: gips (CaSO4·2H2O), opal (SiO2·nH2O), mirobalit (Na2SiO4·10H2O).
Konstitutsion suv kristal panjara tuzilishidagi mineral moddalarga kiradigan OHˉ va H+ ionlariga aytiladi. Maslan: talk [Mg(OH)2·Si2O10], malaxit [Cu2(CO3)·(OH)2], kaolinit Al2(OH)4·Si2O5. Bunda suv 300ºS - 1300ºS da chiqib ketadi. Lekin kristallar buziladi.
Erkin bog‘langan suv mineral tarkibida tomchi shaklida uchraydi.


Namlik
Tog‘ jinsida suvning miqdori tog‘ jinsining dastlabki (tabiiy holatdagi) va 105÷110ºS da quritilgan doimiy og‘irligini o‘lchash orqali aniqlanadi.
Doimiy og‘irlik quritilgan namunani ohirgi ikki o‘lchami orasidagi farq orqali hisoblanadi. O‘lchamlar orasidagi farq 0,2% dan oshmaydi. Namuna sovitilgandan keyin ochiq va yopiq honada o‘lchanadi. O‘lchashlar orasidagi vaqt 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Namlik quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
100%
namlik og‘irligi.
Bu yerda: G1–namunaning dastlabki, tabiiy xolatdagi og‘irlikgi (gramda),
G – quritilgan namunaning og‘irligi (gramda).

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling