Takrorlash uchun savollar
Download 27.37 Kb.
|
yakuniy uchun savollar
Takrorlash uchun savollar“Nanomeditsina” nima? Nanotexnologiya, biotexnologiya va nanomeditsinalar orasida qanday o‘zaro bog‘liqlik bor? Nanomeditsinani asosiy yo‘nalishlarini sanab o‘ting. Dorilarni an’anaviy shakllarida qanday kamchiliklar bor? Tirik organizmni biologik barerlari nima? Yangi dorivor fermentlar yaratilishida qanday vazifalar bajarilishi kerak? Dorivor moddalarni yo‘naltirilgan transportining asosiy usullarini xarakterlab bering. “Passiv maqsadga intilish”ning faol birikmalarni yo‘naltirilgan transportining bir usuli sifatida tushuntirib bering. Shish to‘qimalarni kapillyarlari nima bilan farqlanadi? Xavfli shish to‘qimalarini qanday o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari ularda nanobo‘lakchalar to‘planishiga yordam beradi? Dorivor moddalarni boshqaruvchan transporti qanday amalga oshadi? Qanday molekulalar “molekulyar manzil” funksiyasini bajarib, nanobo‘lakchalarni tanlab transport qilinishini ta’minlaydi? Qonda nanobo‘lakchalar aylanishini davomiyligi qanday faktorlarga bog‘liq? Qanday qilib uni cho‘zish mumkin? Dorilarni yo‘naltirilgan transporti vositasi sifatida ishlatiladigan bo‘lakchalarni asosiy tiplari nimalar? Dorivor moddalarni tashuvchisi vazifasini bajaruvchi nanobo‘lakchalar qanday xossalarga ega bo‘lishlari kerak? Liposomalar tayyorlash uchun qanday lipidlar ko‘proq ishlatiladi? Liposomalarga gidrofil (gidrofob) moddalar kiritish mumkinmi? Biologik faol moddalar (BFM) yo‘naltirilgan transporti vositasi sifatida liposomalarni ustuvorligi nimada? Liposomalarni o‘lchami qanday? Dorivor moddalar tashuvchisi – nanobo‘lakchalar tayyorlash uchun qanday polimerlar ishlatiladi? Nanosfera va nanokapsulalarni farqi nimada? Dendrimerlar nima? Dendrimerlarni qaysi xossalari, ulardan dorivor moddalarni tashuvchilari sifatida foydalanishga imkon beradi? Fulleren uglerodning boshqa allotropik formalaridan nimasi bilan farq qiladi? Nima sababdan u meditsinada ishlatilishi mumkin? Endofullerenlar qanday tuzilgan? Ularni meditsinada ishlatish imkoniyatlari qanday? Uglerodli nanotrubkalar qanday qilib meditsinada ishlatilishi mumkin? Hujayra nanoqoziqchalarga “o‘tirganlarida” ular bilan nima sodir bo‘ladi? Nanotrubkalar majmuasi qanday qilib dorivor moddalarni hujayraga kiritish uchun ishlatiladi? Nanotrubkalar massividan dorivor moddalarning xususiyatlarini har xil uchastkalarga yetkazish uchun foydalanish mumkinmi? Qanday qilib bir massiv nanotrubkalar ishlatib, bir hujayraga bir nechta har xil moddalar kiritish mumkin? Yuqumli kasalliklarga oid qanday vazifalar tezkorlik yechimini kutmoqda? Antitanalarni qanday o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, ularni atom- kuchli mikroskoplar yordamida qo‘shimcha ishlov berish bosqichlarisiz aniqlash imkonini beradi? Antitana nima? Odamni immun sistemasidagi qaysi xatolar korrektirovkaga muhtoj? Sun’iy antitanalar olish bosqichlarini tavsiflab bering. Rak hujayralari uchun immunomagnitli sorbent qanday yaratilgan? Bir organni sog‘lom va kasallangan hujayralari asosida onkologik kasalliklarni qanday davolash usullari yaratilgan? Meditsina implantatlari qanday funksiyani bajaradi? “Biomateriallar” nima? Ularni umumiy xossalari nimalar? Implantatlar tayyorlash uchun ko‘proq qanday metall ishlatiladi? Nanotexnologiyalar yaratilgan implantlarni mukammallashtirishlari mumkinmi? Javobingizni tushuntirib bering. Qanday metallar yoki qorishmalar “shaklni eslab qolish” xususiyatiga ega? Bu hodisani tushuntirib bering. To‘qima implantati olishning bosqichlarini tavsiflab bering. To‘qima muhandisligi uchun “mukammal” matriks qanday xossalarga ega bo‘lishi kerak? Elektrospinningni mohiyati nima? Bu usulda olingan mikro- va nanotolalar qanday ishlatiladi? Bu usulni kamchiligi nimalardan iborat? Nima sababdan nanobo‘lakchalar biologik to‘qimalar va qon tomirlarini devorlari orqali yengil o‘tadi? To‘qima – qon tomir to‘sig‘i orqali o‘tgan nanobo‘lakchalarga nima bo‘ladi? Nanobo‘lakchalarni tirik organizm uchun xavfliligi, ularni qanday xossalari tufayli namoyon bo‘ladi? Nanobo‘lakchalarni xavfsizligi ularni o‘lchamiga bog‘liqmi? Kumush nanobo‘lakchalari tirik hujayraga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Rux nanobo‘lakchalari dafniy kulturasiga qanday ta’sir qiladi? Rux nanobo‘lakchalarini dafniy kulturasiga ta’sirini kuchaytirish (kuchsizlantirish) mumkinmi? Nanobo‘lakchalar asosan atrof muhitga qayerdan tushadi? Qanday nanobo‘lakchalar (erkin yoki bog‘langan) atrof muhitga ko‘proq xavf tug‘diradi? Nanobo‘lakchalar atrof muhitdan odam organizmiga qanday yo‘llar bilan kirib boradi? Odam organizmiga tushgan nanobo‘lakchalar qaysi organda to‘planadi? Oqsil “toj” qanday hosil bo‘ladi? Nanobo‘lakchalar “toj” oqsillariga ta’sir etadimi? Titan oksidining nanobo‘lakchalari organizmga kirganidan keyin qanday ta’sir ko‘rsatadi? Alyuminiy nanobo‘lakchalari organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Vanadiy oksidi nanobo‘lakchalar hujayrada qanday o‘zgarishlar chaqiradi? Nanobo‘lakchalarni xavfsizligi ularni organizmga kirish yo‘liga bog‘liqmi? Nanobo‘lakchalarni kichik dozasini organizmga doimiy kirib turishi, tirik organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Teri epiteliysiga uglerodli nanotrubkalar kirganda nima bo‘ladi? Laboratoriya hayvonlarini ovqatiga aralashtirib edirilgan uglerodli nanotrubkalar ularga qanday ta’sir qiladi? Uglerodli nanotrubkalar prokariot hujayralarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Bakterial hujayraga nima kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi, nanotrubkalarni uglerodimi yoki trubkasimon nanostrukturalarimi? Tirik organizm uchun nima xavfliroq: uglerodli nanotrubkalarmi yoki shahar havosimi? Bu savolga javob qanday topilgan? Nanomateriallar va naotexnologiyalarni xavfsizligi sohasida olib boriladigan milliy tashabbusni xarakterlab bering. Siz nanotexnologiya va nanomateriallarni xavfsizligi sohasidagi qanday xalqaro loyihalarni bilasiz? Fermentlarni biologik roli nima? Hujayrani qaysi organoidlarida (qismida) fermentlar uchraydi? Apoferment nima? Koferment rolida qanday moddalar o‘ynashlari mumkin? Substrat nima? Fermentlarni faol markazi nima? Ferment-substrat kompleksi hosil bo‘lgandan keyin, substrat nima bo‘ladi? Konstitutiv fermentlar qanday fermentlar? Hujayrada indutsibel (adaptiv) fermentlarni paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi nimaga bog‘liq? Fermentlar qayerlarda ishlatilishlari mumkin? Fermentlar tibbiyot amaliyotida nima maqsadda ishlatiladi? Fermentlarni sanoat sharoitida olishda manba bo‘lib nima xizmat qiladi? Bioreaktor nima? Qanday tirik organizmlarni bioreaktor deb atasa bo‘ladi? Suvda erimaydigan zaharli moddalarni fermentativ parchalanishi qanday hal qilingan? Qanday bakteriyalar vodorod chiqaradi? Bakteriyalarni qaysi turlari vodorodli issiqlik ishlab-chiqaruvchi bioreaktor sifatida ishlatilishi mumkin? Vodorod chiqaruvchi bakteriyalarni qaysi turlaridan reaktor sifatida foydalanib bo‘lmaydi? Javobingizni izohlab bering. Qanday bakteriyalar nanobo‘lakchalar sintez qila oladi? Bakteriyalar sintez qiladigan magnetitni nanobo‘lakchalarining o‘lchamini (parametrlarini) qanday qilib o‘zgartirish mumkin? Bakteriyalar sintez qiladigan nanobo‘lakchalar qayerlarda ishlatilishi mumkin? Odam organizmidagi mikrob hujayralari va odam tanasining o‘zini hujayralarini miqdoriy munosabati qanday? Yo‘g‘on ichakning bakterial bioreaktorlarini odam organizmidagi ahamiyati nimada? Bakterial bioreaktorlar qanday qilib, inson salomatligi va hayotiy faoliyatini boshqarishlari mumkin? Nima uchun kosmos tadqiqotchilari bakteriyalar bilan qiziqib qolishgan? Odam organizmidagi bakteriyalarni tur tarkibi nimaga bog‘liq bo‘lishi mumkin? Kosmik kemalarda yashay oladigan, Marsga va boshqa uzoqroq sayyoralarga “sayohat” qiladigan bakteriyalar(bioreaktorlar) qanday biologik xossalarga ega bo‘lishlari zarur? Bir turga mansub bakteriyalarga uzoq kosmik parvozda talab qilinadigan xossalarni berish uchun nimalar qilish kerak? Nima sababdan kosmos tadqiqotchilari issiqsevar ko‘k-yashil bakteriya-spirulina bilan qiziqib qolishgan? Tirik sistemani nadmolekulyar (subhujayrali) darajada tuzilishini struktura-funksional birligi bo‘lib nima xizmat qiladi? Plazmalemmani qanday kimyoviy moddalar hosil qiladi? Plazmalemmalarni tuzilishini o‘ziga xosligi nimada? Membranali oqsillarni tiplarini aytib bering. Plazmalemmani periferik va integral oqsillari, nima bilan farqlanadi? Uglevodlar plazmalemmada qanday joylashadi? Glikokaliks nima? Plazmalemma qanday funksiyalarni bajaradi? Pensilvaniya universiteti olimlari, qanday moddalardan eng sodda sun’iy hujayra yasadilar? Olimlar sun’iy hujayralarda qanday hodisalarni kuzatdilar? Elementar biologik membrana qanday tuzilgan? Hujayralarni membranali va membranasiz organoidlari nima bilan farqlanadi? Qanday hujayra organoidlari membranasiz organoidlarga kiradi? Hujayrani membranali organoidlarni keltiring. Organoidlardan faqat qaysi birlari: a) o‘simlik hujayralarida; b) hayvon hujayralarida uchraydi? Liposomalarni tuzilishini o‘ziga xosligini tushintirib bering. Lipid molekulalari qo`shqavatda qanday joylashadi? Liposomalarni qaysi xossalari ulardan tirik hujayraga moddalar yuborish maqsadida foydalanish imkonini beradi? Oqsil-lipidli nanotrubkalar qanday tuzilgan? Qanday qilib ochiq va yopiq nanotrubkalar yaratish mumkin? Lipidlardan foydalanib yaratilgan nanopechat usulini mohiyatini tushintirib bering. Sun’iy yaratilgan membranalardan qaysilari biologik filtrlar vazifasini bajara oladi, masalan, sun’iy buyrak vazifasini? Hayvon hujayralarini qaysi organoidlari xloroplastlarni eslatadi? Xloroplastni tuzilishini tushintirib bering. Xloroplastlarni tilakoidlari asosida olimlar qanday gibridli nonokomplekslar yaratgan? Xloroplastlarni tilakoidlari asosida yaratilgan nanokomplekslardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini tushintirib bering. Qanday qilib viruslar yangi kompozit nanomateriallar tayyorlashda quruvchi bloklar sifatida ishlatilgan? Hujayra membranasiga viruslarni tabiiy kirish mexanizmlari nimalardan iborat? Membranalar va viruslar asosida yaratilgan kompozit nanomateriallar nima maqsadda ishlatilishi mumkin? Biomakromolekulalar nima? Sizga tanish bo‘lgan biomakromolekulalarni monomerlarni tavsiflab bering. Hujayrada genetik axborotlarni saqlanishi va undan foydalanish uchun qaysi makromolekulalar javobgar bo‘ladi? DNK molekulasining tuzilishini tushintirib bering. DNK molekulasini qaysi qismi genom deb ataladi? Qanday molekulalarni qoldiqlarini ketma-ketligi DNK ni genetik kodini belgilaydi? RNK molekulasini tuzilishini o‘ziga xosligi nimada? RNK ni qanday turlarini bilasiz? Ularni hujayradagi biologik roli nimalardan iborat? Oqsilni kimyoviy tarkibini xarakterlab bering. Peptid bog‘i hosil bo‘lishini mexanizmi qanday? Oqsillar hujayrada qanday funksiyalarni bajaradi? Oqsillarni ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi strukturalari nima? Oqsillarni o‘z-o‘zidan shaklga kirishi (samoorganizizatsiyasi) ning mohiyati nimada? Birgina polipeptid molekulasini ko‘plab fazoviy konfiguratsiyasiga ega bo‘lishiga sabab nima? Globulyar oqsillarni o‘z-o‘zidan shaklga kirishini qanday bosqichlarini bilasiz? Oqsillarni modifikatsiyasiga misollar keltiring. Oqsillarni oligomerizatsiyasini mohiyatini tushintirib bering. Nima sababdan oligomerli oqsil komplekslari yengil tarqalib, yana dastlabki protomerlarga aylanib qoladi? Oqsillarni agregatsiya jarayoni nima? Nadmolekulyar oqsil agregatlari bilan oligomerli oqsil komplekslarini farqi nimada? Oqsillarni agregatsiya jarayoni tinch yotgan hujayralarda kuchliroq kechadimi yoki faol hujayralardami? Oqsillarni tabiiy agregatsiyasi ularni patologik (notabiiy) agregatsiyasidan nima bilan farq qiladi? Tabiiy oqsil nanokomplekslariga nimalarni kiritish mumkin? Hujayra membranalarini qanday xususiyatlari evolyutsiya jarayonida ular orqali transport bo‘lishni maxsus mexanizmlarini kelib chiqishiga sabab bo‘lgan? Plazmatik membranalar tarkibidagi transmembrana oqsillarini roli nimada? Hujayra membranasida transport oqsillar qanday joylashadi? Tashuvchi oqsillarni faoliyat ko‘rsatishini o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari nimada? Kanal hosil qiluvchi transport oqsillarni hujayradagi roli nimada? Oqsil – retseptorlar qanday tuzilgan? Membranali oqsil – retseptorlar hujayra ichidagi oqsil retseptorlardan qanday farq qiladi? Muayyan retseptorni ligandi sifatida qanday modda xizmat qilishi mumkin? Ionotrop va metanotrop retseptorlarni funksiyalarini o‘ziga xosligi nimada? Olimlar hujayra membranalarning oqsil – retseptorlarini fazoviy konstruksiyasini (uchlamchi strukturasini) o‘rganish uchun qanday yondoshishlardan foydalanganlar? Nanobiosensorlarni ishlashi, tashuvchi oqsillar va retseptorlar - oqsillarni tuzilishlari hamda ularning funksiyalari qanday xususiyatlarga asoslangan? Kasalliklarni diagnostikasi uchun nanobiosensorlar qanday qilib ishlatiladi? Dorivor moddalarni yo‘naltirilgan transporti nimaga asoslangan? Nanotexnologiya nima? Nanobiotexnologiyaning nanotexnologiyaga nisbatan o‘ziga xosligi nimada? Nanostrukturalar nima bilan xarakterlanadi? Nanomasshtabni (nanodunyo elementlarini) noyobligi nimada? Nanojarayonlar va nanohodisalar nima? Nanobiotexnologiya nima? Organizmni hayotiy muhim jarayonlari qaysi bosqichdan boshlanadi? Nima uchun tirik sistemani molekulyar bosqichi (darajasi) nanostrukturalar bilan manipulyasiya qilishda asosiy hisoblanadi? Subhujayra va hujayra bosqichlari qanday qilib, nanomexanizmlar yaratish va ulardan foydalanishda model bo‘lib xizmat qiladi? Tirik sistemani to‘qima, organ va organizm darajalarini (bosqichlarini) tavsiflab bering? Tur hosil bo‘lish jarayoni qaysi bosqichda amalga oshadi? Tirik sistemani populyatsion, tur va biotsenotik darajalarini (bosqichini) tushuntirib bering? Hujayrani o‘rganishni uni ichki tuzilishi va sirtini tadqiq qilishni qanday usullari bor? Yorug‘lik va elektron mikroskoplarni ko‘rish imkoniyatlari qanday? Yorug‘lik mikroskopini zamonaviy markalarini tushintirib bering? Tirik hujayrani o‘rganish uchun qanday usul ishlatiladi? Kvant nuqtalarini organik fluoroxromlarga nisbatan ustuvorligi nimada? Biologik obyektlarni o‘rganishda elektron mikroskoplarni qanday turlari ishlatiladi? Ular qanday natijalar olishga imkon beradi? Hujayralarni o‘rganishda skanirlovchi zondli mikroskopdan foydalanish istiqbollari qanday? Imkoniyatlarichi? Hozirgi vaqtda nanobiotexnologiyani qaysi asosiy yo‘nalishlarini keltirish mumkin? Nanobiotexnologiyaning rivojlanishidagi vazifalarni tavsiflab bering? Download 27.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling