Tajriba mashg’uloti №3 Mavzu
Download 408.59 Kb.
|
Tajriba ishi 3 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Microsoft Excel elektron jadval dasturi haqida umumiy ma‘lumotlar.
Tajriba mashg’uloti №3 Mavzu: Elektron jadvallar. Excel elektron jadvalli dasturi. Excel elektron jadval dasturi yordamida amaliy masalalarni yechish Tayanch iboralar: Elektron jadvallar, elektron jadvalli dastur, elektron jadval uchtunlari, EJ katorlari, kataqlar, ishchi kitob, ishchi varak, formula katori, EJ dasturi menyusi, Elektron jadvallar, formullardan foydalanish, excelda funktsiyalardan foydalanish, standart funktsiyalar, diagramalar tuzish, gistogramma Microsoft Excel elektron jadval dasturi haqida umumiy ma‘lumotlar. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va kayta ishlashga mo’ljallangan. Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuperCalc, QuatPrio va shunga uxshash elektron jadvalli dasturlardan foydalanilgan. Windows muxiti yaratilgandan keyin, ayniksa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko’pgina foydalanuvchilar Office dasturlarining elektron jadvalli dasturi Microsoft Excel elektron jadval (EJ) dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl «Ishchi kitob» (Workbook, kniga ) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish sohasi bu – «Ishchi kitob» bo’lib, u standart holda 3 ta varakdan (list) dan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi xoxishiga ko’ra bu varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varagida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar kator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excel elektron jadvali, butun sonlar bilan tartiblangan 65536 ta kator (row- “1, 2, 3,…,65536”) va lotin alifbosining bosh harflari bilan nomlangan 256 ta ustun (column – A,B,C,D,……,Z,AA,AB,…,IV)dan iborat. Kator va ustun kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy elementi – katak (sell – yacheyka) joylashgan. Har bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Kataqlarning nomlari kator va ustunlarning nomlaridan kelib chikadi. Masalan A ustun bilan 7 katorning kesishmasi A7 katagi deyilsa D ustun bilan 12 katorning kesishgan joyi D12 katagi deyiladi. Download 408.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling