Tajriba Kimyoviy reaksiyalar tezligiga haroratning ta’siri


Download 83.5 Kb.
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1137366
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy kinetika

Laboratoriya ishi №5. Kimyoviy reaksiyalarning tezligini moddalarning agregat holatiga, temperaturasisiga bog’liqligini tajribada aniqlash, uning grafigini tuzish.


Ishning maqsadi: Kimyoviy kinetika haqidagi tushunchalarni o‘zlashtirish, kimyoviy reaksiyalarni tezligini, unga turli omillarning ta’sirini va muvozanat siljishini o‘rganish.
Reaktivlar: H2O-distillangan suv, Ca(OH)2-oxakli suv (rangsiz eritma), CaCO3-kalsiy karbonat (bo‘r), NaCl-natriy xlorid (oq kristall modda), FeCl3-temir xlorid (qizg‘ish ko‘ng‘ir rangli eritma), KSCN - kaliy radonid (rangsiz eritma), NH4SCN-ammoniy radonid (rangsiz eritma), Na2S2O3-natriy tiosulfat(rangsiz eritma), H2SO4- sulfat kislota (rangsiz eritma), 10%-li HCl-xlorid kislota (rangsiz eritma). Indikatorlar - neytral lakmus (siyox rang eritma), fenolftalein (rangsiz eritma), metiloranj (sarg‘ish eritma), universal indikator va lakmus qog‘ozlari.
Asbob uskunalar: Probirkalar, shisha stakanlar, o‘lchov byuretkalari, shtativlar, harorat termometri, issiq suv, vaqt o‘lchash uchun sekundomer.


Tajriba-1. Kimyoviy reaksiyalar tezligiga haroratning ta’siri.
Ikkita probirganing biriga natriy tiosulfat eritmasidan 2 ml , ikkinchisiga sulfat kislota eritmasidan 2 ml quyiladi. Bitta stakan 1/3 xajmigacha suv quyib, ikkala probirkani suvli stakanga solib ko‘yiladi va probirkalardagi eritmalar suvning haroratini o‘ziga qabul qilguncha 4-5 minut kutiladi. Stakandagi suvning haroratini termometr yordamida o‘lchab yozib olinadi. Natriy tiosulfatli probirkaga sulfat kislota eritmasi kuyiladi va loyiqalanish vaqti belgilab olinadi. Stakandagi suvning haroratini issiq suv yordamida boshlang‘ich haroratga nisbatan 10° va 20 S ga oshirib tajribani yana ikki marta qaytariladi.
Olingan natijalarni 2-jadvalga yozing. Harorat koeficientini tezlik qiymatlaridan foydalanib hisoblang. Reaksiya tezligining haroratga bog‘liqligini grafigini chizing.



Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling