Takomillashgan ilk qadam


Download 1.65 Mb.
bet10/11
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1378682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Umida Raimova Takomillashgan ilk qadam KURS ISHI

Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan “D” harfini yasaymiz. Buning uchun “D” harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.
Tarbiyachi: -Bolalar, “D” harfi haqida quvnoq she’r eshiting.
Oyijonim olmani-To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar: Bir bo‘lagin ko‘rsatib,“D”ga o‘xshar, dedilar.
Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, o-dil, du-tor.Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag`batlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
- bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “d” qanday tovush ekan?
- bu tovushni nima qilamiz?
- biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?"
- “d” tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
- “d” harfining shakli qanaqa ekan?
- “d” harfining necha xil shakli bor ekan? (bosh va kichik, bosma shakli)
- bosh d harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?
bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
D” harfi
Dildan deyman doim jon-tanim, O’zbekiston – mening Vatanim!
Yakuniy qism:
Yangi so`zlarni takrorlash, bolalarni kartochkalar orqali rag`batlantirish

Xulosa
Davlat o‘quv dasturini amalga oshiruvchi pedagog bolaning shaxsiga hurmat ko‘rsatadi va ta’lim va tarbiya jarayonini dastur tamoyillariga muvofiq tashkil qiladi.
Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga umumiy qoidalar va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Buning uchun pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi.
Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratadiki, unda har bir bola o‘zini ardoqli, qobiliyatli va ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak.
Pedagog bolaning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni amalga oshirish hamda ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Pedagog, shuningdek, bolalarda zarurat bo‘lganida, har bir bola tarbiyachidan yordam va dalda olishi mumkinligiga ishonch hissining paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Pedagog doimiy ravishda kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun o‘z kasbiy faoliyatini hujjatlashtiradi, tahlil qiladi va baholaydi.
Pedagog bolaning, ota-onalarning va mahalliy jamoatchilik vakillarining fikri va tajribasini hurmat qiladi va o‘z ishini teng sheriklik asosida quradi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling