Tajriba mashg’ulotlari 1 – tajribai sh I bernulli tenglamasi yordamida pьezometrik va geometrik bosim chizig’i diagrammasini tuzish


Download 0.71 Mb.
bet8/8
Sana08.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#245310
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gidravlika tajriba

HISOBLASH METODI

Oqimcha siqilgan kesim diametri orqali, oqimchaning siqilgan kesim yuzasi aniqlanadi.



va oqimchaning siqilish koeffitsiyenti



Nazariy va amaliy suyuqlik sarfi sarf koeffitsiyenti orqali hisoblanadi.



“U” koordinatasi hisob qiymati quyidagi formulalardan aniqlanadi.



Oqimcha siqilgan kesimida “U0” koordinatasi, tajriba vaqtida o’lchanmaydi.

Amaliy tezlik aniqlanadi.

;

Nazariy tezlik va maxalliy qarshilik koeffitsiyentlari.



8– T A J R I B A I SH I.


MARKAZDAN QOCHMA NASOSNI ASOSIY PARAMETRLARINI

SINASH
ISHDAN MAQSAD:
Markazdan qochma nasosning ishchi g’ildiragi aylanish sonining o’zgarmas qiymatida uning kompleks xarakteristikasini ko’rishdan va tezyurarlik koeffitsiyentini aniqlashdan iborat.
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT

Nasoslar texnikaning suyuqlik bilan ishlaydigan turli sohalarida keng qo’llaniladi. Nasoslarda suyuqlik qaysi tipdagi kuchlardan foydalanib so’rilishiga qarab, ular dinamik yoki hajmiy nasoslarga bo’linadi.

Dinamik nasoslar o’zidan o’tqazayotgan suyuqlikning kinetik energiyasini orttiradi, so’ngra bu energiyaning ko’proq qismini napor energiyasiga aylantiradi.

Hajmiy nasoslarda esa nasosdan o’tayotgan suyuqlika potentsial energiya ish bo’lmasining o’zida bo’ladi.

Markazdan qochma nasoslar dinamik nasoslar turkumiga kiradi. Bu nasoslarda suyuqlikka energiyani nasos korpusida aylanuvchi ish g’ildiragi kuraklari yordamida beriladi. Bunda parraklar orasida suyuqlik zarrachasi markazdan qochma kuch ta’sirida nasos kamerasiga intiladi. Bunday harakat natijasida ish g’ildiragi markazida napor kamayib, ta’minlovchi idishdagi suyuqlik so’rish Quvuri orqali ko’tariladi va ish g’ildiraglari kuraklari orasidan chiqib ketgan suyuqlik o’rniga yangi suyuqlik keladi. Nasos kamerasiga markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlikning kelishi natijasida napor ortib, suyuqlik nasos kamerasidan haydash Quvuriga ko’tariladi. Markazdan qochma nasoslarning ishlashi shu printsipga asoslangan bo’ladi.

Inertsiya va ishqalanish nasoslari – bu inertsiya va ishqalanish kuchlari ta’sirida suyuqlikni harakatlantiradigan dinamik nasoslar guruhidir.

Hajmiy nasoslar guruhiga: porshenli, plunjerli, diafragmali, rotorli, shesternali, vintli nasoslar kiradi.

Markazdan qochma nasosning 8.1- rasmdagi ish sxemasini ko’ramiz.

Markazdan qochma nasoslarning afzalliklari: ixchamligi, massasining kichikligi,kichik masshtabda bo’lsa ham yuqori ishlab chiqarishi, elektrodvigatelь bilan bevosita ulana olishligi, suyuqlikni bir tekisda uzatishi, yoqish va boshqarish tizimining soddaligi.

Kamchiligi: kichik ishlab chiqarishdagi FIKining kichikligi, ishlab chiqarishni oshirish bilan oqimning o’zgarishi.


8.1-rasm
Korpus (1) ni ichida val (3) ga maxkamlangan ishchi g’ildirak (2) joylashtirilgan. Nasos korpusi naychalar (4) va (5) orqali so’ruvchi va oqimli quvurlarga biriktirilgan.

Markazdan qochma nasoslar nafaqat bir pog’onali balki ko’p pog’onali ham bo’lishi mumkin.

Markazdan qochma nasosning ishlab chiqarishining o’zgarishi bilan oqimi va quvvati ham o’zgaradi.




8.2- rasm.


MARKAZDAN QOCHMA NASOSNING XARAKTERISTIKASI
Nasosni yoqishdan oldin uzatilishi kerak bo’lgan suyuqlik bilan to’ldiriladi. Kichik holatdagi o’zgarishlar bo’lganda aylanishlar soni K, nasosning uzatishi Q, oqimi N va quvvati N quyidagi munosabatda bo’ladi:

; ;
Bunda Q-H; Q-N; Q- lar nasosning xarakteristikasi deb nomlanadi.
TAJRIBA QURILMASI

Markazdan qochma nasos (3) elektrodvigatelь bilan bitta o’qda joylashgan. Aylanishlar soni hisoblanadi. Suv sarf baki (5) dan nasos orqali so’riladi. So’ruvchi quvurda (7) suvni harakatlanishiga qarshilik ko’rsatadigan klapan (6) bor. Haydovchi quvurda (8) manometr (9) va suv sarfini boshqarish uchun vintilь (10) o’rnatilgan. Suv haydovchi quvurdan o’lchov bakiga (11) tushadi. Bak litrlarda shkalalangan shisha suv o’lchagichga ega. Bakning tubida suvni sarf baki (5) ga o’tkazish uchun vintili naycha (1) joylashgan.


8.3- rasm



1. Ventillar 2. Vakuummetr. 3. Nasos 4. Suv o’lchov shishasi 5. Sarf baki. 6. Klapan 7. So’ruvchi quvur 8. Haydovchi quvur 9. Manometr 10., 12. Boshqaruv vintili 11. O’lchov idishi. 13. Tushirish vintili.
ISHNI BAJARISH TARTIBI

Nasos qurilmasini sinashda nasos xarakteristikasini tuzish uchun quyidagi kattaliklar aniqlanadi: Q-H, Q-N, Q-. Tajriba nasos sarfi Q ni o’zgarib borishi va aylanishlar soniga bog’liq ravishda olib boriladi. Q ni o’zgarib borishi vintilni asta-sekin ochish bilan amalga oshiriladi. Birinchi kuzatishlar vintilni to’liq yopilgan holatida olib boriladi va keyingi kuzatishlarda chorak qismlarga ochib kuzatiladi. Bunda quyidagilarni o’lchash lozim bo’ladi: nasosning uzatishi, so’ruvchi quvurdagi siyraklashishni, haydovchi quvurdagi naporni, dvigatelьdagi elektr toki qiymatini.

Nasos qurilmasining o’lchov ko’rsatgichlari quyidagicha aniqlanadi:

Uzatish: o’lchov idishidagi vintilь yopiladi va sekundomer bilan vaqt aniqlanadi. Suv o’lchov shishasi orqali aniqlangan suv miqdori va aniqlangan vaqt jadvalga yoziladi. Suv oqimi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Pm i Pb-uzatilayotgan suyuqlikning manometr va vakuummetr ko’rsatgichlari ( m.ust. ) da

Wm i Wv- manometr va vakuummetr joylashgan nuqtalarda suv tezligi.

h – manometr va vakuummetr ulangan nuqtalar farqi.



So’ruvchi va haydovchi quvurlar bir xil diametrda Shuning uchun Wm va Wv lar bir xil, bunda H=Pm+Pv+h.
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling