Tajriba xonalarida darslar 12 tadan ortiq bo‘lmagan guruhlarda amalgam oshiriladi
Download 22 Kb.
|
таж
TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALALRI
Talabalar mustaqil mashg‘ulotlarga kirishishdan oldin tajriba xonasining ichki tartib-qoidalarini va texnika xavfsizligi chora-tadbirlarini puxta bilib olishlari kerak. Eng avvalo qo‘yidagi qoidalarga amal qilishlari zarur: 1) har xil uzish, ulash kabi ishlar sxemalar kuchlanish yo‘q paytdagina, ya'ni sxema kuchlanish manbaiga o‘lanmasdan oldin amalga oshirilishi kerak; 2) yig‘ilgan sxemalarni o‘qituvchining ruxsati bilangina kuchlanish manbaiga o‘lash lozim. Yuqoridagi qoidalarga amal qilmaslik elektr jihozlari yoki elektr o‘lchash asboblarining bo‘zilishiga olib kelishi, hattoki, baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Qo‘yida tajriba mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganda amal qilinishi shart bo‘lgan texnika xavfsizligi qoidalari keltiriladi: inson hayoti uchun yuqori kuchlanishli tok ham, past kuchlanishli tok ham yomon ta'sir etishi mumkin. Elektr tokining ta'siri bir necha faktorlarga bog‘liq. Eng avvalo shuni esda tutish kerakki, elektr ta'siri kuchlanishning katta kichikligiga emas, balki tana orqali o‘tadigan tok kuchining kattaligi bilan aniqlanadi.O‘zgaruvchan tokning inson hayoti uchun xavfsiz bo‘lgan kattaligi 10mA ga to‘g‘ri kelsa o‘zgarmas tokda bu kattalik 80 mAga to‘g‘ri keladi. Quyidagi 1-jadvalda tok kattaligining inson hayotiga ta'siri haqida ma'lumot keltiriladi. Odam tanasidan o‘tadigan tok kattaligi kuchlanishga va tana qarshiligiga bog‘liq. Tana qarshiligi esa tashqi faktorlarga bog‘liq bo‘lib 1000 Om dan 100000 Omgacha o‘zgarib turadi. Demak tok ta'siri jarahotlanuvchining indivudial xususiyatlariga ham bog‘liq ekan. Ta'sir tokning kishi tanasi orqali o‘tish yo‘liga ham bog‘liq. Yurak, orqa va bosh miya hamda nafas olish organlari orqali tok o‘tishi xavfni yanada oshiradi. O‘zgaruvchan tokning chastotasi ham katta ahamiyatga ega 1Gs dan 100Gs gacha bo‘lgan chastota hayot uchun eng xavfli chegara hisoblanadi.
Download 22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling