Takomillashtirish
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi-o-zbek-tilida-akt-terminlari-va-ularni-takomillashtirish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI O`ZBEK TILIDA AKT TERMINLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH
ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127) __________________________________________________________________________________ 65 M.J. Amrullayeva HOZIRGI O`ZBEK TILIDA AKT TERMINLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH Maqolada hozirgi o`zbek tilida AKT terminlari va ularni takomil- lashtirish haqida ma’lumot berilgan. Kalit so`zlar: axborot, termin, lingvistik, leksikografik, semantik, tarji- maviy. Jahonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanayotgani, bu sohaga oid yangi-yangi tushunchalarning paydo bo`layotgani tabiiy ravishda ayni tushunchalarni atovchi terminlarning dunyo tillariga kirib kelishiga sabab bo`lmoqda. Bu o`z navbatida, AKTning muvofiq leksikografik xususiyatlarini aniqlash, maqbul tarjima uslublarini takomillashtirish, soha lug`atlarni tuzish kabi muhim vazifalarni kun tartibiga qo`yadi. Jahon tilshunosligida AKT terminlarini tartibga solish ishlari bir til terminlari doirasida ham, ikki til ter- minlari doirasida ham olib borilgan, soha terminlari muayyan darajada tartibga solingan bo`lsa-da, milliy tils- hunosliklarda AKT terminlarining lingvistik, leksikografik, semantik va tarjimaviy xususiyatlari aniqlanmagan, soha terminlarini tartibga solish mezonlari ishlab chiqilmagan. Shu bois AKT terminlarining mavzuiy guruhlarini aniqlab, leksik-semantik xususiyatlarini asoslash, terminlarning derivatsion va tuzilish modellarini belgilash, o`zlashma va baynalmilal terminlarning milliy tillarda barqarorlashuv jarayonlarini tadqiq qilish, tarjima qilish uslublarini takomillashtirish, terminlardagi sinonimik, antonimik va variantlilik holatlarini tartibga solish hamda maqbullarini qo`llash yuzasidan takliflar berish, leksikografik izohlarni takomillashtirish, tarjima lug`atlarini tu- zish kabi masalalarning hal etilishi AKT sohalari rivojini ta’minlash bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirok- chilariga muayyan darajada yengillik yaratilishiga olib keladi. Hozirgi kunda o`zbek tili leksikasining tez va o`zgaruvchan va faol qatlamini AKT terminologiyasi sohasiga doir leksik birliklar tashkil etadi. AKT sohasidagi terminlarni kompyuter va kompyuterlar sinfisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular bilan tanishib chiqamiz. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling