Tajriba mashg‘ulot №2 Mashg‘ulot mavzusi: pnevmatik shinalari holatini tuproqilgichning eyilish darajasi bo‘yicha baholash ishning maqsadi


Download 0.88 Mb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1480794
  1   2   3
Bog'liq
tajriba mashg`uloti №2


TAJRIBA MASHG‘ULOT №2


Mashg‘ulot mavzusi: PNEVMATIK SHINALARI HOLATINI
TUPROQILGICHNING EYILISH DARAJASI
BO‘YICHA BAHOLASH


Ishning maqsadi:Pnevmatik shinalar tuproqilgichining eyilish darajasini aniqlash tartibini o‘rganish.


Kerakli jihozlar:G‘ildirakli traktor, ruletka, lineyka, shtangensirkul-chuqur o‘lchagich , maxsus moslamalar.
Mashg’ulot bo’yicha umumiy ma’lumotlar: Ma’lumki, traktorning etaklovchi g‘ildiraklari shinalarining tuproqilgichini texnik holati, ya’ni eyilishiuning shataksirashiga qatta ta’sir ko‘rsatadi.
Agar ularning yilish daraja 80 foizdan yuqori bo‘lsa, bunday shinalar traktordan echib olinib, ta’mirlashga yuborish talab etiladi. Chunki bunday holatda etaklovchi g‘ildiraklarning shataksirashi 20...28 foizga oshishi natijasida agregatning ish unumi 10...12 foizga kamayishi, yoqilg‘i sarfi esa 6...8 foizga ko‘payishi mumkin.
Pnevmatik shinalarning texnik holatini aniqlash uchun uning protektori chang va loydan tozalanadi. Shundan so‘ng shinaning yugurish yo‘lakchasi (tuproqqa tegib turadigan qismi) ko‘zdan kechiriladi va eng ko‘p eyilgan qismi aniqlanib, o‘lchashlar o‘tkaziladigan maydoncha (1 - rasm) mel bilan chizib chiqiladi.
2- tuproqilgich; 3- moslama.Maydonchaning eni V yugirish yo‘lakchasi enining yarmidan ko‘p bo‘lmasligi, uzunligi A esa g‘ildirak radiusidan oshmasligi kerak.Shtangen-chuqur o‘lchagich 1 yoki moslama 3yordamida protektor asosi yoki yarim ko‘prikchalar o‘rnatilgan joylardan tashqari eng ko‘p eyilgan joylar o‘lchanadi. Tuproqilgich 2 ning balandligi yugirish yo‘lakchasining markaziga yaqin joyidan o‘lchanishi kerak.





1-rasm. Tuproqilgichning eyilish darajasini aniqlash:
a va g - o‘lchash joylari;b-shtangen-chuquro‘lchagich bilan o‘lchash;
v – moslama yordamida o‘lchash:1-shtangen-chuquro‘lchagich;

Tuproqilgichning eyilish darajasi quyidagi formula bilan topiladi:  , %


Bu erda:  tuproqilgichning eyilish darajasi, %; - tuproqilgichning o‘lchangan balandligi, mm;  yangi shina tuproqilgichining balandligi,mm.
Tuproq ilgichning eyilish darajasi o‘ng va chap g‘ildiraklar shinalari uchun aniqlanib, ularning farqi F aniqlanadi:


 , %

Uning eyilish darajasi 80% dan, o‘ng va chap shinalar bo‘yicha farqi 6% dan oshmasligi kerak.


Aniqlangan ko‘rsatgichlar yangi shina ko‘rsatgichlariga (1-ilova) solishtiriladi va xulosa qilinadi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling