Kimyoviy reaksiyalarning tezligini konsentrasiyasiga bog’liqligini tajribada aniqlash, uning grafigini tuzish.
Ishning maqsadi: Kimyoviy reaksiyalarning tezligini konsentrasiyasiga bog’liqligini tajribada aniqlash.
Reaktivlar: H2O-distillangan suv, Ca(OH)2-oxakli suv (rangsiz eritma), CaCO3-kalsiy karbonat (bo‘r), NaCl-natriy xlorid (oq kristall modda), FeCl3-temir xlorid (qizg‘ish ko‘ng‘ir rangli eritma), KSCN - kaliy radonid (rangsiz eritma), NH4SCN-ammoniy radonid (rangsiz eritma), Na2S2O3-natriy tiosulfat(rangsiz eritma), H2SO4- sulfat kislota (rangsiz eritma), 10%-li HCl-xlorid kislota (rangsiz eritma). Indikatorlar - neytral lakmus (siyox rang eritma), fenolftalein (rangsiz eritma), metiloranj (sarg‘ish eritma), universal indikator va lakmus qog‘ozlari.
Asbob uskunalar: Probirkalar, shisha stakanlar, o‘lchov byuretkalari, shtativlar, harorat termometri, issiq suv, vaqt o‘lchash uchun sekundomer.
Tajriba-1. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsenrasiyasining reaksiya tezligiga ta’siri
Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentrasiyaning ta’siri natriy tiosulfat bilan sulfat kislota o‘rtasidagi reaksiya misolida o‘rganiladi:
Na2S2O3 + N2SO4 = Na2SO4 + SO2 + S + H2O
Bunda avval kuchsiz opalescensiya xodisasi sodir bo‘lib, so‘ngra oltingugurt cho‘kmaga tushishi natijasida eritma loyqalanadi.
Tajribani boshqarish vaqtida eritmalarni o‘zaro aralashtirish reaksiyaning boshlanishi, oltingugurt cho‘kmasi hosil bo‘lishi esa reaksiyaning tugashi deb hisoblanadi. Shuning uchun reaksiya bocshanishidan to oltingugurt cho‘kmasi hosil bo‘lgunga qadar ketgan vaqt kimyoviy reaksiya tezligini xarakterlaydi.
Bitta quruq probirkaga tajriba uchun 1 jadvalda (hisobotga qarang) ko‘rsatilgan millilitrda natriy tiosulfatdan va suvdan, ikkinchi probirkaga sulfat kislotadan quyiladi. Natriy tiosulfat eritmasiga sulfat eritmasini tezda quyib vaqt belgilanadi, probirkada qancha vaqtdan so‘ng (sekund xisobida) loyqalanish hosil bo‘lishini sekundomer yordamida aniqlanadi. Shu tartibda jadvalda ko‘rsatilgan № 2,3 xajmda eritmalardan olib tajriba yana qaytariladi. Olingan natijalarni 1-jadvalga yoziladi.
Bajarilgan reaksiya uchun massalar ta’siri qonunining matematik ifodasini yozingg. Kuzatish natijalarini grafik tarzida ifodalang.
Do'stlaringiz bilan baham: |