Takomillashtirish hamda mahoratini oshirish


MAYDON O‘YINCHISI TAKTIKASI


Download 24.18 Kb.
bet6/7
Sana22.11.2023
Hajmi24.18 Kb.
#1794555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GANDBOL O\'YIN TEXNIKASI VA TAKTIKASINI O\'RGATISHNI

MAYDON O‘YINCHISI TAKTIKASI
Hujum taktikasi Hujum – jamoaning o‘yin davridagi asosiy vazifasi hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil qilingan, oldindan puxta o‘ylab chiqilgan va hujumda to‘g‘ri bajarilgan harakatlar yutuqqa erishishga imkoniyat beradi.
Hujum taktikasi tasnifi qo‘ydagi (1 rasmda) ko‘rsatilgan: Hujum o‘yini taktikasining tasniflanishi
Shaxsiy harakatlar Jamoa harakatlarining nati-jasi ko‘pincha o‘yinchilarning shaxsiy mahoratiga bog‘liq bo‘la-di.
Har bir hujumchining o‘yin olib borish uslublari va vositalari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, g‘alabaga erishish shunchalik oson bo‘ladi. O‘yin usullarini bilish va ularni amalda qo‘llay bilish himoyachiga qarshi yakka kurashda ustunlik beradi.
To‘pni еrga urib olib yurishni qo‘llash. To‘pni еrga urib olib yurishni bajarishdan oldin, albatta, bu usulni qo‘llash maqsa-dini aniqlash lozim:
1) himoya-chini aldab o‘tish va darvozaga hujum qilish;
2) to‘pni еrga urib olib yurib, darvozabon maydoniga yakuniy zarba berish uchun yaqinlashish;
3) bir necha himoyachini ta’qib qilishga majbur etish va ta’qibdan ozod bo‘lgan sherigiga to‘pni uzatish.
Agar oldinda ochiq turgan jamoadoshi bo‘lsa to‘pni еrga urib olib yurish lozim emas.
Uzluksiz ravishda qaysi jamoadoshga to‘pni uzatish kerakligini aniqlash lozim. To‘pni ta’qib etayotgan o‘yinchiga uzoq masofada bo‘lgan qo‘lda еrga urib olib yurish kerak. Ta’qib etuvchi qanchalik yaqin bo‘lsa, to‘pning еrga urilib qaytishi shunchalik past bo‘lishi kerak. Ta’qib qiluvchi yaqinida to‘pni tez-tez еrga urib olib yurish maqsadga muvofiq emas. Yuqori tezlikda yugurib ketayotgan o‘yinchiga to‘pni uzatib berish uning to‘psiz tezlikka erishib to‘pni еrga urib olib yurish imkonini beradi. Bu usul raqib darvozaboni o‘zining maydonida joylashgan bo‘lsa va o‘yin maydoniga chiqmagan bo‘lsa qo‘llaniladi.
To‘pni uzatishni qo‘llash.
To‘pni uzatish davrida jamoadosh o‘yinchining maydondagi joylashishi, tezligi, harakatlanish yo‘nalishi va ta’qib etuvchi raqibining yaqinligini inobatga olish kerak. Bu omillar to‘pni uzatish usulini tanlashda ta’sir ko‘rsatadi.
To‘p uzatishlar ochiq va maxfiy bo‘ladi.
Ochiq to‘p uzatishlar – bu to‘p uzatishlarda to‘p tayyorlov harakatlarga muvofiq yo‘naltiriladi.
Ochiq to‘p uzatishlar quyidagi turlardan iborat:
- oldinga to‘p uzatish (bu ochiq to‘p uzatish turida to‘p jamoadoshiga uzatiladi. Uzatish o‘z
o‘rnida turib yoki harakatda bajarilishi mumkin).
- kuzatuvchi to‘p uzatish (bu ochiq to‘p uzatish turida to‘p jamoadoshga izma-iz uzatiladi).
2 – rasm. Yopiq pozitsiyadan to‘p otishni qo‘llash sxemasi
- qarshi to‘p uzatishlarda to‘p jamoadosh harakati yo‘nalishiga qarshi yo‘nalishda malga oshiriladi.
Yashirin to‘p uzatishlar–bu to‘p uzatishlari to‘p tayyorlov harakatlarga muvofiq bo‘lmagan yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Bularga qo‘l panjalari yordamidagi, bel va bosh ortidan, oyoq ostidan bajariladigan to‘p uzatishlar kiradi. Bu to‘p uzatishlarni amalga oshirishda jamoadoshlar o‘zaro bir-birini yuqori darajada tushunishni, butun diqqat-e’tiborini o‘yinga qaratishni talab etadi, chunki bu to‘p uzatishlar faqat kichik masofalarda va raqib jamoasi o‘yinchilarining bevosita yaqinligida amalga oshiriladi. Hujum natijasi ko‘pincha yashirin to‘p uzatishlarni mahorat bilan qo‘llay bilishga bog‘liq bo‘ladi.
Yashirin to‘p uzatishlarni amalga oshirish shartlari:
- to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshi yo‘nalishiga harakat etmaslik:
- to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshiga nazar tashlamasdan, faqatgina pereferik qarash bilan uni nazorat etish;
- to‘pni tez va aniq uzatish (to‘p uzatishning maxfiyligi oshkor bo‘lmasligi uchun);
- ta’qib etuvchi uzatilgan to‘pni olib qo‘ymasligi uchun bevosita ta’qib etuvchining yaqiniga borish kerak.
Har bir aniq o‘yin holatida to‘pni uzatish usulini puxta tanlab olish, to‘p uzatish tezligini to‘g‘ri rejalashtirish, to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshning maydondagi joylashishni to‘g‘ri aniqlab olish muhim ahamiyatga ega.

Download 24.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling