Ta’kidlash joizki, har bir ho’jalik ishlab chiqarish yo’nalishidagi ho’jalik ham tajriba ho’jaligi ham, tuproq va agrokimyoviy haritanomalarga EGA


Download 32.62 Kb.
bet1/9
Sana20.10.2023
Hajmi32.62 Kb.
#1711491
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 ta mavzu aralash


KIRISH
Ta’kidlash joizki, har bir ho’jalik ishlab chiqarish yo’nalishidagi ho’jalik ham tajriba ho’jaligi ham, tuproq va agrokimyoviy haritanomalarga ega. G’o’zani parvarishlashda qo’llaniladigan agrotehnik va meliorativ tadbirlar tizimini to’g’ri amalga oshirish maqsadida respublikamiz viloyatlari o’ziga hos sharoitlaridan kelib chiqib, olimlarimiz tomonidan ikki guruhga – bo’z tuproqlar hamda sahro-cho’l mintaqalariga ajratildi. Quyida ularning tavsifi keltirilmoqda: Bo‘z tuproqlar mintaqasi tog’ va tog’ oldi hududlarini o’z ichiga oladi. U to’q tusli, tipik va och tusli bo’z tuproqlar mintaqasiga bo’linadi. Sahro mintaqasi 3 ta mintaqadan: shimoliy, markaziy va janubiy mintaqachalardan tashkil topgan. Hududlar tabiiy sharoiti bo’yicha bunday bo’linishi ularning tuproqlari, shuningdek, bu tuproqlarda amalga oshiriladigan meliorativ va argotehnik tadbirlarga ko’ra bir-biridan farqlanishini bildiradi. To‘q tusli bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 700-1000 m yuqori joylashgan tog’ va tog’ oldi mintaqasining ancha baland qismlarida shakllangan. Bunday tuproqli hududga Janubiy Qozog’iston viloyati Chimkent-Sayram guruhi tumanlari g’o’za parvarishlanadigan maydonlarining salmoqli qismi, qisman Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati, shuningdek, unchalik ko’p maydonlarni egallamagan Tojikiston Respublikasi maydonlari va O’zbekiston Respublikasining ba‟zi tumanlari joylashgan. Bu tuproqlar mayda zarrachali va qumoq, allyuvial va proallyuvial yotqiziqlarda shakllangan, sho’rlanmagan, unumdor, fizikaviy hususiyati ham yahshi. Bunday tuproqli erlarni tekislash ularda suv, irrigatsiya eroziyasiga qarshi kurashish talab etiladi. To’q tusli bo’z tuproqlarda eng ertapishar g’o’za va g’alla navlari etishtiriladi. Tipik bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400-700 m balandlikda tarqalgan, tog’ oldi tekisliklari va daryo terrasalarining yuqori qismlarini ishg’ol etgan. Bunday tuproqlardan iborat, g’o’za va boshqa ekinlar o’stiriladigan maydonlar Keles, Quruq-Keles, Chirchiq, Angren, Ko’gart daryolari havzalarida, Qoradaryo, Kurshaba, Oqbura, Aravansoy hamda Farg’ona vodiysi janubiy va shimoliy hududlaridagi tog’ daryolarining yuqori, Zarafshon, Qoradaryo, Kofirnihon, 7 Qizilsuv va Yahsuv daryolarining yuqori va o’rta qismlarida joylashgan. Ushbu tuproqlar mayda jinsli qumoq, lyossimon delyuvial va ba‟zan allyuvial yotqiziqlarda rivojlanib, sho’rlanmagan, unumdorligi, fizikaviy hususiyatlari yahshiligi bois er tekislashdan tashqari mahsus melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish talab qilinmaydi. Tipik bo’z tuproqli erlarning notekis relfli katta nishabli qismlarida irrigatsiya eroziyasiga qarshi tadbirlar o’tkazilishini va ularni yahshilab tekislash zarur.


Download 32.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling